• OBLIGATSIYA
  • Qimmatli qog‘ozlar deganda




    Download 18,11 Mb.
    bet2/4
    Sana09.01.2024
    Hajmi18,11 Mb.
    #133270
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Qimmatli qog\'ozlar
    bj, 10-sinf Informatika @talimiy hujjatlar, КАРОР olimpiada, Shug`ullanuvchilar organizmga urm ta`siri reja, Арал тенизи бойынша статья Сайпанова Гульзада, ШАРТНОМА№5от 2024, 16365462713659572, BAyon noma metod, (h-index), 1680861316, 1706251182, Oʻzbekneftgaz, Favqulotda vaziyatlarda 1 топ, Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya (G.Ibraximjanova, L.Urmanova)
    Obligatsiyalar
    Veksellar
    Xazina majburiyatlari
    Bank sertifikatlari
    Hosilaviy qimmatli qog’ozlar
    Aksiyalar
    Qimmatli qog’ozlarning quyidagi turlari mavjud:
    AKSIYA aksionerlik jamiyatining mol-mulkida va oladigan foydasida aksiya egasining hissasi borligini tasdiqlovchi rasmiy yuridik
    hujjat.
    Aksiya oddiy va imtiyozli turlarga bo‘linadi. Ular bir-biridan quyidagicha farq qiladi
    Oddiy aksiya
    Imtiyozli aksiya
    Oddiy aksiyada olinadigan dividend summasi olingan foyda hajmiga qarab har xil bo‘ladi. Uning miqdori hech kim tomonidan qat’iy kafolatlanmaydi, ammo oddiy aksiya egasi aksionerlik jamiyati yig‘inida ovozga ega, unga jamiyat ishini boshqarishda qatnashish huquqi beriladi. Oddiy aksiyalarning egalari boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmalariga olganliklari tufayli ana shunday aksiyalar uchun olinadigan dividendlar miqdori yuqoriroq belgilanadi.Oddiy aksiya egalari umuman dividend olmasliklari ham mumkin.
    Imtiyozli (preferensial yoki prefaksiya) aksiya shunday aksiyaki, u bo‘yicha beriladigan dividend summasi (normasi) foyda hajmiga bog‘liq emas, davlat zayomlari kabi oldindan belgilangan qat’iy foizlarda beriladi. Agar ma’lum bir obyektiv sabablarga ko‘ra joriy yil uchun dividendlar to‘lanmasa, u holda aksiya egasiga kelajakda
    bu summa to‘lanishiga kafolat beriladi. Ammo imtiyozli aksiya egalari aksionerlar majlisida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydilar.Imtiyozli aksiyalar qoidaga ko‘ra aksionerlik jamiyati ustav fondining 10 foizidan ortiq chiqarilishi mumkin emas.
    OBLIGATSIYA deb olingan qarzni tasdiqlovchi va qarzni ma’lum bir muddatdan keyin qat’iy belgilangan foiz bilan qaytarib berish majburiyati ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozga aytiladi. Obligatsiyalar konvertatsiya qilinadigan va almashtiriladigan obligatsiyalarga bo‘linadi. Konvertatsiya qilinadigan obli-
    gatsiyalar shu kompaniyaning aksiyalariga almashtirilishi, almashtiriladigan obligatsiyalar boshqa kompaniyalarning aksiyalariga almashtirilishi mumkin.
    Obligatsiya quyidagilarni tasdiqlaydi va ishontiradi:
    Emitent qimmatli qog‘oz egasidan pul mablag‘i olganligini
    Ma’lum bir muddatdan keyin emitent olgan qarzini qaytarib berishi majburiyatini
    Investorni ma’lum bir muddatdan keyin bergan qarzi uchun obligatsiyaning nominal qiymati bo‘yicha mukofot olishini
    Aksiya va Obligatsiyaning farqi
    Birinchidan, aksiyalar bo‘yicha beriladigan dividend katta tafovutga ega yoki ayrim sabablarga ko‘ra umuman berilmasligi mumkin, obligatsiyalar bo‘yicha beriladigan foizlar o‘zgarmas bo‘ladi, o‘zgargan taqdirda ham juda sezilarli darajada emas. Shuning uchun obligatsiyalar belgilangan yoki qat’iy daromadli qimmatli qog‘ozlar deb ham ataladi. Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar emitentlar oladigan foyda va moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar har yili bir marta to‘lanadi. Undan tashqari,agar ma’lum bir sabablarga ko‘ra obligatsiya chiqargan jamiyat tugatilsa, obligatsiya egalari taqsimlanadigan foyda va aktivlarga tegishli ravishda da’vogar hisoblanadi. Yana bir farqi aksiyalarning daromad keltirish vaqti cheklanmagan, obligatsiyalar bo‘yicha esa cheklangan, chunki obligatsiyalar asosan muayyan muddatga chiqariladi. Asosiy farqi, aksiya egalari mulkdorga aylanadi, obligatsiya egalari esa faqatgina kreditor maqomini oladi, xolos.
    VEKSEL – olingan qarzni belgilangan muddatda to‘lash majburiyati qat’iy yuklangan, qonun bilan tasdiqlangan holatda to‘ldirilib,rasmiylashtirilgan qarzdorlik tilxatidir. Ilk bor veksel qadimgi Gretsiyada paydo bo‘lgan. Keyinchalik
    XII asr o‘rtalarida veksel muomalasi Italiyada keng tarqaladi.

    Download 18,11 Mb.
    1   2   3   4




    Download 18,11 Mb.