Maxsus
yoki kasbiy kompetentlik
(kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish);
Ijtimoiy
kompetentlik
(qo‘shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil etish);
Shaxsiy
kompetentlik
(o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoyon etish);
Individual
kompetentlik
(o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish
).
Ta’lim amaliyotida kompetentlik yondoshuvini amalga oshirish ushbu
jarayonning barcha jihatlarini chuqur va har tomonlama ilmiy o‘rganishni talab
etadi. Shu bilan birga, ta’kidlash kerakki, kompetentlikni pedagogik fenomen
sifatida talqin qilish qiyin, chunki, kompetentlik kategoriyasi pedagogikaga
boshqa fanlardan kiritilgan bo‘lib, u fanlarda yetarli darajada chuqur anglab
yetilgan va o‘zining mustahkam o‘rniga ega. Yangi ijtimoiyiqtisodiy
jarayonlarning natijasi sifatida pedagogika fanining tushunchalari tarkibiga
nisbatan yaqinda kirib kelgan va hozircha pedagogik, xususan didaktik
tushunchalar tizimiga to‘laqonli tarzda tegishli.
Shu bilan birga, ta’limda kompetentlikka yo‘naltirilgan yondoshuvlarning
dolzarbligi tufayli “kompetentlik”, “kompetensiya”, “tayanch kompetensiyalar”
atamalari ta’limning yangi sifatlariga doir masalalarni muhokama etishda tobora
ko‘proq ishlatilmoqda va borgan sari keng tarqalib bormoqda. Pedagogik
hamjamiyatda kompetentlik va kompetensiyalar, ulardan qaysi birlari tayanch
(universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullari qanday ekanligi
tushunib yetish jarayoni jadal bormoqda, ushbu tushunchalarni aniqlashtirish
bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Shu sababli bugungi kunda ushbu
tushunchalarning juda ko‘plab ta’riflari va talqinlari mavjud.
Kompetentlik – bu faqatgina o‘zlashtirilgan bilimlar va tajribalarning
mavjudligi hamda salmoqli hajmi bo‘libgina qolmay, balki, ularni kerak vaqtda
ishga sola bilish va o‘zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ulardan
foydalana olish demakdir.
Bu ma’noda kompetentlik insonning, shaxsning, kasb egasining tavsifi
19
hisoblanadi, shu bilan birga, u shaxsning shaxsiy imkoniyatlarining yig‘indisi,
uning o‘z kasbiy bilimlari va tajribalarini amaliy faoliyatida samarali ravishda
qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi.
Mutaxassisning, uning samarali kasbiy faoliyatga qodirligining tavsifi
sifatidagi kompetentlik ta’limda kompetentlik yondoshuvining asosi bo‘lib qoldi.
Bunday kompetentlikning murakkab, integral xarakterini ta’kidlab o‘tgan holda,
xorijdagi boshqaruv modellarida uning uch darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
1)
Integrativ kompetentlik – bilim va ko‘nikmalarni yig‘ishga va tashqi
muhitning tez o‘zgarib turadigan sharoitlarida ulardan foydalana bilishga qodirligi.
2)
Ijtimoiypsixologik kompetentlik – zehnidrok, odamlarning xulqatvorini
tushunish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalar, ularning faoliyati motivatsiyasi,
kirishuvchanlik va muloqat madaniyatining yuqori darajaliligi.
3)
Boshqaruv faoliyatining muayyan sohalari – qarorlar qabul qilish,
axborot yig‘ish, odamlar bilan ishlash metodlari va hokazolar bo‘yicha
kompetentligi.
