|
Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 4-”v” buxgalteriya hisobi V audit guruh talabasi Maxmudova Feruzaxonning Soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi fanidan tayyorlagan slaydi
|
bet | 1/3 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #105963 |
Bog'liq Soliq va majburiy to\'lovlar Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 4-”v” buxgalteriya hisobi v audit guruh talabasi Maxmudova Feruzaxonning Soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi fanidan tayyorlagan slaydi Reja: 1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilish hamda samaradorligini oshirish. 2. Soliq solish obyekti, bazasi va soliq stavkalari, shuningdek soliq bo‘yicha imtiyozlar. 3. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va to’lash muddatlari. O‘zbekiston sharoitida suv qadrli hisoblanadi. Chunki, respublikamizda qishloq xo‘jaligi asosan sug‘oriladigan yerlardan iborat. Suv har qanday davlat uchun asosiy boylik hisoblanadi. 1982-yildan 1998-yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalar «suv uchun to‘lov» to‘lashar edi. Iste’molchilarning suvdan samarali, tejab foydalanish maqsadida Respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda, O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra 1998-yil 1-yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika budjetining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi Bugungi kunda suvni tejaydigan texnologiyalar qamrab olgan maydon, sug‘oriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib, buning hisobiga 2022-yilda 3 mlrd kub metr suv ekanom qilindi hamda 830 ming gektar joy takroriy ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirildi. Prognoz ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil vegetatsiya davrida suv resurslari hajmi ko‘p yillik me’yorga nisbatan Sirdaryo havzasida 10 — 15 foizga, Amudaryo havzasida 15 — 20 foizga kam bo‘lishi kutilmoqda. Yerusti va yerosti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyekti hisoblanadi. Yerusti manbalariga daryolar, ko‘llar, suv omborlari, yer yuzasidagi boshqa havzalar va suv manbalari, turli xil kanal va hovuzlar kiradi. Yerosti manbalariga artezian quduqlar va skvajinalar, vertikal va gorizontal zovur tarmog‘i kiradi. Foydalanilgan suv resurslarining hajhajmi soliq solish bazasi hisoblanadi. Suv resurslarining yerusti va yerosti manbalaridan olingan suvlarni suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 4-”v” buxgalteriya hisobi V audit guruh talabasi Maxmudova Feruzaxonning Soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi fanidan tayyorlagan slaydi
|