56
oyoqlar yelka kengligida (ikki oyoq oralig‘i 12-15 smni tashkil etishi lozim), o‘ng
oyoq bir oz oldinda turishi maqsadga muvofiqdir. Zero, shundagina tana og‘irligi
har ikki oyoqqa birdek tushishi bilan birga uzoq vaqt (deyarli 30-30, oliy ta’lim
muassasalarida esa 60-70 daqiqa) toliqmay turishni ta’minlaydi. O‘qituvchining
harakatlari imkon qadar oddiy va erkin bo‘lishi lozim. O‘zini o‘zi majburlab, ayrim
kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida sun’iy, zo‘rma-zo‘raki harakatlarni sodir
etishning hojati yo‘q.
Harakatlar qanchalik samimiy va imkon qadar oddiy bo‘lsa, ta’lim
oluvchilarda o‘qituvchiga bo‘lgan ishonch, hurmatni shunchalik oshiradi. Gavdani
oldinga-orqaga tebratmaslik, hadeb tana og‘irligini bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa
o‘tkazmaslik, stul suyanchig‘iga yoki kafedra (oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza
o‘qish uchun ajratilgan jihoz)ga butunlay suyanib olmaslik, boshni yoki quloqni
qashlamaslik, burunni artmaslik, ko‘zni ishqalamaslik, qo‘lda biror buyumni
aylantirmaslik ta’lim oluvchiga qanchalik zavq bersa, unda o‘qituvchiga nisbatan
xayrixohlikni uyg‘otsa, ularning aksini sodir etish ta’lim oluvchining g‘ashini
keltiradi. Dars jarayonida o‘qituvchi, shuningdek, gavdasi harakatining bosiq, ortiqcha
harakatlardan holi bo‘lishiga e’tibor qaratishi, ortiqcha silkinish va keskin
harakatlarni sodir etishdan o‘zini tuta olishi zarur.
Pedagogik jarayonda o‘qituvchi yuz ifodasi (mimika) va jestlar orqali ham
talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi.