. ME amplituda uzatish xarakteristikalari.
MEning asosiy statik xarakteristikasi bo‘lib chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishiga boliqligi hisoblanadi. Bu xarakteristika amplituda uzatish xarakteristikasi (AUX) deb ataladi. AUX ko‘rinishi MEda qo‘llanilgan elektron kalit turiga bog‘liq bo‘ladi. Kichik qirish signallariga yuqori chiqish signallari mos keladigan element, inverslaydigan, kichik kirish signallariga kichik chiqish signallari mos keladigan element – inverslamaydigan deb ataladi. Xarakteristikaning ikkila turi 13.2-rasmda keltirilgan.
13.15-rasm. MEning amplituda uzatish xarakteristikalari.
Uzatish xarakteristikasi, ME qanday qilib mantiqiy 0 va 1 standart singnallar, ularning amplituda qiymatlari VAda halaqitbardoshligi shakllanishini kuzatish imkonini beradi. RISlarda asosan inverslaydigan MElar ko‘llanilgani sababli, uning AUXsini ko‘rib chiqamiz (9.16-rasm).
13.16-rasm. Inverslaydigan elementlar zanjirida
0 va 1 signallarni kvantlash.
Uzatish xarakteristikasida 5 ta muhim nuqtalar – K, A, V, S, D ni belgilash mumkin. K nuqtaga ME xarakteristikasining bir-lik kuchaytirish chizig‘i (KU=1) UChIQ=UKIR bilan kesishgan nuqta mos keladi. Bu nuqta kvantlash nuqtasi deb ataladi. Bu nuqta holati kvantlash kuchlanishi deb ataluvchi kirish (chiqish) kuchlanishi qiymati bilan belgilanadi. A va V nuqtalar ME xarakteristikasining birlik kuchaytirish chizig‘iga perpendikulyar bo‘lgan K nuqta orqali o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bilan kesishgan joylarida olinadi. S va D nuqtalarda kuchlanish bo‘yicha differensial uza-tish koeffitsiyenti ga teng bo‘ladi.
Aytaylik, zanjirdagi birinchi ME kirishiga ixtiyoriy amplitudali signal U1 berildi. Bu signal U1 < UKV shartini bajaradi. Mantiqiy zanjir orqali bu signal tarqalganda uning amplitudasi o‘zgarishini kuzatamiz. Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi elementdagi kirish kuchlanishi U2, uchinchida – U3 va h.k. bo‘ladi (9.16-rasm).
Kirish kuchlanishlarining U1, U2, U3 … (UChIQ o‘qi bo‘ylab) ketma-ketlik qiymatlari A nuqtaga mos keladigan qiymatga tez yaqinlashadi. Xuddi shunday, U0 > UKV shartda ketma-ketlikning kirish va chiqish kuchlanishlari qiymatlari V nuqtaga mos keladigan qiymatga tez yaqinlashadi. Demak, signallar, 2-3 ta ketma-ket ulangan MElar zanjiridan o‘tganda ikkita aniq belgilangan diskret (asimptotik) amplituda qiymatiga ega bo‘lgan signal-larga aylanadi.
MEning xalaqitbardoshlik sohasini aniqlash uchun 9.17-rasmga murojaat qilamiz.
13.17-rasm. ME xalaqitbardoshlik sohalari.
Chiqish mantiqiy 1 ga mos kelgan U1ChIQ=U1 asimptotik sathga A nuqta, chiqish mantiqiy 0 ga mos kelgan U0ChIQ=U0 sathga esa, V nuqta mos keladi. Kirish mantiqiy 0 ga mos kelgan U0KIR=U0 asimptotik sathga A nuqta, kirish mantiqiy 1 ga mos kelgan U1KIR=U1 sathga esa, V nuqta mos keladi. ayirma esa chiqish sathlarining mantiqiy o‘zgariishi deb ataladi. S nuqtaga mos keluvchi kirish kuchlanishi bo‘sag‘aviy kuchlanish U0BO‘S, D nuqtaga mos keluvchi kirish kuchlanishi esa, bo‘sag‘aviy kuchlanish U1BO‘S deb ataladi.
Kombinatsion qurilmalar uchun kirishda ruxsat etilgan halaqitlar darajasi kvantlash kuchlanishi bilan mos keladigan mantiqiy 0 va mantiqiy 1larning asimptotik qiymatlari orasidagi farq ko‘rinishida beriladi. Shunga muvofiq, mantiqiy 0 va mantiqiy 1 signallari xalaqitlari darajalari farqlanadi. Ular 9.16-rasmdan quyidagi munosabatlardan aniqlanadi:
, .
Ketma-ket qurilmalarda ruxsat etilgan xalaqit amplitudasi, kombinatsion qurilmalarnikiga nisbatan kichik bo‘ladi va u quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
, .
Normativ-texnik xujjatlarda barcha RIS turlari (kombinatsion va ketma-ketli) uchun quyidagi yagona statik parametrlar tizimi va ularni aniqlash qoidalari o‘rnatilgan:
- mantiqiy 0 va mantiqiy 1 chiqish va kirish kuchlanishlari (U0, U1);
- mantiqiy 0 va mantiqiy 1 chiqish va kirish bo‘sag‘aviy kuchlanishlari (U0BO‘S, U1BO‘S);
- mantiqiy 0 va mantiqiy 1 chiqish va kirish toklari (I0KIR, I1KIR, I0ChIQ, I1ChIQ);
- mantiqiy 0 va mantiqiy 1 holatlardagi iste’mol toklari (I0IST, I1IST);
- iste’mol quvvati (RIST);
- mantiqiy 0 ga o‘zgarish soha bo‘sag‘asi (U0BO‘S);
- mantiqiy 1 ga o‘zgarish soha bo‘sag‘asi (U1BO‘S);
- minimal mantiqiy o‘zgarish (UMO‘= U1 - U0).
Bundan tashqari, statik parametrlarga mantiqiy 0 va manti-qiy 1larning halaqitbardoshligi VAda kirish bo‘yicha birlashish koeffitsiyenti KBIRL va chiqish bo‘yicha tarmoqlanish koeffitsiyenti KTARM VA kiradi.
MElarning asosiy dinamik parametrlariga, kirish va chi-qish impulslari ossilogrammalaridan aniqlanadigan quyidagi parametrlar kiradi:
|