• Burg‘ulash qurilmalari uchun belgilangan eritma zaxirasi
  • Adabiyotlar
  • Quduqlarda neft-gaz ko‘rinishlari va ochiq favvoralar hosil bo‘lishining oldini olish




    Download 81 Kb.
    bet6/6
    Sana27.01.2023
    Hajmi81 Kb.
    #39824
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    QOPLAMALARNI QURISH ISHLARINI BAJARISHDA SIFAT NAZORATI
    dinamika Jurayeva M, OQAVA SUVLARNI TOZALASH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH, 123456789, 207-мактаб аттестатция баённомаси, 2-ma\'ruza (1), OT. Mustaqil ish, 35% ANKETASI, INSTRUKTOR TAQVIM, mirjalol, G5souZec1cyEwS1wAOVAaNWMIm3bZ-MK
    Quduqlarda neft-gaz ko‘rinishlari va ochiq favvoralar hosil bo‘lishining oldini olish. Burg‘ulash brigadasi quduqlarda ochiq favvoralar yoki neft-gaz ko‘rinishlari hosil bo‘lishining oldini olish va bunday holatlar sodir bo‘lganda harakat qoidalari bo‘yicha ko‘rsatma bilan ta’minlanishi hamda brigadaning barcha ishchilari bunday holatlarda amalga oshiriladigan ishlar tartibi bo‘yicha уo‘riqnomalardan o‘tgan bo‘lishlari zarur.
    Neft-gaz ko‘rinishlarining yashirin zonasi mavjud bo‘lgan yoki mahsulotli gorizontlarda qayta qidiruv ishlari olib borilganda, gaz va gaz kondensat konlarida, anomal yuqori bosimli konlarda burg‘ulash ishlarini boshlashdan oldin burg‘ulash qurilmasi quyidagi hajmda eritma zaxirasi bilan ta’minlanishi lozim.
    Burg‘ulash qurilmalari uchun belgilangan eritma zaxirasi
    4.3-jadval

    Burg‘ulash qurilmasining turi

    Eritma zaxirasi, m3

    Sig‘imlar soni, dona

    BU-50 dan BU-80 gacha

    120

    2

    BU-125 dan
    BU-160 gacha

    240

    4

    BU-200 dan
    BU-250 gacha

    360

    6

    Quduqqa konduktor yoki oraliq quvur tushurilgach quduq og‘zi «preventer» qurilmasi bilan jihozlanishi lozim. Qish vaqtlari preventerlar isitilishi kerak. Quduq og‘ziga o‘rnatilgan preventer qurilmasining «plashka»si burg‘ulash quvurining diametriga mos kelishi zarur.
    Preventer qurilmalarining holati va ish muddatiga bog‘liq holda quduqlarga o‘rnatilishidan oldin tekshirilishi va sinalishi kerak.
    Preventerlarni sinash bosimi (Rpr) uning ishchi bosimiga (Rr) bog‘liq holda quyidagicha tanlanadi:
    Korpus detallarini mustahkamligi Rpr < 700 Pa/sm2 bo‘lganda – barcha o‘lchamdagi preventerlar uchun (o‘tish oralig‘i diametri 425 va 500 mm. li preventerlardan tashqari), Ppr = 2Pr.
    O‘tish oralig‘i diametri 425 va 520 mm li preventlar uchun Ppr = 1,5Рг.
    Preventer ulagichlarining germetikligini sinash uchun Ppr =Рг.
    Sinash natijalari qurilma pasportiga yozilishi va dalolatnoma bilan hujjatlashtirishi kerak.
    Quduq og‘ziga preventarlar o‘rnatilgach, ular ushbu quvur uchun ruxsat etilgan, lekin preventerning ishchi bosimidan ortiq bo‘lmagan bosimda sinab ko‘riladi. Sinash natijalari dalolatnoma bilan hujjatlashtiriladi.
    Preventerlarni boshqarish pulti quduq og‘zidan 10 m uzoqlikda o‘rnatiladi, yordamchi boshqarish pult esa burg‘ulovchining oldida joylashtiriladi.
    Burg‘ ulash, masteri kamida har haftada bir marta quduqqa o‘rnatilgan preventerlarni tekshirib turishi va tekshirish natijalarini qurilmaning texnik holatini qayd qilish jurnaliga yozib borishi lozim.
    Adabiyotlar:

    1. O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 1993 y.

    2. V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.

    3. O. Qudratov, T. G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.

    4. H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.

    5. O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.

    Download 81 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quduqlarda neft-gaz ko‘rinishlari va ochiq favvoralar hosil bo‘lishining oldini olish

    Download 81 Kb.