Kompetentlikning tarkibiy qismlari inson uchun qiziqarli bo‘lgan faoliyatni
amalga oshirish jarayonidagina rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. Bir necha omillar
natijasida hosil bo‘ladigan samarali faoliyat, muayyan vaziyatda namoyon
bo‘ladigan, alohida olingan kompetentlik yoki layoqatlilik darajasiga nisbatan,
maqsadga erishishga qaratilgan harakat jarayonida vaziyatlarning keng doirasini
qamrab oladigan bir qator mustaqil va o‘zaroalmashuvchan kompetentliklarga
anchagina ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Kompetenlikni baholashda alohida olingan biror bir layoqatlilik darajasini
emas, balki, inson tomonidan shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga
erishish uchun sarf qilinadigan uzoq vaqt davomida, turli xildagi vaziyatlarda
namoyon qilinadigan kompetentliklarning to‘liq to‘plamini nazarda tutish kerak
bo‘ladi. Bunda inson duch kelib qolgan muayyan vaziyat uning rivojlanishiga,
qadriyatlarning shakllanishiga va yangi kompetentliklarni egallashiga bevosita
ta’sir etadi.
20
Kasbiy faoliyati samarador bo‘lishi uchun egallanishi muhim bo‘lgan
kompetensiyalar
sohasining
turlitumanligini
anglash
aynan
ushbu
kompetensiyalar doirasini aniqlash, shuningdek, ular orasidan o‘z xarakteriga ko‘ra
eng universal bo‘lgan tayanch, bazaviy kompetensiyalarni ajratib olish
muammosini keltirib chiqardi.
Bugungi kunda jahon ta’limida tayanch kompetensiyalarning turli xil
tasniflari mavjud. M.Stobart tayanch kompetensiyalarning quyidagi beshta
guruhini belgilab ko‘rsatgan:
1)
Siyosiy va ijtimoiy kompetensiyalar (masalan, ma’suliyatni o‘z zimmasiga
olish, birgalikda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, ziddiyatlarni murosaga
keltirish yo‘li bilan hal etish, demokratik institutlarning faoliyatida ishtirok etish);
2)
Ko‘pmadaniyatli jamiyat hayotiga oid kompetensiyalar (masalan,
tafovutlarni to‘g‘ri tushunish, birbiriga nisbatan hurmat, boshqa madaniyat, til va
diniy etiqodga ega bo‘lgan odamlar bilan hamjihatlikda yashash);
3)
Og‘zaki va yozma muloqatni amalga oshira bilishga oid kompetensiyalar
(masalan, bir nechta tillarni egallaganlik);
4)
Axborot
jamiyatining
vujudga
kelishi
bilan
bog‘liq bo‘lgan
kompetensiyalar (masalan, yangi texnologiyalarni egallaganlik, ularni qo‘llay
olish, ommaviy axborot vositalari kanallari orqali tarqatiladigan axborot va
reklamalarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olish);
5)
Uzluksiz ta’limning asosi sifatida butun umri davomida kasbiy jihatdan
hamda shaxsiy hayotida ta’lim olishga kompetentlilik.
So‘nggi kompetensiya alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ba’zi
tadqiqotchilar uni tizimli kompetensiya deb ataydilar. Ye.P. Tonkonogaya va
V.Yu. Krichevskiylar kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarni ko‘rib
chiqar
ekanlar,
kompetentlikni
xushaxloqlik,
pedagogiktashkilotchilik,
boshqaruvchanlik, kommunikativlik va boshqa sifatlar bilan bir qatorga qo‘yadilar.
Kompetentlikning o‘zi pedagogda umumiy dunyoqarashining kengligi va
madaniyatining yuqoriligini, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va
ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari bo‘yicha kasbiy bilimlarining mavjudligini,
21
o‘z bilimlarini amaliyotda rivojlantirishga layoqatliligini, ijtimoiy va
psixologikpedagogik tadqiqotlar metodlarini bilishini, pedagogik va boshqaruv
ko‘nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Boshqacha
qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va ko‘nikmalarning mavjudligi,
shuningdek, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda takomillashtirishga
layoqatlilik bilan belgilanadi.
Pedagogolimlarning ishlarida kompetentlikni pedagogik nuqtainazardan
yanada kengroq va sinchiklab o‘rganish imkonini beradigan turli jihatlari va
tarkibiy qismlari ajratib olingan va o‘rganib chiqilgan.
