• Texnologik yondashuv - Texnologiya
  • Ta’lim texnologiyasi
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet328/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    Refleksiv yondashuv – 
    (lotincha 
    reflixio
    - ortga qaytish) faqat sub’ektning 
    o‘z-o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his 
    qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab 
    olishini ham anglatadi 
    Refleksiv innovatsion amaliyot o‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini 
    rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish 
    qobiliyatigina emas, balki o‘z-o‘ziga, o‘z mehnatiga, bolalarga, har qanday 
    muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o‘ziga hos ijodiy 
    munosabatda bo‘lish tushuniladi. 
    Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish uni qayta 
    anglash bo‘lajak ta’lim muassasasining yangi muammo va munosabatlarini 
    aniqlash uchun imkon beradi. 
    Demak, pedagog-o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar
    konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va 
    targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.

    Texnologik yondashuv - Texnologiya
    (yunon. “techne” – mahorat, san’at, 
    “logos” – tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va 
    b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi 
    Ta’lim texnologiyasi
    (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish) 
    jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi 


    33 
    Ta’lim texnologiyasi
    – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy 
    mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, 
    bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan 
    metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli 
    foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
    Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida 
    G‘arbiy Yevropa va AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, 
    shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish 
    borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. 
    Mazkur g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim 
    texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda 
    yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi 
    “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va 
    vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va 
    laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, 
    material mazmunini ko‘rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar 
    ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya 
    baholandi. 
    XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim 
    texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor 
    talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga 
    amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, 
    ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli 
    tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu 
    borada olib borilgan tadqiqotlarning ob’ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik 
    vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, 
    o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida 
    urg‘u berildi. 
    60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil 
    etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida 


    34 
    ko‘rila boshlandi. Dasturiy ta’lim talabalarga muayyan bilimlarni alohida qism 
    holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini 
    yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi 
    ilk bora AQShda faoliyat yurita boshlagan “Dasturiy 
    ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha 
    birlashgan Qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. 
    Dasturiy ta’lim o‘zida ta’lim maqsadlari, ularni 
    o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi 
    mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish