O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV




Download 44 Kb.
bet2/2
Sana21.03.2017
Hajmi44 Kb.
#676
1   2
O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.

 

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 maydagi 116-son qaroriga


5-ILOVA

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to'g'risidagi Nizomda:

a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xat boshi qo'shilsin:

«Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi to'g'risida» 2013 yil 4 yanvardagi PQ-1902-son qaroriga muvofiq 2013 yilda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ipoteka krediti ajratishda ishtirok etuvchi O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankiga (keyingi o'rinlarda bank deb ataladi) ham tatbiq etiladi»;

b) 31-bandning «v» kichik bandiga quyidagi mazmundagi jumla qo'shilsin:

«Bunda sug'urta shartnomasida har yili to'lanadigan sug'urta mukofoti to'lash nazarda tutilishi mumkin».

2. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi Nizomda:

a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«1. Ushbu Nizom «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi, shuningdek «Qishloq qurilish bank» ochiq aktsiyadorlik tijorat banki, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka banki (keyingi o'rinlarda bank deb ataladi) ishtirokida ajratilgan er massivlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha kompleks yakka tartibdagi uy-joy qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

Agar qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylar qurilishi uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlar berilishi shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan bo'lsa, u holda xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qo'llaniladi»;

b) 29-bandga quyidagi mazmundagi xat boshi qo'shilsin:

«O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 fevraldagi 37-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha «tayyor holda topshirish» shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari o'tkazish tartibining IX bobida nazarda tutilgan tartibda o'tkazilgan qurilishi tugallanmagan ob'ekt bo'yicha tanlov savdolari g'olibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun maqsadli mablag'lar etarli bo'lmagan taqdirda injiniring kompaniyasi o'z mablag'lari hisobiga, o'z mablag'lari etarli bo'lmagan taqdirda esa – alohida shartnoma asosida bankning mablag'larini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir»;

v) 30-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«Uy-joy qurishni moliyalashtirish injiniring kompaniyasining 22626-son «Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag'lari» maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqamidan pudratchining 22626-son «Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag'lari» maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqamiga o'tkaziladigan injiniring kompaniyasining avansi (ob'ekt qiymatining kamida 15 foizi) hisobiga amalga oshiriladi, bunda bajarilgan ishlar hajmining 95 foizgachasi berilgan avans mutanosib ravishda ushlab qolingan holda har oyda joriy moliyalashtiriladi hamda ob'ekt qiymatining 5 foiz miqdoridagi qolgan qismi injiniring kompaniyasining filiali tomonidan tasdiqlangan taqdirda kafolat muddati tamom bo'lgandan keyin to'lanadi»;

g) 32-bandga quyidagi mazmundagi xat boshi qo'shilsin:

«Pudratchining 22626-son «Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag'lari» maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqamiga tushgan mablag'lardan uy-joylar qurish uchun maqsadli foydalaniladi. Bunda ko'rsatib o'tilgan mablag'lar ssudalar bo'yicha qarzdorlikni qaytarishga, qurilish materiallari va asbob-uskunalar sotib olishga, tegishli shartnomalar asosida bajariladigan qurilish ishlari va xizmatlariga haq to'lashga, qurilishda qatnashayotgan ishchilar mehnatiga haq to'lashga (soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisobga olgan holda) yo'naltiriladi»;

d) quyidagi mazmundagi 321-band qo'shilsin:



«321. Pudratchining 22626-son «Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag'lari» maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqami bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish, shuningdek ushbu hisob raqamidagi pul mablag'larini qurilgan uy-joylar foydalanish uchun qabul qilib olingungacha undirishga qaratishga va xatlashga yo'l qo'yilmaydi». 
Download 44 Kb.
1   2




Download 44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Download 44 Kb.