S.E. Shishov tomonidan kompetentlikning quyidagi ta’riflari keltirilgan:
o‘qisho‘rganish tufayli egallangan bilimlar, tajriba, qadriyatlar va moyilliklarga
asoslangan umumiy layoqatlilik; bilim va vaziyatlar o‘rtasidagi aloqani o‘rnata
bilish qobiliyati, muammoga mos keladigan hal etish yo‘lini topish (kompetentlik
deb aytish uchun birorbir vaziyatda namoyon etiladigan taqdirdagina joiz bo‘ladi,
namoyon etilmagan kompetentlik – kompetentlik emas, yashirin imkoniyatlar
bo‘lib qolsa ham katta gap).
L.M. Dolgova, P.V. Simonov va boshqalarning fikricha, kompetentlik −
olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir. Namunalarga
o‘xshash harakatlarni ko‘zda tutadigan “bilim, ko‘nikma va malakalardan” farqli
o‘laroq, kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat
tajribasini nazarda tutadi. “Kompetentlik – ijtimoiy amaliyot ko‘rinishidagi bilim
va
ko‘nikmalarning mavjudligi bo‘lib, u ta’lim jarayoni natijalariga
ijtimoiymadaniy talablar va jamiyat tomonidan talablar qo‘yiladigan hollarda
namoyon bo‘ladi”, − deb ta’kidlaydi L.M. Dolgova.
V.V. Bashevning ta’kidlashicha, kompetentliklar – insonning individual
qobiliyati bo‘lib, ular shartsharoitlar o‘zgargan paytda ushbu qobiliyatning boshqa
shartsharoitlarga ko‘cha olishida namoyon bo‘ladi. Qo‘llash sohalari ularning
maxsusligi va aniqligini belgilaydi (matematik, tillar bo‘yicha, siyosiy va boshqa
kompetentliklar). Jamiyatni o‘rganish sohasida samarali faoliyat ko‘rsatuvchi
odam quyidagilarga qodir bo‘lishi kerak, ya’ni kompetentli odam: 1) o‘zi tushib
22
qolgan vaziyatni tadqiq eta olishi; 2) boshqa odamlar bilan muloqot o‘rnata olishi;
3) qarorlar qabul qila olishi; 4) qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha
individual va jamoaviy harakatlarni tashkillashtira olishi; 5) faoliyatning yangi
usullarini egallay olishi.
Shunday qilib, kompetentlikni layoqatlilik, tayyorlik, imkoniyatga egalik va
shu bilan birga, ma’lim bir harakatlar natijasi sifatida talqin etish mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik – faoliyatga doir kategoriya bo‘lib,
sub’ektning qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kasbiy, ijtimoiy va boshqa
faoliyati jarayonida namoyon bo‘ladi. Eng umumlashtirilgan holda ta’riflaydigan
bo‘lsak, kompetentlik – individning umuman jamiyatda va xususan kasbiy
sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan, atrofidagi
ob’ektlar va sub’ektlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lum bir malakalari va
kasbiy tajribalari shakllanganligining muayyan darajasi demakdir.
N.G. Vitkovskayaning ta’riflashicha, kompetentlik − qo‘yilgan muammolarni
hal etishga qaratilgan insonning ichki (bilim, ko‘nikma va malakalari, ma’naviy
sifatlari,
psixologik
xususiyatlari)
va
tashqi
(moddiytexnik,
ijtimoiy)
imkoniyatlarini safarbar qila olishga qodirligidir.
Psixologik nuqtainazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik –
muayyan insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi
bo‘yicha insonning individual xarakteristikasi demakdir
.
