31
«qadr», «qadrlash», «qadriyatlar», «qadriyatlar tizimi» kabi aksiologik kategoriyalarni,
ularning turli shakllarini o‘rganadi. Qadriyatlar tizimining ijtimoiy taraqqiyotga
bog‘liqlik qonuni, qadriyatlar tizimining o‘zgarishi va takomillashuvi bilan bog‘liq
aksiologik qonunlar ham aksiologiya shug‘ullanadigan masalalar doirasiga kiradi.
Kreativ yondashuv – Kreativlik
(lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” –
yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab
chiqarishga tayyorlikni
tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy
qobiliyati
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila
boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga
innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan
ehtiyoj
“Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar
orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini
ta’minladi. Ushbu predmet
asoslarini pedagogika tarixi,
umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya,
xususiy
fanlarni
o‘qitish
metodikasi,
ta’lim
texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning
metodologik g‘oyalari tashkil etadi.
“Kreativ pedagogika”
quyidagi ikki holatni
kafolatlay olishi zarur:
1) pedagog-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va
ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini
o‘zlashtirishga jalb etish;
2) talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga
xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish orqali auditoriyada ulardan
samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy
faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda
ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativlik
– pedagogning an’anaviy pedagogik
fikrlashdan farqli
32
ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi
yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik
muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini
tavsiflovchi qobiliyati
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida
madaniy xilma-
xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik,
umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik,
qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga
e’tiborni qaratadilar,
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta
tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar.