9. Hukm chiqarishga asoslangan topshiriqlar.
2 – topshiriq.
K. Linneyning sistematika sohasida qayd yetgan ijobiy va salbiy
fikrlarini klasterda ifoda yeting.
107
1. Karl Linney 10 mingdan ortiq o‘simlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini
tavsiflab berdi.
2. Turlarni avlodlarga, avlodlarni yesa oilalarga, oilalarni turkumlarga,
turkumlarni yesa sinflarga birlashtirdi.
3. K.Linney zamonida yesa biologiyaning juda ko‘p sohalari hali
rivojlanmagani sababli u o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgilarigagina
asoslangan holda sun’iy sistema tuzdi.
4. U barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changchi iplarining uzun –
qisqaligiga va birlashishiga qarab 24 sinfga bo‘ldi.
5. Hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi.
6. Kelib chiqishi qon-qarindoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa –
boshqa sinflarga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir
sinfga birlashtirildi.
7. K.Linney osimlik, hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan.
8. Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat
keyinchalik organik olamni atroflicha o‘rganishga imkon berdi.
9. Binar nomenklaturani taklif yetdi.
10. Birinchi marta sistematika faniga asos soldi.
3 – topshiriq.
Jan Batist Lamarkning quyida berilgan yevolyutsion g‘oyalaridagi
va salbiy jihatlarini klasterda ifoda yeting.
K. Linneyning
evolyutsion g`oyalari
Ijobiy jihatlari
Salbiy jihatlari
108
1. Jan Batist Lamark yevolutsiya haqidagi g‘oyani ilgari surgan,
yevolutsion nazariyaga asos solgan.
2. Lamark fikricha, 108old mavjudodlar o‘z-o‘zidan anorganik tabiatdan
paydo bo‘ladi.
3. Sodda mavjudodlar tashqi muhit ta’siri ostida o‘zgarib, davrlar o‘tishi
bilan murakkablashib, tuzilishi yuksak bo‘lgan organizmlarga aylanadi.
4. Organizmlar yevolutsiyasida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga
yega deb aytgan.
5. Organizmlar murakkablashar yekan u 108old anima sababdan hozirgi
vaqtda o‘simlik va hayvonlar olamida oddiy mavjudodlar ham uchraydi, degan
savolga javob berib, olim ular yaqindagina o‘lik tabiatdan hosil bo‘lgan va
takomillashishga hali ulgurmagan, deb izoh beradi.
6. Lamark hayvonlar sistematikasi bilan ham shug‘ullangan.
7. Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko‘tarilar yekan, qayd
yetilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini ye’tirof yetdi.
8. Lamark K.Linneydan farqli ravishda tabiiy sistema tuzishga intildi.
9. Olim ye’tirof yetishicha, organizmlarning ozgarishi, organizmlarning
takomillashishga bo‘lgan intilishi, ikkinchi tomondan tashqi omillarning bevosita
ta’siri tufayli amalga oshgan.
10. O‘simliklar, nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan tuban hayvonlar, tashqi
muhit ta’sirida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgaradilar. Nerv sisitemasi tuzilishi murakkab
bo‘lgan hayvonlar yesa bilvosita, ya’ni ularning talabi, qiliq-odatlari, organlarining
mashq qilishi yoki qilmasligi natijasida o‘zgaradi.
11. Lamark turlarning haqiqatan ham tabiatda real yekanligini tan olmadi.
12. Olim organik olam yevolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari –
yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish yekanligini bila olmadi.
Ijobiy jihatlari
Salbiy jihatlari
Jan Batist Lamarkning
evolyutsion g`oyalari
|