“relaksopediya” (lot. “relaxation” – quvvatsizlik, zaiflashish, ruhan yoki jismonan
holda toyish; holdan toyishni bartaraf etish pedagogikasi) deb nomlanadi. So‘nggi
yillar jahon ta’limi amaliyotida ushbu pedagogika imkoniyatidan keng foydalanilmoqda.
Murakkab vaziyatlar (imkoniyati cheklangan, fanlarni o‘zlashtira olmaydigan
yoki tarbiyasi og‘ir talabalar bilan ishlash)da relaksopediyaning pedagogik,
psixologik imkoniyatlaridan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish kutilgan natijalarni
beradi. Relaksatsiya sharoitida bugungi kunda keng ommalashgan trening va
avtotreninglar ijobiy muhitning hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Ulardan foydalanish
vaqtida talabalar tashqi va ichki ta’sirlardan himoyalangan bo‘lib, ularga faqatgina
pedagogning ishontiruvchi ovozgina eshitiladi. Bu esa pedagogning ta’siri va
uning samarasini yanada oshiradi.
Relaksatsiya jarayonida talabalar pedagogning qo‘llab-quvvatlashlarini his
etishlari, uning mehr-muhabbatidan bahramand bo‘lishlari, hamdarligini his
qilishlari lozim. Shundagina talabalardagi ruhiy zo‘riqish, jismoniy toliqishlarni
bartaraf etish uchun psixologik muhit yuzaga keladi.
Mushaklar relaksatsiyasi (ya’ni mushaklarni bo‘shashtirish) davrida o‘z-
o‘zini ishontirish va axborotga ta’sirchanlik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham
o‘z-o‘zini ishontirishga yo‘naltirilgan trening va avtotreninglarni uxlash va
uyqudan turishdan oldin qo‘llash samarali hisoblanadi. Mushaklar relaksatsiyasining
samarali kechishi uchun o‘qituvchi mushaklarni bo‘shashtirishga yordam
beradigan metod va vositalardan xabardor bo‘lishi darkor.
Pedagogik relaksatsiya – talabalarning hissiy faoliyati, ruhiy-jismoniy quvvati
va ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash
69
Talabalarning ruhiy zo‘riqish va jismoniy toliqishlarini bartaraf etish
maqsadida relaksatsiya asoslarini nazariy jihatdan o‘zlashtrib qolmay, ulardan
amaliy jihatdan foydalanishni ham bilishlari zarur.