|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 322/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONpsixologik kompetentlik
– pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik
muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan
ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida
anglay olish va bartaraf eta olish;
b)
metodik kompetentlik
– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona
tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va
vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish,
vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
c)
informatsion kompetentlik
– axborot muhitida zarur, muhim, kerakli,
foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli,
o‘rinli, samarali foydalanish;
d)
kreativ kompetentlik
– pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy
yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
e)
innovatsion kompetentlik
– pedagogik jarayonni takomillashtirish,
ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir
yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
f)
kommunikativ kompetentlik
– ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari,
jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga
ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
g)
Shaxsiy kompetentlik
– izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish,
malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini
namoyon qilish.
h)
Texnologik kompetentlik
– kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or
texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan
foydalana olish.
Ektremal kompetentlik
– favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik
jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul
qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning
o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va
18
B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.
A.K.Markova tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida pedagogning kasbiy
kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi bayon qilingan:
|
| |