N.A.Muslimov
o‘zining tadqiqot ishlarida o‘qituvchining kasbiy
kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifatlar, ya’ni motivatsion xislatlar
(insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib boruvchi tanlagan kasbiga
bo‘lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi), intellektual salohiyat
(barcha rasmiy hujjatlar asosida o‘qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzatishga,
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi), irodaviy sifatlar
(maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to‘siqlarni, jismoniy va aqliy
zo‘riqishlarni yenga olishlik, o‘zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari),
amaliy ko‘nikmalar (psixologik, pedagogik, metodik va texnik-texnologik
qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli sohalaridagi
23
ko‘nikmalari), hissiy sifatlar (o‘z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalarini
shakllantirishi, o‘zining aniq hislari (qahr, g‘azab, bezovtalik, arazlash, hasad,
hamdardlik, uyalish, mag‘rurlik, qo‘rqish, ko‘ngilchanlik, muhabbat va
boshqalar)ni boshqarishi hamda o‘z hissiy holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi
sabablarni tushunishi) hamda o‘z–o‘zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga
erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik, vijdonlilik, o‘z faoliyatiga tanqidiy
yondoshuv, harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi, o‘z xulqini
boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o‘z jismoniy va
psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari tashkil
etishini ta’kidlab o‘tadi.
Kompetentlikning mavjudligi to‘g‘risida inson mehnatining natijasiga qarab
baho beriladi. Har bir soha mutaxassisining kompetentlilik darajasi uning bajargan
ishi shu kasbiy faoliyatning yakuniy natijasiga qo‘yiladigan talablarga qay darajada
javob berishiga qarab belgilanadi.
Kompetentlikka insonning mehnat faoliyati davomida qilgan harakatlarining
miqdoriga qarab emas, balki faoliyatning natijasiga qarab baho berish to‘g‘ri
bo‘ladi. Xuddi shuningdek, savodxonlik darajasiga qarab ham kompetentlikni
belgilab bo‘lmaydi.
M.P. Choshanov fikricha, kompetentlik – kasbiy tayyorgarlikning umuman
yangi sifati bo‘lib, uning o‘ziga xos tomonlariga quyidagilar kiradi: kompetentli
odamning bilimlari amaliy tezkor va harakatchan, ular bu bilimlarni doimo
yangilab turadilar; kompetentlik mazmunli (bilimlar) va jarayonlarga doir
(ko‘nikmalar) komponentlariga ega. Muammoning mazmunini tushunishning o‘zi
yetarli emas, uni amaliy jihatdan maqbul usullar bilan yecha bilish kerak, ya’ni
metodlarning moslashuvchanligi kompetentlikning zaruriy tavsifi hisoblanadi;
kompetentlik maqbul yechimlarni tanlay bilish, qarorni asoslab bera olish,
noto‘g‘ri yo‘llarni chiqarib tashlash, ya’ni tanqidiy fikrlay olishni taqozo etadi.
A.K. Markova muayyan insonning kompetentligi uning kasbiy mahoratiga
nisbatan torroq bo‘ladi, deb hisoblaydi, ya’ni: “Inson umuman olganda o‘z
24
kasbining ustasi bo‘lishi mumkin, lekin barcha kasbiy masalalarni hal etishda
kompetentli bo‘lmasligi mumkin”.
Kompetentlik deganda, alohida bilimlar va ko‘nikmalar yoki faoliyatning
alohida harakatlarining yig‘indisi to‘g‘risida emas, balki, insonga mehnat
faoliyatini to‘lato‘kis amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan xususiyat haqida
so‘z yuritiladi.
Kasbiy kompetentlik tor ma’noda malaka
talablari doirasida bevosita xizmat vazifalarini
bajarish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs
sifatlari yig‘indisining xarakteristikasi sifatida
tushuniladi.
Shu
nuqtainazardan
kasbiy
kompetentlik shaxs kasbiy sifatlarining negizi
hisoblanadigan hamda mehnat va texnologik
jarayonlarni tahlil qilish, texnik hujjatlarni va topshiriqlarni tahlil qilish, mehnat
jarayonini bexato amalga oshirish, texnologik talablarga rioya qilish, qo‘shimcha
malakalarni egallash, madaniyat va jarayonlarni tashkil etishning yuqori
darajaliligi, texnologik jarayonda vujudga keladigan nosozliklarni bartaraf etish
kabi faoliyatning elementlari orqali taqdim etilgan kasbiy kompetentsiyalarga ega
bo‘lishni taqozo etadi.
