|
Qazish tizimlarini tasnifi va qo'llanish sharoitlari reja: Umumiy ma`lumotlar 2
|
bet | 2/3 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #126197 |
Bog'liq QAZISH TIZIMLARINI TASNIFI VA QO\'LLANISH SHAROITLARIQazib olish tizimi tasniflari
Transportsiz qazish tizimi. Prof. E.F.Sheshko o‛zining qazib olish tizimi klassifikatsiyasiga qoplovchi tog‛ jinslarini zaboydan ag‛darmaga tashish, joylashtirish yo‛nalishini asos qilib olgan. Yuqoridagi belgilari bo‛yicha quyidagi turlarga bo‛linadi:
A.Qoplovchi tog‛ jinslarini transport vositalarini qo‛llamagan holda ag‛darmaga ko‛ndalangiga joylashtirish tizimi; bu tizim transportsiz qazish tizimi deb nomlanadi.
Transportsiz qazish tizimlari shunisi bilan xarakterliki, ularda qoplovchi jinslar ekskavatorlar yoki ag‛darma hosil qilgichlar yordamida ichki ag‛darmalarga yotqiziladi yoki uyiladi.
Qoplovchi jinslarni bevosita ekskavatorli uyish qazish tizimida jinslarni zaboydan ag‛darmagacha siljitish birgalikda ishlovchi ochuvchi va ag‛darma hosil qiluvchi ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Biroq ular faqat foydali qazilmalar nishab yotgan va qatlamlar qalinligi uncha katta bo‛lmagan hollardagina qo‛llanilishi mumkin. Bundan tashqari, bu tizimlarda ochish va qazish ishlari orasida qattiq bog‛liqlik mavjud bo‛ladi, chunki ochilishi kerak bo‛lgan zaxiralar miqdori, ochuvchi va ag‛darma hosil qiluvchi mashinalarning ishchi parametrlari va quvvati bilan chegaralanadi.
Transportli qazish tizimi.
Transportli qazish tizimlari qoplovchi jinslarni transport vositalari yordamida tashish bilan xarakterlanadi. B. Qoplovchi tog‛ jinslarini transport vositalari yordamida ag‛darmaga bo‛ylamasiga (frontal ravishda) joylashtirish tizimi; bu tizimlar transportli qazish tizimi deb nomlanadi.
Qoplovchi jinslarni ichki ag‛darmalarga tashish qazish tizimlarida jinslar nisbatan qisqa masofalarga qulay profilga ega yo‛llar orqali tashiladi va odatda ko‛tarilish yukli yo‛nalishda bo‛lmaydi. Qoplovchi jinslarni tashqi ag‛darmlarga tashilishi bilan xarakterlanuvchi tizimlarida jinslar uzoq masofalarga tashilishi bilan xarakterlanadi va odatda ko‛tarilish yukli yo‛nalishda bo‛ladi
Transportli qazish tizimlari transportsiz qazish tizimlaridan murakkabroq va ko‛p sarf xarajat talab etadi. Lekin ular foydali qazilma konlarini har qanday yotish sharoitlarida qo‛llanilishi mumkin, shuning uchun ular nisbatan keng tarqalgan. Bu tizimlarda ochuvchi va qazuvchi ish frontlari siljishi orasida nisbatan kam bog‛liqlik mavjud, shuning natijasida talabdan kelib chiqqan holda kerakli miqdordagi zaxirani ochish mumkin.
|
| |