• Nazariy ma’lumot
  • Amaliy ishni bajarish uchun topshiriqlar
  • §. 2-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Nutq signallariga parallel ishlov berish. Mashg‘ulot maqsadi




    Download 30.21 Kb.
    Sana20.01.2024
    Hajmi30.21 Kb.
    #141733
    Bog'liq
    2-Amaliy mashg'ulot
    Oila a’zolari uchun mos so‘zlar, 88888, 4 mavzu, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати(1), иш хақи нақд пул олиш, KASBLAR, fonetika test, MI-2, ingliz,matem,ona tili,adabiyot, Muloqot haqida tushuncha. Muloqot turlari va vazifalari Muloqot, Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org, 1 С Бухгалтерия-имтихон.12, 20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan

    §.2-amaliy mashg‘ulot.
    Mavzu: Nutq signallariga parallel ishlov berish.


    Mashg‘ulot maqsadi: Nutq signallariga parallel ishlov berish haqidagi bilimlarni nazariy va amaliy jihatdan talabalarga o‘rgatish.
    Mashg‘ulotda foydalaniladigon texnik jihozlar va vositalar: ko‘rgazmali qurollar, proektor, kompyuter, elektron doska, zamonaviy (xususan, interfaol) ta’lim usullari, fanning o‘quv uslubiy majmuasi va videodarslar.


    Nazariy ma’lumot
    Signallarga raqamli ishlov berishda raqamli filtrlar asosiy hisoblanadi. Analog filtrlar bilan solishtirganda raqamli filtrlar ko'pgina soxalarda(misol uchun, malumotlarni siqish, biomeditsinada signallarni qayta ishlash, nutqni qayta ishlash, tasvirni qayta ishlash, malumot uzatish) yaxshiroq hisoblanadi. Chunki raqamli filtrlar chastota - amplitude xarakteristikasini analog filtrlarga nisbatan ancha aniqlik bilan hisoblash mumkin.
    Filtr strukturasini tasvirlash uchun ko'p xollarda blok sxema va funksional sxemalardan foydalaniladi. Foydalaniladigan struktura KIX yoki BIX filtrlarni tanlashimizga bog'liq. BIX filtrlar uchun 3 xil struktura ishlatiladi - to'g'ri, kaskar va parallel. To'g'ri forma - bu BIX filtr funksiyasining bevosita aks etishi, Kaskar forma - BIX filtrning uzatilayotgan funksiyasi 2-tartibga namoyish etiladi. Parallel formada - h(z) 2-tartibli qiymatlar soniga qarab taqsimlanadi. BIX filtridan foydalanish jarayonida parallel va koskar strukturalar keng qo'llaniladi.
    Ushbu dastur yordamida nutq signallarini filtrlashni ketma - ketli va parallal filtrlashni amalga oshirishi mumkin. Avval fileda yozilgan nutq signalini yuklab olish zarur. Buning uchun formaning chap tepa qismida joylashgan “File” tugmasidan foydalanish mumkin. “Файл -> Файлдан укиш”
    Signalni filtrlashdan oldin filtrning spetsifikatsiyasini to'g'irlaymiz. Bu amal formaning quyidagi qismida amalga oshiriladi, formadan filtrning filtrlash rejimi, basis funksiyasi hamda o'tkazish, pasaytirish va o'tish oraliqlarini ixtiyoriy tanlashimiz mumkin. Filtrlash rejimi o'zgartirib biz signalni quyidagi rajimlarda filtrlay olishimiz mumkin.
    • LPF - (low pass filtr) past chastotali filtr, bu rejimda signal ichidan chastotasi “Частота 1” katakchada ko'rsatilgan qiymatdan kichik bo'lgan barcha signallarni o'tkazadi, qolganlarini esa amplitude bo'yicha pasaytiradi. Ushbu filtrlash rejimida “Частота 2” ishlamaydi, yani unga qiymat berish yoki bermaslikning axamiyati yo'q.

