• «Pedagogik texnologiya»
  • tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir materiallarni yig‘ish;
  • E`TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
  • Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti




    Download 1,22 Mb.
    bet2/2
    Sana31.05.2024
    Hajmi1,22 Mb.
    #258338
    1   2
    Bog'liq
    Baxromova Nigora tarbiya

    Tarbiyaviy jarayon, tarbiyachi yoki tarbiyaning texnik va boshqa vositalari, ta’lim-tarbiyaning shakl-usullari tarbiya texnologiyasi deb ataladi. Pedagogik amaliyotda tarbiya texnologiyasi yordamida aniq ifodalangan tarbiyaviy vazifani tarbiyalanuvchi o‘zlashtirib, egallab oladi. Tarbiyachi boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik rolini bajaradi.

    Oliy ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish talabalar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini kafolatlovchi yondoshuv hisoblanadi. Bizga yaxshi ma’lumki, «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi talim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida kechadigan ta’limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi.

    «Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Biroq so‘nggi yillar mobaynida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagogik faoliyatni uyushtirish jarayonida ulardan foydalanish mavzusida yaratilgan manbalarning deyarli barchasida ta’lim jarayonining texnologiyalashtirish muammosi uchun asosiy ob’ekt tarzida qabul qilinganligining guvohi bo‘ldik.

    Barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondoshuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifadardan biri ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz.


    Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish-aniq maqsadga va ijtimoiy g‘oyaga asoslangan hamda talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik-psixologik faoliyatning tashkiliy texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir. Ta’lim jarayonidan farqli o‘laroq, tarbiya, jarayonini texnologiyalashtirishda ushbu jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, talaba va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi.
    Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalashtirishning asoslari qatoriga:
    • tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir materiallarni yig‘ish;
    • tarbiyaviy tadbirning maqsadi va vazifalarini belgilash;
    • tarbiyaviy tadbirning mazmunini ishlab chiqish;

    4) tarbiyaviy tadbirning shakli, metodlari va vositalarini tanlash;
    5) tarbiyaviy tadbirni tashkil etish va o‘tkazish (davomiyligi) vaqtini belgilash,
    6) tarbiyaviy tadbir ssenariysini ishlab chiqish;
    7) talabalar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, ularning faollik darajalarini norasmiy (talabalarni bu haqida xabardor qilmasdan) baxolash;
    8) loyihani amaliy faoliyatda qo‘llash;
    9) tarbiyaviy tadbirni amaliy jixatidan tashkil etish jarayoni;
    10) tarbiyaviy tadbirning o‘tkazilish holati (samarali yoki samarasiz, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz tashkil etilganligi)ni muxokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish kiradi.
    Oliy o‘quv yurtlari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning aksariyati tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan “Tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘tkazishga majburman” qabilida yondoshib kelganlar. Ularning asosiy e’tibori o‘zlari rahbarlik qilayotgan guruh talabalarini avvaldan tayyorlangan ssenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdek, “Oliy maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza bo‘lib qolishga yo‘l qo‘ymaslik” tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga qaratilgan edi.

    E`TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!


    Tayyrorladi: Baxromova Nigora
    Download 1,22 Mb.
    1   2




    Download 1,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti

    Download 1,22 Mb.