Bunday yondoshuvda kasbiy kompetentlik va shunga mos ravishda
kompetensiya xizmatchi uchun boshqa muhim kompetensiyalar bilan bir qatorda
turadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan kompetentliklarning barchasi bir insonda mujassam
bo‘lmasligi mumkin. Inson o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaxshi mutaxassis bo‘lishi
mumkin, lekin muloqotga kirisha olmasligi, o‘zo‘zini takomillashtirish bo‘yicha
vazifalarni amalga oshira olmasligi mumkin. Shunga ko‘ra, uning maxsus
kompetentligini yuqori darajada, ijtimoiy va shaxsiy kompetentligini pastroq
darajada, deb e’tirof etish mumkin.
Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, kasbiy kompetentliklar borki, ular
ko‘plab kasblar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va ishlab chiqarishda ham,
25
ijtimoiy amaliyotda ham qo‘llanilganda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Yuqorida
sanab o‘tilgan kasbiy kompetentliklarning har bir turi shunday kasblararo umumiy
tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, maxsus kompetentlik - ishlab
chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, texnika bilan ishlash ko‘nikmalari, texnik
hujjatlarni o‘qiy bilish, qo‘l ishlarini bajarish malakalariga; shaxsiy kompetentlik
– o‘z faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish, mustaqil ravishda
qarorlar qabul qilish, nostandart yechimlarni topa olish (kreativlilik), tez
moslashuvchan nazariy va amaliy fikrlash, muammoni ko‘ra bilish, yangi bilim va
ko‘nikmalarni mustaqil ravishda egallay olish layoqatiga; individual kompetentlik
– motivatsiyaga, muvaffaqiyat zahiralariga ega bo‘lish, bajaradigan ishining
sifatini oshirishga intilish, o‘zo‘zini safarbar qila olish, o‘ziga ishonch va
optimizmga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Shu
bilan
birga,
kompetentlikni
bilimlarga yoki ko‘nikma va malakalarga
qaramaqarshi qo‘yish ham mumkin emas.
Kompetentlik
tushunchasi
bilim
yoki
ko‘nikma
yoki
malaka
tushunchalariga
nisbatan kengroq, kompetentlik ularni ta’lim
natijasi sifatida o‘z ichiga oladi (lekin bunda
kompetentlik bilim, ko‘nikma va malakalarning oddiy yig‘indisi emas, bir muncha
boshqacharoq mazmundagi tushunchadir). Kompetentlik tushunchasi nafaqat
kognitiv va operatsiyalitexnologik, balki, motivatsion, axloqiy, ijtimoiy tarkibiy
qismlarni ham o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ta’lim jarayonining ham mazmunini,
ham shakllarini baravariga o‘zgartirish zarur. Bunda o‘zgartirilgan shakllar ta’lim
oluvchilarga ma’lum bir kompetensiyalar bo‘yicha bilim bermasdan, balki, butun
ta’lim jarayoni davomida ular asosida faoliyat olib borishlarini ta’minlashi kerak.
Ya’ni, ta’lim oluvchi navbatdagi ko‘nikmalar to‘plamini shakllantirish yo‘li bilan
bo‘lajak kasbiy faoliyatiga tayyorlanishi emas, balki, kompetensiyalarni shu yerda
26
va hozir singdirib borishi kerak. Shuning uchun kompetentlik ta’limi natijasida
quyidagilar ta’minlanishi kerak:
−
o‘zo‘zini harakatga keltirish manbai sifatida ta’lim olishga ichki
motivatsiyaning mavjud bo‘lishi;
−
yaxlit faoliyatni egallash sharti sifatida o‘quv faoliyati jarayonida
o‘zo‘zini tashkillashtirish qobiliyati;
−
har bir odamga o‘zining u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtira olish
darajasini aniqlash imkonini beruvchi o‘zo‘zini differensiatsiyalash (o‘z
darajasini aniqlay bilish) qobiliyati;
−
ta’lim oluvchi tomonidan shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga
erishishlik;
−
ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari orasidagi o‘zaro bog‘langan
samarali faoliyatning mavjudligi.
