Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

AMALIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI
 
1-AMALIY MASHG‘ULOT. 
 MAVZU: KASBIY KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH 
VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 
Reja: 
1.
Ijtimoiy va kasbiy tajribaga asoslangan intellektual mashq. O‘quv jarayoni 
ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish, samimiy do‘stona munosabat va 
ijodiy muhitni yuzaga keltirish, tinglovchilarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy 
sifatlarini ochish, tinglovchilarning hamkorlikda ishlashlari uchun qulay sharoitni 
vujudga keltirish. 
2.
Tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini o‘rganish, tanishish.
3.
Tarqatma materiallar bilan kichik guruhlarda ishlash. Guruhlar taqdimoti. 
 
Ishdan maqsad: 
Tinglovchilarni
 
Kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish va 
rivojlantirish yo‘llariga olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Amaliy mashg‘ulotning borishi: 
Tinglovchilarga kasbiy -pedagogik jarayonda duch kelishi mumkin bo‘lgan 
muammoli vaziyatlar (hayotiy yoki syujetli) taqdim etiladi.
Mashg‘ulotning boshlang‘ich 10 daqiqasida tinglovchilar bilan oldingi 
ma’ruza mashg‘ulotida olingan nazariy bilimlarini suhbat, muhokama, namoyish, 
takrorlash, tushuntirish, amaliy vazifa bajarish metodlaridan foydalanish orqali 
nazorat qilinadi.
O‘qituvchi amaliy mashg‘ulot mavzusini, o‘quv maqsadlarini, muhokama 
qilinishi ko‘zda tutilgan savollarni e’lon qiladi. Mavzu nomi va o‘quv savollarini 
multimedia proektori yordamida ekranda namoyish qiladi.
Shundan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulotning borish tartibini, tinglovchilarning 
bilimini baholash mezonlarini bayon qiladi. Baholashda tinglovchilarning nafaqat 
amaliy ko‘nikmalarini egallaganlik darajasi va berilgan savolga javob berish 
saviyasi, balki shu bilan birga qo‘shimcha savollar berish, to‘ldirish va 
qo‘shimchalar qilish yordamida mashg‘ulotda qatnashish faolligi ham inobatga 
olinishini e’lon qiladi. 


73 
Mashg‘ulotning keyingi 30 daqiqasida o‘qituvchi tinglovchilarni akterlik va 
rejissyorlik elementlari bilan tanishtirishdan boshlaydi va o‘quv jarayoni 
qatnashchilarini kichik guruhlarga bo‘ladi. Har bir kichik guruhga mashg‘ulotning 
ma’ruzada yoritilgan ma’lumotlar asosida ekranda o‘qituvchi faoliyati, uning 
aktyorlik va rejissyorlik texnikasi, professionallikka tegishli prezentatsiyadan har 
bir guruh tanlab kichik guruhlarda A-3 formatli qog‘ozda tanlangan vazifani avval 
qisman yozib olib so‘ngra uni amaliy namoyish etishga tayyorlanishlari kerakligi 
haqida tushuncha beradi.

Topshiriqni tinglovchilar tomonidan bajarishlari uchun tayyorlanishga vaqt 
ajratadi va ularni taqdimot qoidalari bilan tanishtiradi, tinglovchilarning 
tayyorlanishlari uchun sharoit yaratadi.
Guruhlar tayyorgarlikni boshlaydilar. 
Keyingi bosqichda guruhlar tayyorlagan ijodiy ishlarini navbati bilan ham 
yozma taqdimot, ham ijro namoyishi orqali chiqish qiladilar. O‘qituvchi guruhlar 
taqdimoti uchun vaqt belgilaydi. Har bir chiqish tugagach, boshqa guruh 
qatnashchilari namoyish etilgan ijodiy ishni to‘ldirishlari va mavzuga oid savollar 
berishlari mumkin. 
O‘qituvchi har bir guruhning taqdimoti va ijodiy chiqishlarini 
umumlashtiradi, fikr almashadi va baholaydi. 
Mashg‘ulotni keyingi 40 daqiqasini o‘qituvchi tinglovchilarni auditoriyani 
boshqarishda diqqatni jalb etish usullari bilan ekrandagi prezentatsiya materiallari
orqali tanishtirishdan boshlaydi va o‘quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruhlar 
yoki juftliklarga bo‘ladi. 
Har bir kichik guruhga diqqatni jalb etish usullariga tegishli bo‘lgan tarqatma 
materiallarni (guruhlar soniga qarab) tarqatadi, ularni birgalikda to‘ldirishlari
tartiblarini tushuntiradi.

Download 26,13 Mb.
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish