Ikkilik axborotlarni ifodalash usullari. ME asosiy parametrlari




Download 339,62 Kb.
bet2/4
Sana24.05.2024
Hajmi339,62 Kb.
#252195
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu

. Ikkilik axborotlarni ifodalash usullari. ME asosiy parametrlari.


Mantiqiy element (ME) deb, kirish signallari ustida aniq bir mantiqiy amal bajaradigan elektron qurilmaga aytiladi. RIS yaratishda faqat FTM funksiyalarini amalga oshiruvchi MElar qo‘llaniladi. Ular negiz MElar deb ataladi. Ko‘p hollarda RISlar VA-EMAS (Sheffer ME) YOKI YOKI-EMAS (Pirs ME) funksiyalarini amalga oshiruvchi negiz MElar asosida tuziladi.
Raqamli (mantiqiy) elektron qurilmalar turli belgilariga ko‘ra sinflanishlari mumkin. Ishlash prinsipiga ko‘ra barcha MElar ikki sinfga bo‘linadilar: kombinatsion va ketma-ketli.
Kombinatsion qurilmalar YOKI avtomatlar deb, chiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, ikkita vaqt momentiga ega bo‘lgan, xotirasiz mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Kombinatsion qurilmalar YOKI VA-EMAS, YOKI-EMAS va boshqa alohida elementlar yordamida, YOKI o‘rta ISlar, YOKI katta va o‘ta katta IS tarkibiga kiruvchi ISlar ko‘rinishda tayyorlanadi. Mazkur va keyingi boblarda faqat kombinatsion MElarni ko‘rib chiqamiz.
Ketma-ketli qurilmalar YOKI avtomatlar deb, chiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, hozirgi va oldingi vaqt momentlari uchun, ya’ni kirish o‘zgaruvchilarining kelish tartibi bilan belgilanadigan, xotirali mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Ketma-ketli qurilmalarga triggerlar, registrlar, schetchiklar misol bo‘la oladi.
Ikkilik axborotni ifodalash usuliga ko‘ra qurilmalar potensial va impuls raqamli qurilmalarga bo‘linadi. Potensial raqamli qurilmalarda mantiqiy 0 va mantiqiy 1 qiymatlariga elektr potensiallarning umuman, bir-biridan farqlanuvchi: yuqori va past sathlari belgilanadi. Impuls raqamli qurilmalarda mantiqiy signal qiymatlariga (0 YOKI 1) impulslar sxemasi chiqishida ma’lum davomiylik va amplitudaga ega bo‘lgan impulsning mavjudligi, ikkinchi holatiga esa, impulsning yo‘qligi to‘g‘ri keladi. Ko‘rib o‘tilgan kodlash usullarining har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega.

9.1-jadval



Mantiq turi

Kuchlanish manbai qutbi

musbat

manfiy

To‘g‘ri







Teskari





Raqamli qurilmalarning ko‘pi potensial sinfga mansub. Mantiqiy signalni potensial usulda kodlashda, potensial (kuchlanish)ning qay bir sathi mantiqiy 1 deb olinishi aVAiyatga ega emas. Bu kuchlanishning qutbi VA aVAiyatga ega emas. Shu sababli amaliyotda YOKI mantiq turi, YOKI kuchlanish qutbi, YOKI VA u, VA bu ko‘rsatgichi bilan farqlanuvchi to‘rtta kodlash variantidan biri uchrashi mumkin. Mantiqiy 0 va 1 larni har bir variantda kodlash usullari 9.1-jadvalda keltirilgan.


Mantiqiy o‘zgaruvchini potensial kodlash usulida ixtiyoriy mantiqiy funksiya qayta ulagichlar YOKI elektron kalitlar asosida yaratiladi.
Elektron kalit YOKI ventil deb shunday elektron qurilmaga aytiladiki, uning kirishdagi boshqaruv kuchlanishi qiymatiga bog‘liq holda ikkita turg‘un holatdan birida: uzilgan YOKI ulangan bo‘lishi mumkin. Sodda kalitlar asosida ancha murakkab sxemalar tuzish mumkin: mantiqiy, triggerli va boshqalar.
Berilgan ixtiyoriy murakkablikdagi mantiqiy amalni bajarish uchun kirish signallari har biri n-ta ME bilan yuklangan va m-ta axborot kirishlariga ega bo‘lgan ketma-ket ulangan MElar zanjiridan o‘tishi kerak (9.14-rasm). O‘KISlarda bir vaqtda ishlayotgan MElar soni bir necha mingtaga yetishi mumkin.



13.14-rasm. Mantiqiy zanjir ko‘rinishi.


Bu vaqtda, har bir ME o‘z funksiyasini bexato bajarishi va o‘zgartirishlarni buzilishlarsiz ta’minlashi kerak. RISlar va raqamli qurilmalarni tayyorlash, sozlash va ishlatish jarayonlarida MElarni har birini alohida moslashtirish va sozlash taqiqlangani sababli, MElarning o‘zi quyidagi fundamental xossalarga ega bo‘lishi lozim:


1. Kirish va chiqish bo‘yicha 0 va 1 signal sathlarining mosligi. Faqat bu shart bajarilganda zanjirning ishga layoqatligi sathlarni moslashtirish uchun maxsus elementlar qo‘llanmasdan amalga oshirilishi mumkin.
2. Kirish va chiqish bo‘yicha yetarli yuklama qobiliyati. Bu shart, ME signallarni bir necha kirishlardan olganda va bir vaqtning o‘zida bir necha MElarni boshqarishida lozim bo‘ladi. MEning yuklama qobiliyati odatda chiqish bo‘yicha tarmoqlanish koeffitsiyenti KTARM va kirish bo‘yicha birlashish koeffitsiyenti KBIRL bilan ifodalanadi. KBIRL ME kirishiga ulanishi mumkin bo‘lgan bir turdagi MElar soniga, KTARM esa element chiqishiga ulanishi mumkin bo‘lgan bir turdagi MElar soniga teng. Bu vaqtda signal shakli va amplitudasi ME bexato ishini kafolatlashi kerak.
3. Signalni shakllantirish (kvantlash) qobiliyati. RIS ishlashi uchun, signal har bir MEdan o‘tganda standart (asimptotik) amplituda va davomiylikka ega bo‘lishi lozim.
4.Xalaqitbardoshlik. Xalaqitbardoshlik deganda, MEning halaqitlarga ta’sirchan emasligi tushuniladi. Bu vaqtda halaqitlar ma’lum belgilangan darajadan ortmasligi kerak. Aks holda ME bir holatdan ikkinchisiga yolg‘on asosda o‘tishi mumkin.
MEni parametrlari va shakllantirish xossalari ularning statik va dinamik xarakteristikalaridan aniqlanadi.




    1. Download 339,62 Kb.
1   2   3   4




Download 339,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkilik axborotlarni ifodalash usullari. ME asosiy parametrlari

Download 339,62 Kb.