    • HPF - (high pass filtr) oldingi filtrlash rejimiga mutlaqo teskari bo'lgan filtr, endi bu chastotasi ko'rsatilgan qiymatdan katta bo'lgan chastotali signallarni o'tkazadi, qolganlari susayadi.

    • BPF - (band pass filtr) bu rejimda filtr o'zini sal boshqacha tutadi, ya’ni “Частота 1” va “Частота 2” oralig'iga tushadigan barcha signallarni o'tkazadi, qolganlari esa pasaytiriladi. Bunday filtrlardan ko'pincha malum diapazondagi signallani ajratib olish uchun ishlatiladi.

    • BSF - (band stop filtr) bu ham “BPF” ga o'xshab malum diapazonda ishlab undan farqi shuki, berilgan diapazondagi barcha signallarni ushlab qoladi, tashqaridagi barcha signallar esa hech qanaqa to'siqsiz o'tadi.

    Barcha sozlashlarni to'g'irlab bo'lgandan keyin, natijani olish uchun formaning past o'ng burchagidagi “Filtrlash” bo'limidandan foydalaniladi.
    nutq signallarini filtrlashning kompyuter protsessorida ketma - ketli holatda filtrlash ko'rib chiqildi. Masalaning qo'yilishida asosiy maqsad ushbu amallarni parallel holotda amalga oshirilish talab etilgan. Parallel holatda ushbu filtrlashni amalga oshirish uchun C++ tilining TThread standart kutubxonasidan foydalanamiz. Buning uchun hisoblash amallarini yaxshilab tahlil qilish kerak.
    Ularning bir - biriga bog'liq bo'lmagan, ya’ni birining natijasi ikkinchisiga bog'liq bo'lmagan qismlari aniqlanadi va ular protsessorlarning alohida oqimlarida hisoblanadi.
    Masalaning oxirida esa barcha hisoblash natijalari yig'ib birlashtiriladi. Shu tarzda boshqa qismlarga ham parallel qayta ishlov beriladi. Unumdorlik tushunchasi biror bir masalaning parallel va ketma - ketli ishlov berish uchun ketgan vaqtlari nisbatiga qarab tahlil qilinuvchi ko'rsatgichdir. Unumdorlik o'lchov birligisiz kattalik bo'lib, ketma - ketli hisoblashga sarflangan vaqtning parallel hisoblash uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Amalda unumdorlik tushunchasi sifatida hisoblash tezligining necha marta oshganligini belgilaymiz. Asosiy masalaga qaytsak, nutqli signalni parallel hisoblash uchun “Filtrlash” bo'limidan umumiy masalaning qismlarga bo'linish sonini aniqlab olish kerak.
    Oqimlar bu protsessorda asosiy dasturdan bilan birgalikda ammo mustaqil ishlay oladigan funksiyalardir. Ularning vazifasi masalaning yuklatilgan qismini bajarishdan iborat. Har bitta oqim vazifaning oxirida o'zining yakunlanganligi haqida bayroqcha qoldiradi. Oqimlar soni protsessorning real fizik oqimlari(AMQ - arifmetik mantiqiy qurilma) sonidan oshib ketgan taqdirdan ham bu oqimlar fizik oqimlarga taqsimlab beriladi. Ushbu bosqichdan keyin “Parallel” tugmasini bosib natijani olish mumkin. Natija albatta oqimlar soniga bog'liq bo'ladi.


    Amaliy ishni bajarish uchun topshiriqlar:


    Har bir talaba “Nutq signallariga parallel ishlov berish” mavzusini o’rganib mustaqil 10 list slayd tayyorlash va dasturlash operatorlaridan foydalanib jadvallar va ro’yhatlar bilan ishlash.
    Download 30.21 Kb.




    Download 30.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §. 2-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Nutq signallariga parallel ishlov berish. Mashg‘ulot maqsadi

    Download 30.21 Kb.