• Taqrizchi: I.M.Siddiqov
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasi assistent-o‘qituvchisi, Phd xakimova Yoqutxon Toxirjon qizining “Ta’lim jarayonida virtual texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi ilmiy maqolasiga taqriz




    Download 15,81 Kb.
    Sana12.12.2023
    Hajmi15,81 Kb.
    #116404
    Bog'liq
    Тақриз Хакимова маколасига


    Qo‘qon davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasi
    assistent-o‘qituvchisi, PhD Xakimova Yoqutxon Toxirjon qizining “Ta’lim jarayonida virtual texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi ilmiy maqolasiga
    TAQRIZ

    Bugungi kunda dunyo bo’ylab axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan birgalikda virtual texnologiyalarning ikki turi: virtual haqiqat (VR) va kengaytirilgan haqiqat (AR) ham jadal suratlar bilan rivojlanib kelmoqda. Virtual texnologiyalar turli sohalarda qo‘llaniladi va bu texnologiyaning imkoniyatlari anchagina keng ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Virtual ta’lim nafaqat masofaviy, telekommunikatsiya ta’limi balki, “obyektlar va subyektlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayoni va natijasidir”. Virtual ta’lim muhiti o‘quv jarayoni qatnashchilarini o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun turli ta’lim manbalariga kirishga imkon beradigan, ochiq, kompyuterli muhit hisoblanadi. Virtual ta’lim muhitida virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi. Virtual texnologiyalar maktabgacha ta’limdan tortib, maktab, kollej, universitet va tadqiqotchilar bo‘lgan deyarli barcha ta'lim darajalarini qamrab olishi mumkin. VR va o‘rganish o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘plab afzalliklarga ega. Masalan, tushunish qobiliyatini oshirish yoki xato qilishdan qo‘rqmasdan o‘rganish tajribasini maksimal darajada oshirish uchun talabalarni real muhitga olib kirish qobiliyatiga amaliy yordam beradi. Tibbiyot sohasida virtual texnologiyalar jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan to‘liq interaktiv “bemorlarni” yaratish imkonini beradi. VR bemorlarga insult yoki bosh jarohatidan keyin muvozanat va harakatchanlik muammolarini yengishga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, virtual texnologiyalardan foydalangan holda reabilitatsiya an’anaviy variantlarga qaraganda tezroq yaxshilanishga olib keladi.


    Maqolada virtual texnologiyalarning turli sohalarda qo‘llanish imkoniyatlari sodda va ravon tilda yoritib berilgan.
    Mazkur maqola ilmiy maqolalarga qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya qilingan holda tayyorlangan. Maqolada o‘rganilgan muammolar aktual ekanligini hisobga olib, ularni shu yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarga yetkazish maqsadga muvofiq deb hisoblayman va uni ilmiy jurnallarda nashr etishga tavsiya qilaman.
    Taqrizchi: I.M.Siddiqov, dotsent,
    texnika fanlari nomzodi
    Download 15,81 Kb.




    Download 15,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘qon davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasi assistent-o‘qituvchisi, Phd xakimova Yoqutxon Toxirjon qizining “Ta’lim jarayonida virtual texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi ilmiy maqolasiga taqriz

    Download 15,81 Kb.