|
Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 4-”v” buxgalteriya hisobi V audit guruh talabasi Maxmudova Feruzaxonning Soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi fanidan tayyorlagan slaydi
|
bet | 2/3 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #105963 |
Bog'liq Soliq va majburiy to\'lovlar2022-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 05/01/2022 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi ham saqlab qolindi. Soliq stavkalari o‘rtacha 1,1 baravarga, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari (sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va kommunal xo‘jaliklardan tashqari) uchun esa 1,3 baravarga indeksatsiya qilindi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish (o‘stirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkalari saqlab qolindi – 1 м³ uchun 40 so‘m. Soliq bo‘yicha imtiyozlar. Soliq kodeksiga ko‘ra suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod etiladi. Jumladan, nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilarni umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, ikkinchi jahon urushi yillaridagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar. Ushbu imtiyoz savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar tomonidan, dehqon xo‘jaliklari, tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha, amalda olingan soliqqa tortiladigan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. Dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, davlat soliq xizmati organlari tomonidan umuman xo‘jalik bo‘yicha o‘tgan yilda 1 gektar sug‘oriladigan yerga sarflangan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalari,mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) – har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 4-”v” buxgalteriya hisobi V audit guruh talabasi Maxmudova Feruzaxonning Soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi fanidan tayyorlagan slaydi
|