28
yoshlarning shaxsiy rivojlanishi ularning mustaqil fikrlash, ijodkorlik, faollik,
munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda
dunyoqarashlarining turg‘unligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va tarbiyalashga bo‘lgan
ehtiyojlarning shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak kasb egalari
uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish jarayoni – bu insonda mehnat faoliyatini
muvaffaqiyatli amalga oshirishda ahamiyatli sanalgan kasbiy bilim, sifat,
kompetentlik
va
mezonlar
asosida
rivojlantirish
hamda
o‘z-o‘zini
takomillashtirishning eng maqbul davridir. Ta’lim oluvchilar ushbu jarayonda
bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va
istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ulardan samarali foydalanish kabi
holatlarni o‘zida mujassam ettiradi.
Pedagogning
kasbiy
kompetensiyalarini
rivojlantirishga
yangicha
yondashuvlar:
Innovatsion yondashuv (
pedagogik innovatika, pedagogik innovatsiya
) –
Yaqin o‘tmishda “Innovatsion ta’lim”, “Innovatsion faoliyat” va “Innovatsion
jarayonlar” terminlari respublikamizning pedagogik adabiyotlarida juda kam
kuzatilar edi. Innovatsion ta’lim so‘zining zamirida yangilikni tashkil qilish,
yangilikni o‘zlashtirish, yangilikdan foydalanish, yangilikni namoyon etish kabi
kompleks faoliyat yotadi.