14
NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
1-MA’RUZA. PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI
RIVOJLANTIRISHGA YANGICHA YONDASHUV. (4 soat)
Reja:
1.
Kasbiy kompetensiyalarning mazmun va mohiyati. Kasbiy kompetensiyalar
va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini tashkil etishda
innovatsion, akmeologik,
aksiologik, kreativ,
refleksiv, texnologik, kompetentli,
psixologik, andragogik yondashuvlar.
3.
Xalqaro tajribalar hamda ularning kasbiy kometensiyalarni rivojlantirishga
ta’siri.
Tayanch tushunchalar:
“Kompetentlik”, Kasbiy kompetentlik, Maxsus yoki
kasbiy kompetentlik, innovatsion, akmeologik, aksiologik, kreativ, refleksiv,
texnologik, kompetentli, psixologik, andragogik.
Kasbiy
kompetensiyalarning
mazmun
va
mohiyati.
Kasbiy
kompetensiyalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
. Oliy ta’lim tashkilotlari
pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida turli ixtisosliklar
o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini
boyitishda
ularni innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish muhim
ahamiyatga ega. Respublikamimizda ta’limning moddiy texnik ta’minotini
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida axborot-ta’lim
muhitini yaratish, axborot resurslarini ishlab chiqish, ularni ta’lim
jarayonida
qo‘llash metodikalarini takomillashtirish, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning jahon
ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu o‘rinda har
bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib
borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima?
Kasbiy kompetentlik
negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini
yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z
yuritiladi.
“
Kompetentlik
” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy
bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka,
mahorat va
iqtidorni namoyon eta olish hisoblanadi.
“
Kompetentlik
” pedagogik kategoriya sifatida ta’lim sohasiga psixologik ilmiy
15
izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy
vaziyatlar, kutilmagan (nostandart) holatlarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi,
muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib
boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Shundan kelib chiqqan holda kasbiy kompetentlik kategoriyasiga quyidagicha izoh
keltirilgan.