|
Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti
|
bet | 1/2 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #258338 |
Bog'liq Baxromova Nigora tarbiya Pedagogika fakulteti
Tayyrorladi: Baxromova Nigora
MAVZU: Zamonaviy sharoitda tarbiyaviy jarayonlar va uni tashkil etish yo'llari Tarbiyalanayotgan barkamol avlodda ya’ni bo‘lajak mutaxassislarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Talabalarning ma’naviy-axloqiy shakllanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va biri ikkinchisini taqozo qiladigan yaxlit ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning aniq va mukammal tizimi, yaxlit tizimli yondashuvgina ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlayvermaslikka, talabaga nisbatan biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydigan qarama-qarshi ta’sirlarning oldini olishga, bo‘lajak mutaxassislarga bir xil talablar qo‘yish va yaxlitlik bilan ta’sir o‘tkazishga imkon beradi. Shuningdek davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev “Agar mendan sizni nima qiynaydi deb so’rasangiz , farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman ” degan oltinga teng fikrlarni aytib o’tganlar. Tarbiyaning maqsadi - ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanishi, yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayonidir. Tarbiya jarayoni yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirshga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxsni, yuksak ma’naviy-axloqli, yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassisni tarbiyalash maqsadi ta’lim-tarbiya ishlarining mazmunini belgilaydi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni tarbiyaviy vazifa shaklida ifodalanadi, aniqlanadi.
|
| |