|
)Drayver bu — kompyuterdagi qurilmalarni
|
bet | 5/8 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 60,6 Kb. | | #155182 |
Bog'liq 5-23 bilet javoblari1)Drayver bu — kompyuterdagi qurilmalarni(videkarta, wifi modul, bluetooth modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog’lab beruvchi maxsus dastur. Bu dastur bo’lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi. Misol uchun, notebook sotib oldingiz, undagi Wi-Fi modul ishlamayapti, yoki statsionar kompyuteringiz bor, lekin undan ovoz chiqmayapti. Tanish holatmi). Demak, xulosa shuki, drayversiz sizning qurilmangiz temirning o’zi. Drayver sizda mavjud bo’lishi kerak. Odatda, kompyuter yoki notebook sotib olsangiz, sizga qo’shimcha disk beriladi, shu diskda sotib olgan hisoblash mashinangizdagi barcha qurilmalarning drayverlari mavjud bo’ladi, kompyuterni yoqasiz diskni tiqasiz va drayverlarni ketma-ket o’rnatib chiqasiz, hammasi oddiy
2) Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu maʼlumotlar bazasini hosil qiluvchi, maʼlumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Maʼlumotlar bazasi faqat maʼlumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
3) Kо'pincha ―mahalliy tarmoqla (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bо'lmagan, mahalliy о'lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya‘ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‘zi mahalliy tarmoqlarning texnik kо'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin.
20-BILET
Odatda, operatsion sistema tashqi xotira – diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi. Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, televizor ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, quvvat tugmasini bosishingiz, suv tarmog‘idan suv olmoqchi bo‘lsangiz esa jo‘mrakni burashingiz yetarli.
«Big Data» – bu juda tez sur’atlarda o‘sib borayotgan katta hajmdagi tizimli va tizimsiz raqamli ma’lumotlar to‘plami. «Big Data» biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish, to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan eng samarali qarorlarni qabul qilinishini ta’minlash maqsadida axborotni saqlash va qayta ishlashning innovatsion usullarini o‘z ichiga oladi.
|
| |