|
LOT– bu sotuvga qo‘yilgan bir xil turdagi aktivlar partiyasi
Bir necha lotlar to‘plami string
|
bet | 4/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 18,11 Mb. | | #133270 |
Bog'liq Qimmatli qog\'ozlarLOT– bu sotuvga qo‘yilgan bir xil turdagi aktivlar partiyasi
Bir necha lotlar to‘plami string deyiladi.
Mukofot – shartnomaning opsion bahosidir. Boshqacha aytganda, shartnoma egasi (ya’ni sotib oluvchi)sotuvchiga (ya’ni shartnomani yozib beruvchiga) komissiya to‘laydi.Komissiya summasi mukofot deyiladi.
FYUCHERS deganda tovarlarni yoki qimmatli qog‘ozlarni
(moliyaviy fyucherslar) belgilangan muddatda, shartnoma imzo-
langan kunda o‘rnatilgan narx bo‘yicha, kelishilgan vaqtda va joyda sotish va sotib olish majburiyati tomonlar zimmasiga yuklatilganligini tasdiqlovchi hujjat tushuniladi. Uning opsiondan farqi shundaki, u shartnoma emas, balki qat’iy majburiyatdir.
VARRANT deganda shaxslarga qimmatli qog‘ozlarni ma’lum bir narxlarda sotib olish uchun berilgan sertifikat tushuniladi yoki bu so‘z tilxat sifatida ham ishlatiladi. Masalan, siz o‘z tovaringizni birovning omborida saqlasangiz, ombor mudiri, “haqiqatdan ham sizning tovaringiz omborda saqlanyapti” -deb hujjat beradi. Shu tilxatni (bizning tilimizda bu hujjat ombor ma’lumotnomasi deyiladi) chet elda varrant deb atashadi.
|
| |