• Modulli o‘qitishni loyihalashtirish.
  • Modulli o‘qitish
  • An’anaviy o‘qitish texnologiyasiga asoslangan Modulli o‘qitish texnologiyasiga asoslangan
  • Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi
  • Qo`qon davlat pedagogika Instituti fizika-matematika fakulteti Informatika o`qitish metodikasi 401-gurux talabasi Sobirov Muhammadjonning Informatikani O`qitishni loyihalashtirish fanidan Tayyorlagan taqdimoti




    Download 0.74 Mb.
    Sana09.01.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #37853

    Qo`qon davlat pedagogika Instituti fizika-matematika fakulteti Informatika o`qitish metodikasi 401-gurux talabasi Sobirov Muhammadjonning Informatikani O`qitishni loyihalashtirish fanidan Tayyorlagan taqdimoti


    Informatika ta’limida hamkorlikda va modulli o‘qitishni loyihalashtirish

    Modulli o‘qitishni loyihalashtirish.


    Informatika ta’limida hamkorlikda o‘qitishni loyihalashtirish
    Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish yo‘llariumumiy (frontal), guruhli, yakka tartibli.
    Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish shakllari:  Ommaviy ish (frontal) - barcha ta’lim oluvchilar oldiga bir xil topshiriq bajarish maqsadi qo‘yiladi.
     Jamoaviy ish (kollektiv) - ham umumiy va guruhliga taalluqli bo‘lishi mumkin:
    1) oldinda turgan ish rejasini hamkorlikda muhokama qilish;
    2) majburiyatlarni bo‘lish, hisobot shaklini tanlash;
    3) xulosalarni muhokama qilish (tartib bilan alohida ta’lim oluvchilar fikrlari tingladi va muhokama qilinadi);
    4) ma’qul xulosalarni shakllantirish (umumiy kelishuv bilan).  Guruhli - kichik guruhlarda hamkorlikda bir topshiriqni bajarish.  Yakka tartibli (individual) - o‘quv topshirig‘ini yakka o‘zi bajarishi
    Modulli o‘qitish
    Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi
    Modulli o‘qitish texnologiyasining an’anaviy o‘qitishdan farqli xususiyatlarini quyidagi jadvalda keltirdik.

    An’anaviy o‘qitish texnologiyasiga asoslangan

    Modulli o‘qitish texnologiyasiga asoslangan

    -Bir tomonga yo‘naltirilgan axborot.
    -Bir tomonlama muloqot (darslik→ o‘qituvchi→talabalar)
    -Axborot olish
    -Xotirada saqlash
    -Ma’nosini tushunmagan holda mexanik tarzda yodlash.

    -Fikrlash va amaliy faoliyat orqali tahsil olishda faol ishtirok etishni rag‘batlantirish. -Ikki tomonlama muloqot
    -Tahlil qilish orqali ma’lumotni eslab qolish -Bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish
    -Mazmunni tushunish va hayotga bog‘lash.

    Modulli o‘qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq:
    -ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
    - malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi darajasi - tinglovchilar tayyorgarligi darajasiga; - kutiladigan natijalar bahosiga; - didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
    - modullar natijasi va tahliliga. Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi.
    Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
    - o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
    -o‘qitishni individuallashtirish;
    -o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;
    - o‘qitishni jadallashtirish;
    - fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
    Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar tinglovchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak. Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin: muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o‘quv o‘yinlar va loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazo.
    O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi: fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta’minlanishi, har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi, fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi, tinglovchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi, tinglovchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim tinglovchilarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin), axborotni «siqib» berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.
    Buning natijasida tinglovchi etarli bilimlarga va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim. O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog‘liqligi shu modulni o‘rganishdagi tinglovchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.
    Download 0.74 Mb.




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo`qon davlat pedagogika Instituti fizika-matematika fakulteti Informatika o`qitish metodikasi 401-gurux talabasi Sobirov Muhammadjonning Informatikani O`qitishni loyihalashtirish fanidan Tayyorlagan taqdimoti

    Download 0.74 Mb.