|
Qo‘qon davlat pedagogika instituti ta‘limda axborot texnalogiyalari magistranti raqamli texnalogiyalari fani. Mavzu
|
bet | 5/9 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 26 Kb. | | #125413 |
Bog'liq Qo‘qon davlat pedagogika instituti ta‘limda axborot texnalogiyal-fayllar.org— Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izchil rivojlanishining muhim omillaridan biri ham bozor ishtirokchilariga munosib sharoitlar yaratib berishdir. Hozirgi kunda AKT sohasi tadbirkorlari uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
— Bugungi kunda soha mutaxassislariga sharoit yaratish, IT tadbirkorlikni, ayniqsa, AKT sohasida startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki barpo etildi. Ayni paytda to‘rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan 392 ta tashkilot IT-parkning rezidentlari hisoblanadi.
Mazkur parkda zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi hamda ofis maydonlari mavjud. Texnopark rezidentlariga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham belgilangan. Bunday muvaffaqiyatli tajriba yurtimizning boshqa hududlarida ham texnoparklarni ochishga turtki bo‘ldi. 2020–2024 yillarda mamlakatimizning 14 ta hududida, birinchi navbatda, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shu jumladan, Toshkent shahridagi al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab huzurida IT-park tashkil qilinadi. IT-parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
Andijon (“Digital city” texnoparki), Farg‘ona (IT-park Marg‘ilon filiali) Sirdaryo (IT-park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanishga topshirilib, Andijon filialida 10 ta rezident va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda. Shulardan biri 30 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda. Texnopark rezidentlari tomonidan joriy etilishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini kengaytirish, raqamli ta’lim markazlarini hududlarda keng tashkil etish, texnopark rezidentlarini jalb qilish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini tatbiq qilish shular jumlasiga kiradi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, mahaliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar sonini ko‘paytirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat idoralariga qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan shartnomalarni IT-park rezidentlari o‘rtasida tanlov asosida imzolash huquqi berilgani iste’dodli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, ularni yangi-yangi g‘oyalarga ruhlantiradi.
|
| |