52
•
savodli va sof adabiy tilda so‘zlash; ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay
bilish.
Pedagogik mahoratni oshirishda o‘qituvchi
shaxsining insonparvarlik
yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining
oliy maqsadga – barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltirilganligi bilan
belgilanadi. Shu bilan birgalikda ta’lim jarayonini boshqarish mutaxassislik fani,
uni o‘qitish
metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilishni talab
qiladi.
Bugungi kunda davlatimiz ta’limi sohasi oldiga qo‘yayotgan vazifalarning
bajarilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq.
Shunday ekan, axloqning muhim
jihatlaridan biri inson sha’ni, qadr-qimmatidir. Kishining qadr-qimmati, avvalo,
umumiy ishga qo‘shayotgan hissasining salmog‘i va sifati bilan belgilanadi. Bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda inson o‘z mehnatining salmog‘i va sifati bilan,
aqliy va
jismoniy mehnatining samarasi, ishbilarmonligi bilan qadrlanadi, halol
mehnat
kishining qadri, izzat-hurmatini oshiradi. O‘qituvchi, muallimning
bajarayotgan ishi bugungi kunda jamiyatda ahamiyatlidir. Insonning qadr-qimmati
uning mansabi, kasbi-koridan ko‘ra ham ko‘proq o‘z kasbini qanday bajarishi,
uning odobi va xulq-atvoriga bog‘liqdir.
Jamiyatimiz talab
etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni
tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli,
lekin juda
murakkab kasb. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani
egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni
o‘qitish va tarbiyalash
haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan
uslubiy g‘oyalar bayon etiladi