Microsoft Word Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Professiografiya




Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#65291
Bog'liq
KASBLAR
Oila a’zolari uchun mos so‘zlar, 88888, 4 mavzu, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати(1), иш хақи нақд пул олиш, fonetika test, 2-Amaliy mashg'ulot, MI-2, ingliz,matem,ona tili,adabiyot, Muloqot haqida tushuncha. Muloqot turlari va vazifalari Muloqot, Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org, 1 С Бухгалтерия-имтихон.12, 20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan


Mavzu: Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. 
Professiografiyaning mohiyati 
Reja 
1. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Kasblarni psixologik tizimlash.
2. Shaxs qiziqishlari va kasb.
3. Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari.
4. “Kasb pasporti” va mutaxassisliklar nomining klassifikashiyasi. 
5. Kasbiy yo’nalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi, “Kasbning asosiy ob’ekti” 
(sohasi) va kasb tipi. 


 1. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Kasblarni psixologik tizimlash. 
Kasblar psixologik tizimlashi kasbga yo‘naltirish ishlari uchun mo‘ljallangan. 
Qayt etilganidek, kasblar olami juda keng bo‘lib, unda 20 mingdan oritq kasb 
va 40 minga yaqin mutaxassisliklar mavjud. Ularning turli belgilariga ko‘ra 
tizimlash mumkin. Psixologik tizimlashning xususiyati shuki, bunda ijtimoiy – 
iqtisodiy va texnologik belgilardan vos kechiladi. 
Kasblar psixologik tizimlashi kasbiy qiziqishlar, qobiliyatlar tashxisini 
taminlab berish lozim. Shunda kasblarni guruxlarga birlashtiruvchi psixologik 
muammosi kelib chiqadi. Asosiysi, kasblarni tizimlash shaxsni qoniqtiruvchisi 
kasb tanlanishi, ya’ni kasb tanlovini engillashtiradi. 
Adabiyotlarni o‘rganib chiqish shaxs va kasb muvaffaqiyatligini, ya’ni 
kasbiy layoqatni hisobga oluvchi belgilarga to‘xtalib o‘tish imkonini beradi. 
Kasblar tizimlashni muhim muammosi – bu kasbni tavsiflovchi ma’lumotlar 
to‘plash usullaridir. Bularga kuzatish faoliyatini mustaqil bajarishi (mehnat usuli), 
ishchilar bilan savol javob, ish joyidan kuzatuvchi savol javob. 
Chet elda qiziqishlar, shaxs qobiliyatlari va temperament xususiyatlarini 
hisobgi olish asosida kasblarni tizimlashi keng tarqalgan. Avvalambor Dj.Xolland 
tomonidan 1966 yilda ishlab chiqarilgan kasblar tizilashini ajratish mumkin. Uning 
niyati psixologik konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, ushbu konsepsiya shaxs 
nazariyasini kasb tanlash nazariyasi bilan birlashtiradi.
Yo‘nalishning asosiy komponentlarini o‘rnatish asosida Dj Xolland shaxsning 
kasbiga yo‘naltirilgan turlarini ajratadi: Realistik, iqtidor, ijtimoiy konvensional 
ya’ni, umumqabul qilish mezonida va an’analarga asoslangan ishbilarmonlik va 
badiiy kabi.
Har bir shaxs turi ma’lum kasbiy muhitga yo‘naltirlgan idealistik tur – moddiy 
buyumlar yaratishga texnologik jarayon va tehnik qurilmalar iqtidor – aqliy 
mehnatga ijtimoiy – ijtimoiy mehnat bilan o‘zaro a’loqaga konvensional aniq 
tuzilgan faoliyatga ishbilarmonlik – odamlarga raxbarlik va badiiy – ijodga har bir 
shaxs turi modeli quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi: maqsadlar, qadriyatlar, 
qiziqishlar, qobiliyatlar, istalgan kasbiy rollar mumkin bo‘lgan yutuqlar karьera. 
Keyingi kasblar tizimlashi qobiliyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Talab 
etiladigan qobiliyatlar bo‘yicha kasblar tizimlashi byicha bir necha bor urinshlar 
bo‘lgan (E. Bornetann, A. Melcher 1941 : B. I. Dvorok1947) 1953 yilda D Paterson 
tomonidan taklif etgan. 
Kasblar tizimlashga to‘xtalib o‘tamiz. U juda keng tarqalgan. Tizimlash 
asosini 9 ta turli qobiliyatlari tashkil etadi. Minnesota Ocupational Rating Scale 
(MORS) yordamida kasbshunos psixologlar tomonidan 432 ta kasb tanlanib olinib 
quyidagi 7 ta guruhga bo‘lindi. Akademik, mexanik ijtimoiy, diniy, musiqaviy, 


