• Tarbiyaviy maqsad
  • Kasbga yo’naltiruvchi maqsad
  • Tayanch atamalar
  • III. Yangi mavzu bayoni.
  • IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .
  • Qorbobo ustaxonasida archa bezagini yasash




    Download 19.17 Kb.
    Sana27.01.2023
    Hajmi19.17 Kb.
    #39818
    Bog'liq
    Qog\'oz va karton bilan ishlash
    texnologiya, 3.Test, 1 Заявка от 26.08.2023 г, biologiya 6, FA.Assi.201. Asliddin Qobilov. 28.11.2022

    Sana: _____________
    Mavzu: “Qorbobo ustaxonasida archa bezagini yasash”
    Maqsad:
    Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qog’ozdan xilma-xil archa o’yinchoq va bezaklarini yasashni o’rgatish;ularni boshqa chet mamlakatlarida yangi yilni nishonlash haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berish;
    Tarbiyaviy maqsad: Guruhlarda ishlash orqali o’quvchilarda o’zaro hurmat,mehnatsevarlik,izlanuvchanlik va do’stona munosabat ruhida tarbiyalash;
    Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda sirkul,qaychi,yelim va andaza asosida ishlash malakalarini,yaratuvchanlik,kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish;
    Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilarni amaliy-dekorativ san’at turlariga oid kasblarga qiziqtirish.
    Dars turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi
    Dars metodi: interfaol suhbat,tushuntirish,munozara,ko’rgazmalilik,guruhlarda ishlash
    Dars jihozi: texnik vositalar,archa o’yinchoqlari,mavzuga oid rasmlar,rasmli tarqatma materiallar,ish qurollari,rangli qog’oz,archa
    Tayanch atamalar: xomashyo,konstruksiya,geometrik shakllar,andaza,sektor

    Darsning borishi.

    T/R

    Bo’limlar

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O`tgan mavzuni mustahkamlash

    5 daqiqa

    3

    Yangi mavzu bayoni

    15 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    5

    O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

    10 daqiqa

    6

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    Jami

    45 daqiqa

    I.Tashkiliy qism. 1. Salomlashish
    2. Davomatni aniqlash
    3.Siyosiy daqiqa
    II .O’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarga izonit texnikasi berilgan topshiriqlar tekshiriladi va quyidagicha savollar beriladi:
    1.Izonit texnikasi bilan yaratilgan tasvirlar qaysi san’at turiga kiradi?
    -Amaliy dekorativ san’at turiga kiradi.
    2.Izonit texnikasida asosan qaysi qoidalariga rioya qilish muhim o’rin tutadi?
    - Burchakni to’ldirish tartibi,doira ichini to’ldirish
    III. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi:
    -Bolajonlar,qaranglar,kimlar mehmonga kelyapti?
    -Qorqiz..
    Qorqiz:
    -Salom bolajonlar! Mana Yangi yil bayramiga ham ozgina vaqt qoldi.Lekin yangi yil archasi hali ham bezatilmagan.Biz archa bezaklari yasash uchun do’stlarim bilan ijodkor,mehnatsevar bolalarni izlab yuribmiz.
    O’qituvchi:
    -Bu yerga kelib juda to’g’ri qilibsizlar.O’quvchilar sizlarga yordam beradilar.
    Qorqiz:
    - Unday bo’lsa,sizlarni Qorbobo ustaxonasiga taklif qilamiz.
    O’qituvchi:
    - Ish boshlashdan oldin guruhlarga bo’linamiz.
    Guruh a’zolari ish qurollaridan foydalanish xavfsizlik qoidalarini aytib o’tadi..
    1-guruh: Qaychi bilan ishlash qoidalari
    2-guruh: Yelim bilan ishlash qoidalari
    3-guruh:Sirkuldan foydalanish qoidalari.


    IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi va ularga amaliy ishlar bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatma materiallar beriladi va ularga javob berishadi.
    V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O’quvchilar darsdagi vazifalarni uyida davom etirib kelishadi
    Download 19.17 Kb.




    Download 19.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qorbobo ustaxonasida archa bezagini yasash

    Download 19.17 Kb.