Shu bilan birga, kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’limning metod va
texnologiyalari ma’lum bir sharoitlarda shakllantirilgan qobiliyatlarni boshqa bir
sharoitlarga oson ko‘chishi va moslashuvchanligini ta’minlashi kerak, ya’ni
“noadaptiv faollik” xususiyatini hosil qilishi kerak.
Kompetentlik yondoshuv ta’lim sifatini baholash uchun ham juda muhim
hisoblanadi, chunki, ta’lim oluvchi tomonidan
erishiladigan
asosiy
ta’limiy
natija
–
kompetentlik
hisoblanadi,
uning
asosiy
ko‘rsatkichlari esa, bir tomondan ta’lim
standartlarining
me’yoriy
talablariga
muvofiqligi, ikkinchi tomondan, shaxsning va
turli
ijtimoiy
guruhlarning
ehtiyojlariga
mosligidir. Shunday qilib, kompetentlikning birinchi tarkibiy qismi me’yoriy
hujjatlarda (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, DTS va b.) belgilab qo‘yilgan
ta’lim natijalaridan iborat. Ikkinchi tarkibiy qismini ijtimoiy talablar va ehtiyojlar
belgilaydi, bu qism jamiyatning rivojlanishiga mutanosib ravishda universal,
o‘zgaruvchan bo‘lib, o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilib turiladi.
27
Kompetentlik alohida jihatlariga ko‘ra tadqiq qilinsa ham, umuman olganda,
fundamental pedagogik muammo sifatida hali nafaqat yechimi topilmagan, balki,
muammo sifatida ham yetarlicha shakllantirilmagan. Xususan, kompetentlik
yondoshuvini tizimli tahlil etishga, uni umuman ta’lim tizimida ham, kasbiy
ta’limda ham qo‘llashning nazariymetodologik va didaktik asoslarini aniqlashga
doir ilmiy tadqiqot ishlari deyarli yo‘q deb aytish mumkin.
Hozirgi zamon dunyo ta’lim tajribasida kompetentli yondashuv keng
tarqalgan. “Kompetensiya” markaziy tushuncha sifatida ta’lim tizimining barcha
bilim va ko‘nikmalarini o‘zida birlashtiradi. “Kompetensiya” tushunchasida ta’lim
mohiyati shakllanib, g‘oyasi mujassamlashadi. Uning aniq natijalarini ko‘zlagan
maqsadi — kompetensiyaning eng muhim qirralari, doimo rivojlanish tabiatiga ega
bo‘lgan, universal bilimlar asosida shakllangan mustaqil faoliyat tajribalaridan
iborat, madaniyat va faoliyatning keng tarmoqlariga taalluqli unsurlarni o‘z ichiga
oladi .
Amaliy kompetentlik doimo o‘sib boruvchi dinamik hodisadir, malaka
oshirish va o‘z ustida ishlash jarayonining natijasi hisoblanadi. Bilim va mahorat,
hatto ijobiy yo‘nalish ham vaqt o‘tishi bilan eskirib qoladi, jamiyatning zamonaviy
talablariga, yangi texnologiyalarga mos kelmasligi mumkin. Jamiyat ham,
odamlar, muammolar ham o‘zgarib bormoqda. Demak, bu vazifalarni yechish
uchun yondashuv va metodlarni ham o‘zgartirish talab etiladi. Kompetensiya o‘z
bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr
talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta
ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi
bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu
sharoitga mos metod va yo‘llardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga
munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad
etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
|