|
Qurilish fizikasi fanidan kurs loyihaga tushuntirish xati
|
bet | 2/5 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 217,92 Kb. | | #136679 |
Bog'liq 6 QAVAT PANEL UCHUN IZOXNOMADASTLABKI MA`LUMOTLAR:
Olti qavatli ikki seksiyali 24 kvarterali turar-joy binosini loyihalashda quyidagi ma`lumotlar e`tiborga olingan:
Binoni loyihalash ishlari dastavval QMQ 2.01.01-94 LOYIHALASH UCHUN IQLIMIY VA FIZIKAVIY-GEOLOGIK MA’LUMOTLAR, SHNQ 2.08.01-05 Seriya 1.132.1-12s TURAR-JOY BINOLARI me’yoriy hujjatlaridan keng foydalanildi.
Respublikani hududiy zonalarga bo`lish qoidalariga binoan ANDIJON shahri III zonada joylashgan.
Binoning derazalari o’rnatilgan tomonini belgilashda xonalarda quyosh tushib turishi, ularni tabiiy yorug`lik bilan yoritish darajasi, mikroiqlimi ta’minlash, xonalarning changdan, qizib ketishdan, sovuq havo va sovuq shamoldan qolaversa shovqindan himoyalash talablari nazarda tutilgan.
- Xona derazalarining orentatsiyasi ufqning g`arbiy tomoniga chiqarilgan bo’lib bu orentatsiyaning burchagi 200-2900 darajadan oshmagan xolda loyihalangan. Loyihalanayotgan xona ufqqa nisbattan shunday joylashganki yilning 22-martidan 22-sentyabrigacha bo`lgan davrda xonalarga quyosh nurining tushib turish vaqti 2.5 soatdan kam bo’lmaydigan qilib loyihalangan.
- Binoning III-zonada joylashganiga qaramasdan binodagi mikroiqlimni ta’minlash maqsadida bino tevarak atrofida qo’shimcha ko’kalamzorlashtirish ishlari nazarda tutilgan.
- Binoni shovqindan himoyalash maqsadida binoda zamonaviy akfa deraza va eshiklar o’rnatilishi ko’zda tutilgan. Bundan tashqari bino kvartira tipida bo’lganligi sababli qo’shni kvartiralarga shovqin o’tib ketmasligini ta’minlash maqsadida tovush izolyatsiya ishlari ham bajarilishi nazarda tutilgan.
Loyihalayotgan binomiz III- zonada joylashganligini hisobga olib hamda bugungi iqlim o’zgarishlarini hisobga olib, binoning qavat balandligini birinchi qavat polidan ikkinchi qavat poligacha 3,00 m qabul qilingan.
Binodagi asosiy xonalar, yordamchi xonalar, zina marshlari, dahliz va yo’laklarni yoritish uchun me’yoriy hujjatda belgilab qo’yilgan qoidaga toliq amal qilgan holda amalga oshirilgan.
Xonalarni havosini almashtirib hamda shamollatib turish maqsadida derazalarga darcha (framuga) qo`yilgan.
Binoni loyihalash jarayonida yong’in xavfsizligi talablari ham xisobga olingan. Binoni loyilashda bugungi kun talabidan kelib chiqgan holda hamda me’yoriy hujjatga asosan yaxshilangan sinfga moslab loyihalandi. Xonalarning tartibi bo’yicha keltirilgan yuza maydonlari jadval shaklida loyihaning chizma grafika qismida keltirilgan.
Binoda yordamchi xonalar xisoblangan oshxona, vanaxona va xojatxona belgilangan me’yoriy hujjatga asosan hamda sanitary-gigiyenik talablarga mos qilib joylashtirilgan.
- Oshxonada gaz plitasi idish-tovoqni yuvush uchun rakvina o’rnatilishi ko’zda tutilgan;
- Vannaxonada yuvinish vannasi, yuvunish uchun esa qo’l yuvgich o’rnatilishi nazarda tutilgan;
- Hojatxonada unitaz o’rnatilishi nazarda tutilgan.
Binodagi oqova suvlarni chiqib ketishi uchun kanalizatsiya quvurlari o’rnatiladi.
Loyihalanayotgan bino xonadon uchun zarur bo`ladigan ichimlik suvi hamda o`t o`chirish maqsadida foydalaniladigan suv tarmoqlari bilan ta`minlangan, shuningdek markazlashtirilgan tartibda isitish sistemalaridan foydalanib issiq suv ta`minoti yechilgan.
Xonalardagi noxush havolarnichiqarib yuborish maqsadida oshxona, xojatxona, vannaxonalar devorida noxush havoni so’rib chiqarib ketadigan ventalyatsiya (shamollatish) yo`llari o’rnatilgan.
Loyihalayotgan binomiz to’liq elektr tarmog’i bilan jihozlangan. Elektr tarmog`i turkumuga tegishli simlar devor ichiga yotqizib himoya qobig’i ichidan o`tkazilgan bo’lib, xonalarda razetkalarni 6 m2 ga bitta to`g`ri keladigan qilib o’rnatilishi ko’zda tutilgan bu rezetkalar 10A tokka mo`ljallagan. Yo’laklarda esa 10 m2 bitta to`g`ri keladigan 6A tokka mo`ljallagan rezetka o`rnatilishi, oshxonaga esa 6A tokka mo`ljallagan to`rtta rezetka o`rnatilishi ko’zda tutilgan. Yordamchi xonalarda ham kirish joyida ham rezetka o`rnatilishi ko’zda tutilgan. Binodagi barcha xonalar tungi yoritish chiroqlari bilan jixozlanadi.
|
| |