Sementni ishlab chiqishga fosfogipsdan kompleks foydalanish




Download 0,81 Mb.
bet6/7
Sana22.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#160913
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qurilish qorishmalari texnologiyasi (1)

6. Sementni ishlab chiqishga fosfogipsdan kompleks foydalanish
Sement sanoatida sementni ushlab qolish muddati regulyatori sifatida yiliga 250-300 ming tonna miqdorida ishlab chiqariladigan tabiiy gips toshidan foydalaniladi. Tabiiy gipsni qazib chiqarish va yanchish mehnattalab ish va ma'lum mablag'larni talab etadi.
Fosfogips sement ishlab chiqarishda unga qo'shimchalarni –8-15% namlikkaga namlashtirilgan sanoat chiqindilarini qo'shish, aralashtirish va bir hafta mobaynida saqlash orqali modifikatsiyalashtiriladi. Bir hafta saqlangan massani sementni aralashtirish jarayonida uni ushlab qolish muddatini regulyatorlash uchun qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin. Shuni qayd etish lozimki, modifikatsiyalash uchun fosfogips 6-15% tabiiy namlikka ega bo'lishi kerak.
Taklif etilayotgan texnologiya sodda bo'lib, murakkab va qimmatbaho qurilmalarni talab etmaydi, chiqindi shaklidagi sement changi chiqishini kamayishiga yordam beradi. Bundan tashqari, tabiiy gipsni yanchish va maydalash jarayonlarining qisqarishi tufayli elektr energiyasi tejaladi.
Modifikatsiyalangan fosfogipsdan sementni ushlab qolish muddatining regulyatori sifatida foydalanish orqali 10% gacha yuqori aktivlikka ega “400” va “500” markali sementni ishlab chiqishni tashkil etish imkonini beradi
“Ohangarontsement” AJ va “Bekobodtsement” AJ uchun yiliga 150 ming tonna hajmda modifikatsiyalangan sement talab etiladi, “Qizilqumtsement” OAJ va “Quvasoytsement” AJ uchun esa yiliga talab 150-170 ming tonnani tashkil etadi.
Mazkur ishning maqsadi fodifikatsiyalangan fosfogips ishlab chiqarishning ilmiy asoslangan texnologiyasini va sement ishlab chiqarishda fosfogipsdan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish hamda uni Ohangaron sement zavodida joriy etishdan iborat.

Sement ishlab chiqarishda fosfogipsdan foydalanish bo'yicha avval taklif etilgan usullar qo'shimchalardan foydalangan holda fosfogipsni modifikatsiyalashni ko'zda tutmaydi. Fosfogipsning tarkibida bog'lanmagan fosfor kislotasi mavjud va u kislotali muhitga ega, bu esa sement sifatini yomonlashtiradi. Shuning uchun undan foydalanilmaydi.
Fosfogipsni modifikatsiyalash texnologiyasi va undan sement ishlab chiqarishda foydalanish bo'yicha taklifga respublika idorasidan patenti olingan. Taklif etilgan usul yiriklashtirilgan laboratoriya sharoitida sinovdan o'tkazilgan.
Sement zavodlarida fosfogipsdan foydalanish bo'yicha taklif etilgan usulni qo'llash fosfor o'g'itlari zavodlari atrofidagi (Olmaliq va Samarqand shaharlari) ekologik muammoni hal etish, shuningdek sement changini utilizatsiya va kamaytirish orqali sement zavodlari atrofidagi ekologik holatni yaxshilash imkonini beradi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
- Fosfogipsni modifikatsiyalashning optimal texnologik ko'rsatkichlari aniqlandi, sement ishlab chiqarishda undan foydalanishning texnologik jadvali ishlab chiqildi.
- “Ohangarontsement” AJda yiliga 100 ming tonna atrofida fosfogipsdan foydalanish, keyinchalik esa “Bekobodtsement” AJ, “Qizilqumtsement” OAJda va “Quvasoy” AJ da 150-200 ming tonnadan ortiq miqdorda foydalanish bo'yicha kerakli ilmiy-texnikaviy hujjat tayyorlandi. Olmaliq, Samarqand, Ohangaron xududlarida ekologik holat yaxshilanadi.


Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sementni ishlab chiqishga fosfogipsdan kompleks foydalanish

Download 0,81 Mb.