Qishloq xo’jaligini raqamlashtirish sharoitida agrar
iqtisodiyotni rivojlantirish
Feruzbek Dilshod o’g’li Jumaniyazov
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada respublikamizda qishloq xo’jaligi
sohasini
rivojlantirish uchun raqamlashtirish asosida iqtisodiy samaradorlikga erishish
bo’yicha ilmiy-nazariy fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so’zlar: agro iqtisodiyot, raqamlashtirish siyosati, islohat, PF-5742,
iqtisodiyot elementlari, texnologiya, tranzaktsion xarajatlar
Development of agrarian economy in the conditions of
digitization of agriculture
Feruzbek Dilshod oglu Jumaniyazov
Urganch State University
Abstract: This article presents scientific and theoretical opinions on achieving
economic efficiency based on digitization for the development
of the agricultural
sector in our republic.
Keywords: agricultural economy, digitization policy, reform, PF-5742,
economic elements, technology, transaction costs
Kirish
Ma’lumki, bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyoti barcha sohada jadal
rivojlanib bormoqda. Shuningdek, agrar sohada ham keng ko’lamda
islohatlar olib
borilmoqda. Aytishimiz mumkinki, iqtisodiyotni barcha jabhalarida raqamlashtirish
faoliyati olib borish o’zining samarali ta’sirini ko’rsatadi. Ushbu maqolada ilmiy
tadqiqot faoliyatimdan kelib chiqqan holda, qishloq xo’jaligi sohasida raqamlashtirish
jarayonini olib borish uchun davlat tarafidan keng e’tibor qaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligini raqamlashtirish bo’yicha davlat islohatlarini tahlil qilar
ekanmiz, quyidagilarni asoslashimiz mumkindir:
2021-yil 28-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligida
agrosanoat majmuasi va Ommaviy axborot vositalari
vakillari ishtirokida
konferensiya-taqdimot bo’lib o’tdi. Tadbirda qishloq xo’jaligi tarmog’ini jadal
raqamlashtirish bo’yicha dasturlar doirasida yaratilgan 10 ta axborot tizimlari va
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
702
platformalari taqdim etildi. Anjumanni qishloq xo’jaligi vazirining agrosanoat
majmuini raqamlashtirish bo’yicha vazirlik hodimlari ishtirok etishdi
1
.
Yurtboshimizning “
Raqamli O’zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni
samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida
2
”gi Farmoni bilan agrosanoatni
rivojlantirishga qaratilgan bir necha o’nlab loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Shu asosda raqamlashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa
va topshiriqlarni jadal
suratlarda olib borishda yetakchi xorijiy tajribani o’rganish, jumladan, Yevropa
Ittifoqi va Jahon Bankining maslahat va moliyaviy qo’llab-quvvatlashidan, eng
yaxshi texnik yechimlardan foydalanilmoqda. Ma’lumki, ohirgi 15 yil ichida
O’zbekiston aholisi 27 milliondan deyarli 40 millionga yetdi,
har bir kishi uchun
ajratilgan yer maydoni esa 23 sotixdan 16 sotixga kamaydi.
Takidlash lozimki, 1 gektar yerni sug’orish uchun mo’ljallangan suv resurslari
3048 m3 dan 2889 m3 ga qisqardi. Mazkur muammoning yechimini aniqlash
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-
sonli qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan
Farmoni
3
qabul qilindi. Ushbu farmonda yerning aniq hisobini yuritish va yer
maydonlarining meliorativ holati haqidagi ma’lumotlar
bazasini shakllantirish
masalalari belgilangan.
O’zbekiston agrosanoat majmuasi uchun mustaqillik davri burilish nuqtalaridan
biri bo’ldi, qishloq xo’jaligi sohani raqamlashtirish masalalarida davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlanmay qoldi. Shu paytdan boshlab agrosanoat bozorining yirik
ishtirokchilari davlatdan mustaqil ravishda o’zlarining axborot tuzilmalarini
yaratishni boshladilar. Bu davlatning yirik agrobiznesga ta’sirini yo’qotishiga,
agrosanoat majmuasini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar
samaradorligini pasayishiga va kichik ishlab chiqaruvchilarning
faoliyatini
kengaytirish imkoniyatlarini yo’qotishiga olib keldi.
Hozirgi bosqichda raqamlashtirish alohida xo’jalik yurituvchi subyektlar,
davlatlar siyosatiga ta’sir ko’rsatishning kuchli usullaridan biriga aylandi. Yurtimizda
iqtisodiyot va uning tarmoqlarini raqamlashtirish jarayoni boshlandi. Bunday
tadbirlarning maqsadi zamonaviy texnologiyalar tarmoqlari va tizimlarini o’z ichiga
olgan keng ko’lamli masalalar bo’yicha tegishli ma’lumotlar bazalari bilan yagona
axborot makonini yaratishdir.
Agrosanoat majmuasidagi mavjud axborot muhitining
samarasizligi ishlab
chiqarishning tranzaktsion xarajatlarining o’sishiga olib keladi, bu oziq-ovqat
mahsulotlarining moliyaviy mavjudligi darajasida aks etadi va mahalliy qishloq
xo’jaligi mahsulotlarining xorijiy analoglarga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy
1
https://www.agro.uz/11-0003/
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son
3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.06.2019 yildagi PF-5742-son
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
703