|
Qo‘qon davlat pedagogika instituti ta‘limda axborot texnalogiyalari magistranti raqamli texnalogiyalari fani. Mavzu
|
bet | 8/9 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 26 Kb. | | #125413 |
Bog'liq Qo‘qon davlat pedagogika instituti ta‘limda axborot texnalogiyal-fayllar.orgKeng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o‘zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o‘rganishga jalb qilish maqsadida vazirligimiz tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Keng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o‘zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o‘rganishga jalb qilish maqsadida vazirligimiz tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, uzbekcoders.uz portali orqali 2020/2021 o‘quv yilida 2,1 mingdan ortiq maktabning 47 mingdan ziyod o‘quvchisini, 44 ta oliy ta’lim muassasasining 54 mingdan ortiq talabasini o‘qitish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishlarning mutaxassislik fanlari hamda umumta’lim maktablarining informatika fani dasturlariga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi dasturlash yo‘nalishlari mavzularini kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab aholi va yoshlar uchun raqamli texnologiya o‘quv markazlari tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazini ochish rejalashtirilmoqda. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
Muhim yangiliklardan yana biri, endi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi IT-parkning tumanlardagi filiallari tomonidan har bir tuman va shaharda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi 200 dan ortiq shahar va tumanda bittadan maktab tanlab olinib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashtiriladi. Ushbu maktablar tuman va shaharlardagi boshqa maktablar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch baza vazifasini o‘taydi. Informatika o‘qituvchilarining malakasini oshirish, hamkorlikda yangi loyihalar ustida ish borishni yo‘lga qo‘yadi.
Muhim yangiliklardan yana biri, endi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi IT-parkning tumanlardagi filiallari tomonidan har bir tuman va shaharda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi
|
| |