Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

 
Andragogik yondashuv 

Bugungi kunda mutaxassis o‘zining 5-10 yil 
oldingi oliy ta’lim muassasasida olgan bilimlari bilan kasbiy-shaxsiy faoliyatini 


38 
muvaffaqiyatli tashkil eta olmasligi, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni 
ta’minlay olmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Bu esa 
o‘z navbatida mutaxassislarning kasb darajasi va 
malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy 
talablarga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
orqali kasbiy va shaxsiy rivojlanish darajasini ta’minlash 
masalasining 
dolzarbligini 
belgilaydi. 
Ilmiy 
yo‘nalishlarida «ta’limning 
uzluksizligi va shaxs ehtiyojlariga yo‘nalganligi» tamoyilini ilgari suruvchi 
andragogika (adult education) ham katta yoshlilar ta’limining o‘ziga xosligi, 
nazariy va amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan sohasi sifatida 
rivojlanmoqda. Katta yoshlilarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti jahon tajribasida 
bir necha bosqichlarni bosib o‘tgan. Xususan, XIX asrning 30- yillaridan boshlab 
Evropa va Amerikaning ko‘pgina davlatlarida bu davrda ishlab chiqarishning tez 
o‘sishi, jamiyat va ijtimoiy hayotning rivojlanishi negizida kattalarni o‘qitishning 
dastlabki tajribalari to‘plana boshlangan.
XX asr boshlarida katta yoshlilarni o‘qitish muammosi olimlar tomonidan 
insonni o‘rganuvchi fanlar tizimiga kiritildi. Birinchi navbatda bu insonning turli 
yosh davrlaridagi psixik rivojlanishi jarayoni bilan bog‘landi. Ammo bu vaqtda 
inson hayotining hamma bosqichida ham ta’lim olishi mumkinligi haqidagi 
qarashlarni asoslash zarurati vujudga keldi. 1950-1960 yillarda bir qancha xorijiy 
mualliflarning ishlarida kattalarni o‘qitishning didaktik va metodik yondashuv 
muammolari ko‘rib chiqilgan. Jumladan, aksariyat xorijiy tadqiqotchilar kattalarni 
o‘qitishning pedagogik tamoyillar asosida talqin etib, kattalarni o‘qitishning o‘ziga 
xos xususiyatlarini kattalar pedagogikasi deb ataganlar. 1950-1960 yillarda olimlar 
M.Ogrizovich va B.Samolovchev, taniqli nemis professori F.Pyoggeler, shveysar 
nazariyachi olimi G.Xanselmana, polyak olimlari M.Semenski, L.Turoslarning 
ilmiy ishlarida «andragogika» iborasi paydo bo‘ldi.
Andragogiya (gr. 
ἀνήρ anér
-katta odam, erkak, 
ἄγειν ágein -ye
taklayman

ta’lim nazariyasining bir qismi bo‘lib, u kattalar o‘quv faoliyati sub’ekti tomonidan 
bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos qonuniyatlarini, shuningdek, 


39 
o‘qituvchi tomonidan ushbu faoliyatni professional boshqarish xususiyatlarini 
ochib beradi. "Andragogika" tushunchasi 1833 yilda 
nemis pedagogika tarixchisi Aleksandr Kapp (1799-
1869) tomonidan fan sifatida amaliyotga kiritilgan. 
Bu mualliflar andragogikaning pedagogikadan 
farqlarini aniqlashga harakat qildilar. Andragogikaning 
alohida fan sifatida shakllanishi va tiklanishi 1970 yilga 
to‘g‘ri kelib, aynan shu yili kattalar ta’limining 
amerikalik 
nazariyachi 
va 
amaliyotchi 
olimi 
M.Sh.Noulzning «Kattalar ta’limining zamonaviy amaliyoti. Andragogika yoki 
pedagogika» nomli fundamental ishi chop etiladi. Adabiyotlarni o‘rganish shuni 
ko‘rsatadiki, dunyo olimlarining aksariyati andragogikani mustaqil fan va ilmiy 
yo‘nalish sifatida pedagogik fan tarmog‘i hamda ijtimoiy va gumanitar bilimlar 
sohasi sifatida talqin etadilar.
Andragogikaning an’anaviy pedagogikadan asosiy farqi ta’lim berish 
jarayonida ta’lim beruvchining (andragog – katta yoshli kishilar ta’limi bilan 
shug‘ullanuvchi shaxs) emas, balki ta’lim oluvchining faol pozitsiyada bo‘lishidir. 
Bunda ta’lim beruvchining asosiy faoliyati ta’lim oluvchiga o‘zida mavjud 
bilimlarni yangilash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordam berish 
hisoblanadi. 
Chunki 
yangi 
kasbiy 
bilim, 
ko‘nikma, malaka hamda 
kompetensiyalarni o‘zlashtirish asosida katta yoshlilarning axborotlashgan 
jamiyatga moslashishi va unda o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon etishi 
faollashadi.


Download 26,13 Mb.
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish