O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 noyabrdagi PQ-2068-sonli qaroriga
6-ILOVA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan o'zgartish va qo'shimchalar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash bo'yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2009 yil 29 yanvardagi PQ-1051-sonli qarorining 3-bandi birinchi xatboshida «2014 yilning 1 yanvarigacha» so'zlari «2016 yilning 1 yanvarigacha» so'zlari bilan almashtirilsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida» 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarorining 4-bandida:
a) uchinchi xatboshida «uy-joy qurilishi uchun» so'zidan keyin «2014 yilgacha» so'zlari bilan to'ldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi to'rtinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:
«2014 yildan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun jismoniy shaxslarga kredit mablag'lari 15 yilgacha bo'lgan muddatga eng kam ish haqining 1000 barobarigacha bo'lgan miqdorda, 1 yillik imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 10 yil davomida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki foiz stavkasining 90 foizi (2015 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foiz stavkasi)dan kelib chiqib o'rtacha hisoblangan yillik foiz stavkasida ajratiladi»;
v) to'rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko'lamini kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«8. «Qishloq qurilish invest» MChJ injiniring kompaniyasi 2016 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliq to'lovlaridan hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi va byudjetdan tashqari Ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod etilsin».
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi to'g'risida» 2013 yil 4 yanvardagi PQ-1902-sonli qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi «kredit liniyalari» so'zlaridan keyin «15 yil muddatga, shundan 5 yillik imtiyozli muddat, foizli stavkasi yiliga 3 foiz» so'zlari bilan to'ldirilsin.
|