artistlik va jismoniy guruhlardir. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish bu 432 
kasbni 214 ta na’munaga keltirildi, shulardan 137 tasi bitta kasb mutaxassislika 
qolgan 77 tasi ikkitadan 18 tagacha mutaxassislikni birlashtiradi. 
E.A.Klimov ishlab chiqqan kasblar tizilmasi ham keng tanilgan.Mehnat 
ob’ektiga ko‘ra 5 ta kasb turlari ajratiladi.
1. 
Inson tirik tabiat (P). Bu tur namoyondalari o‘simlik va hayvonot 
mikroorganizmlar va ular yashash sharoitlari bilan ishlashadi. Masalan meva 
sabzavot ustasi, agranom, zootexnik, vitirenar, mikrobiolog. 
2. 
Inson texnika va jonsiz tabiat (T). Ishchilar jonsiz texnik mehnat 
ob’ektlari bilan ishlashadi. Masalan texnik, mexanik, muxantis mexanik, muxandis 
elektrik, texnik texnolog va hokozo. 
3. 
Inson – inson (CH) buna ijtimoiy tizimlar, axloqiy gurxlar, turli yoshdagi 
insonlar bilan ishlash nazarda tutiladi. Masalan oziq – ovqat maxsulotlarini 
sotuvchisi, sartarosh, shifokor, o‘qituvchi. 
4. Inson – belgili tizim. Tabiiy va sun’iy tilliar, shartli belgilar,ramzlar, 
raqamlar, formulalar kasb turi namoyondalarini qiziqtiruvchi predmetlar olami. 
Masalan pragrammist, chizmachi – kortagraf, matematik, tilshunos, nashriyot 
muxarriri. 
5. Inson – badiiy obraz (X). Hodisalar badiiy aks etish dalillari – mana 
shu narsalar bu kasb turi vakillarini qiziqtiradi. Masalan rassom, dekarator, rassom 
– restavrator, musiqa asboblarini sozlovchi, balet artisti, konsert ijrochisi, aktyor
2. Kasb tushunchasining mohiyati. Kasb tushunchasi – 
kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi – bu kasb tushunchasidar. 
Kasbshunoslik adabiyotda kasb tushunchasining tavsif juda ko‘p. Avvlambor bu 
mahsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o‘tkazuvchi va unga 
yashash uchun manba bo‘lib xizmat qiluvchi mashg‘ulotdir. Keyin kasb bir xil 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichda ma’lum 
a’loqalar va axloq normalari o‘rnatiladi.
Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolarini itimoiy tashkillashtirishning 
alohida shakli bo‘lib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan 
birlashgan.
Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining 
betakror birikmasi tushuniladi .
Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan 
farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga 
xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron 
xususiyatlar yig'indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, 


iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. 
Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va 
psixikasining o'ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan 
psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini oʻzida mujassamlashtirgan 
odam yo'q, inson shaxsi oʻz individualligi jihatidan betakrordir. 
Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida 
keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy - tarixiy 
xususiyatga egadir.
Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish 
uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql - 
hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug'diradi, qoʻllarining shakli 
shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud - ligini 
ko'rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga 
mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir.
Qiziqish insonlarning dunyoqarashi , e'tiqodlari , ideallari ya'ni uning 
oliy maqsadlari , orzu niyatlari , orzu umidlari bilan bevosita muhim rol 
oʻynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta'minlash uchun xizmat 
qiladi
Motiv - ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq bo'lgan qandaydir 
faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini 
tashkil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon bo'lishidan iboratdir. 
SHaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog'liqd. SHuning uchun motivlar bir - 
biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning 
qondirilishi bilan bog'liq boʻlgan motivlar yoki ma'naviy ehtiyojlarning 
qondirilishi bilan bog'liq boʻlgan motivlar boʻlishi mumkin.


