• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Kombinastiyalashgan qazish tizimi




    Download 0,58 Mb.
    bet3/3
    Sana21.12.2023
    Hajmi0,58 Mb.
    #126197
    1   2   3
    Bog'liq
    QAZISH TIZIMLARINI TASNIFI VA QO\'LLANISH SHAROITLARI

    Kombinastiyalashgan qazish tizimi.
    Bulardan tashqari kombinastiyalashgan tizimlar ham qo‛llaniladi, ular o‛zida transportli va transportsiz tizimlar belgilarini mujassam etadi. Ichki uyumlash yoki tashqi tashish belgilarini inobatga olib unisi yoki bunisini qo‛llash ulushi ustunligiga qarab qazish tizimini qoplovchi jinslarni qisman ichki va tashqi ag‛darmalarga tashish tizimlariga va qoplovchi jinslarni qisman ichki ag‛darmalarga tashish tizimlariga bo‛linadi.
    Birinchi holatda jinslarni transport vositalari yordamida tashish natijasida, odatda yuqorigi pog‛onalardan quyi pog‛onalardagi transportsiz qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy ustunliklaridan foydalanish imkoniyatlari kengayadi. Ikkinchi holatda esa, qoplovchi jinslarni ichki ag‛darmalarga uyishni qisman qo‛llash, odatda karyerning quyi pog‛onalarida transportli qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy ko‛rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. Chunki karyerning quyi gorizontlariga transport vositalarini olib kirish nisbatan qiyin hisoblanadi.

    Kombinatsiyalshgan qazish tizimi.
    Kombinastiyalashgan qazish tizimlarining o‛zaro bir-biriga nisbatan murakkabligi yoki tejamkorliligi ma’lum tizimda tashishning tashqi tashish yoki ichki uyish usullarining qatnashish usuliga bog‛liq bo‛ladi. Qanchalik ko‛p hajmdagi jinslar transportsiz qazish tizimlari bilan qazib olinsa, kombinatsiyalashgan qazish tizimi shunchalik tejamli hisoblanadi.
    Ish zonasining rivojlanish shakliga ko‛ra, ikki sinfga bulinadi: yoppa, ish zonasi uzgarmas balandlikka ega tizimlar va chuqurlashuvchi, ish zonasi uzgaruvchan balandlikka ega qazish tizimlari.
    Ish frontining planda joylashishi va uning siljishi yo‛nalishiga qarab sinf va sinfchalar mos ravishda guruhlarga (uzunasiga, ko‛ndalangiga, yelpig‛ichsimon va doiraviy) va guruhchalarga (bir bortli, ikki bortli, markaziy, tarqoq holda) bo‛linadi Bulardan tashqari, qazish tizimlari quyidagilardan kelib chiqib ham xarakterlanadi: ag‛darmalarni joylashgan o‛rniga qarab (ichki va tashqi), qazish yo‛nalishinig profiliga qarab (gorizontal, qiya yoki tik qiya qatlamchalar bilan) va boshqa qo‛shimcha belgilariga qarab. Qazish tizimlarining klassifikatsion belgilari ularning nomlanishida o‛z ifodasini topadi.
    Xulosa
    Xulosa shundan iboratki,bu mavzuda Ochiq usulda qazib olish tizimi elementlari ,ularning parametrlari, qazib olish tizimi tasniflari,transportli qazish tizimi, transportsiz qazish tizimi, kombinatsiyalashgan tizimi va boshqalarni o`rgandik.Mavzuning asosi shundan iboratki konlarni qazib olish klassifikatsiyalari ochish tizimlari bilan bir qatorda ham yer osti usulida, ham ochiq usulda qazib olish texnologiyalarining muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi,mavjud kon geologik va tashkiliy iqtisodiy sharoit uchun ratsional va to‛g‛ri tanlangan qazish tizimi ko‛p jihatdan kon ishalrining iqtisodi va xavfsizligini, shuningdek atrof muhitga bo‛lgan ta‛sirini aniqlaydi,qazib olish tizimi korxonaning ishlab chiqarish unumdorligiga mos ravishda barcha foydali fazilmalarni xavfsiz, rejali va iqtisodiy jihatdan samarali tarzda kompleks qazib olishni ta‛minlashi lozim,qazib olish tizimi karyerda qo‛llaniladigan uskunalar kompleksi bilan bog‛liq

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. P.I Tomakov “Foydali 1azilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnologiyasi va mexanizatsiyalash” M.J Normatova tarjimasi

    2. Sh.I Hakimov “Ochiq konchilik ishlari” o`quv qo`llanma Navoiy 2022

    3. Normatova M.J “Konchilik sohasiga kirish” Navoiy 2017

    4. Normatova M.J “Konchilik ishi asoslari” Navoiy 2022

    Download 0,58 Mb.
    1   2   3




    Download 0,58 Mb.