E.A.Klimov: “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib bunda 
insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat 
o‘rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar olish imkonini beradi.
Bu ta’rifni yana to‘ldirarkan, E.A.Klimov kasbiga faoliyat, sifatli tarixiy 
rivojlanuvchi tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana 
bir ta’rifni keltiramiz. “jamiyat nuqtaiy nazaridan kasb - bu kasbiy masalalar, 
kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo‘lib, bular 
jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun muhim bo‘lgan natija, mas’uliyatlarni 
etkazishni taminlab berishlari kerak bo‘ladi” nisbatan tor ta’rifni V.G.Makushin 
keltiradi kasb – bu shunday faoliyatki uning yordamida shaxs jamiyat hayotida 
ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo‘lib 
xizmat qiladi.
Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, quyidagiga xulosa qilish mumkin. 
Kasb mehnat faoliyatining paydo bo‘lgan shakllari bo‘lib, ularni bajarish uchun 
inson albatta ma’lum bilimlar va ko‘nikmalarga mahsus qobiliyatlar va rivojlangan 
muhim kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari kerak. 
3. Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari. 1920 
yillarning ikkinchi yarmida sovet psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyat 
tahlili prinsip va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirish 
psixotexnikada muxsus yondashuv professiografiya shakllanishiga olib keldi. Bu 
yondashuvning mohiyati nomida aks etgan – “kasblar tasviri”, umuman 
olganda 
professiografiyani 
o‘rganish 
kasb 
psixologik 
tavsifi 
va 
loyihalashtirishini o‘z ichiga oladi.
Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar 
belgilari o‘rnatiladi, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va 
sharoitlari ko’rsatiladi.
Professiografiyaning asosiy prinsiplaridan biri kasbiy faoliyatni o‘rganishda 
differensial yondashuv prinsipi hisoblanadi. Bu prinsipning mohiyati 
professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga bo‘ysunishi. Masalan, 
kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni 
ajratish kerakki ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko‘ra farqlanishi lozim. 
Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari kasbiy bilim, malaka, ko‘nikma 
tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o‘rganish uchun shunday belgilar 
aniqlanadiki, ular kasbiy toliqishni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlashadi.
Shunday qilib, Professiografiya deganda kasblar va ularning bir – biridan 
farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo’yiladigan talablarni bayon qilish 
majmuasitushuniladi, profesiografiyaning differensial prinsipi kasbning o‘rganish 


usullarini, uning tavsifi, mazmuni, shuningdek qo‘llash sohasi, ya’ni 
professiografiya o‘tkazish hususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.
Professiografiya natijalari professigrammada aks etadi, u mehnat 
sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari 
shuningdek sog‘liqqa qarshi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma bo‘lib, u 
mutaxassisning mativatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi 
hisoblanadi.


Xulosa 
Men bunda Kasb - hunar to'g'risida har xil munosabatlar hosil 
bo'lishi, kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon 
boʻlishini tushundim. Motivlar o'rtasidagi kurash ularning u yoki bu 
qarorga kelishlariga va voqelikka ongli munosabatda bo'lish, ob'ektiv va 
qat'iy qarorni qabul qilish haqida tushunchaga ega bo’ldim. 
Professiografiya deganda nimani tushunishimiz yani kasblar va ularning 
bir - biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo'yiladigan 
talablarni bayon qilish majmuasi tushunilar ekan. Men yana Kasblar 
psixologik tizimlashi kasbga yo'naltirish ishlari uchun mo'ljallanganligi 
va kasblar olamida 20 mingdan oritq kasb va 40 minga yaqin 
mutaxassisliklar mavjudligini bilib oldim. Ularning turli belgilariga 
koʻra tizimlash mumkingi va Psixologik tizimlashning xususiyati, 
ijtimoiy iqtisodiy va texnologik belgilardan vos kechilishi haqida 
tushunchaga ega bo’ldim. Men Individuallik deganda insonning shaxsiy 
psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi ekanligini tushundim 
yani Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan 
farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasi ekan. Individuallik 
tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, 
hukmron xususiyatlar yig'indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, 
dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu 
kabilar kirishi haqida malumotga ega bo’ldim. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. AsomovaR.Z. Kasbtanlash motivasiyasi va uning dinamikasi. 
Psix.f.n......dis.-T.,2002. -137b. 
2.
Z.N.Yulchiyeva, N.A.Mirashirova, Sh.D.Usmanova, 
G.G.Kuvondiqova, I.N.Mustafaeva, D.F.Hamroqulova Kasbiy 
psixologiya darslik –T.; - 2020 yil 
3. DavletshinM.G., S.To‘ychieva"Umumiy psixologiya". O'quv 
qo'llanma. T.2002. 
4. F.I.Haydarov,N.I.Xalilova.Umumiy psixologiya.T.2010 


O

ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O

RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
ISLOM KARIMOV NOMLI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA 
UNIVERSITETI 
“ GEOLOGIYA VA KONCHILIK ISHI” FAKULTETI 
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI 
“Kasbiy psixologiya” 
fanidan 
Mavzu:
Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. 
Professiografiyaning mohiyati
.
O‘qituvchi: __________________ 
Tayyorladi: ___________________ 
Guruh: S4-21
2023-yil 

Download 0.57 Mb.




Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Professiografiya

Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish