• Jo`raqulov Jasur Javhar o`g`li BuxDU fizika-matematika fakulteti 2 – bosqich magistri
  • Quv jarayonida moodle tizimining imkoniyatlari va afzalliklari




    Download 347,73 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana16.02.2024
    Hajmi347,73 Kb.
    #157526
      1   2
    Bog'liq
    2324 1 82BE885E2132A88FF0BB0E11A2691D1496A84BD5



    O`QUV JARAYONIDA MOODLE TIZIMINING IMKONIYATLARI 
    VA AFZALLIKLARI 
     
    Sayidova Nazokat Sayfullayevna
     BuxDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, fiz.-mat.fan.nomz. 
    Jo`raqulov Jasur Javhar o`g`li
    BuxDU fizika-matematika fakulteti 2 – bosqich magistri 
     
    Ta`lim sifatidan qoniqmaslik turli sabablarga ko`ra bo`lishi mumkin. Buning 
    dastlabki va asosiy sababi pedagog kadrlarni internet texnologiyalari va masofaviy 
    ta`limdan foydalanib ta`lim berish sifatini yaxshilashdadir. Aynan hozirgi kun 
    ta`lim tizimi faoliyatini yaxlitligiga va uning har bir bo`laklarini alohida holdagi 
    samaradorligini belgilaydi. Bizning mamlakatimiz ta`lim tizimi ham boshqa 
    rivojlangan davlatlar ta`lim tizimidan qolishmagan holda yuksalib bormoqda. 
    Ilgarilari masofadan o`qitish yoki ma`lumot almashish qiyin vazifadek ko`ringan 
    bo`lsada, bugungi kunga kelib u hayotimizning barcha sohalariga tadbiq 
    qilinmoqda va uning ajralmas bir bo`lagi bo`lib qolgan. 
    Masofaviy ta`lim tizimida elektron universitetlarni tashkil etish, ularni 
    masofadan boshqarish, on-line va off-line o`qitish tizimida Tyutorlarni 
    shakllantirish hamda ularga ish faoliyatini olib borishlarini ta`minlash uchun bir 
    qancha dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Bular: Ucoz sayt yaratuvchi 
    konstruktorlari, Claroline, Moodle masofaviy ta`lim platformasi, OpenACS 
    masofaviy ta`lim platformasi, Sakai masofaviy ta`lim platformasi, 
    e-Learning 
    Server 
    masofaviy ta`lim platformasi

    Atutor masofaviy ta`lim platformasi kabi 
    erkin va ochiq kodli dasturiy vositalarni misol qilishimiz mumkin. 
    Bu dasturlar yordamida har bir masofaviy ta`lim professor-o`qituvchisi ya`ni 
    Tyutor o`zining elektron kabinetini yaratadi, shu yerda har bir talaba o`z xoxishiga 
    ko`ra ro`yxatdan o`tadilar va o`zlari tanlagan professor-o`qituvchidan (Tyutordan) 
    Online va Offline tarzda bilimlarini oshiradilar va tahsil oladilar. 
    Yuqoridagi 
    fikrlardan 
    ko`rinib 
    turibdiki 
    axborot 
    kommunikatsiya 
    texnologiyalari (AKT) ning rivojlanishida yetuk mutaxassislarning roli va o`rni 
    beqiyosdir. Bunday kadrlarni tayyorlashda masofaviy ta`lim texnologiyalariga oid 
    fanlar va ularni o`qitishning samaradorligini oshirish bugunning dolzarb 
    masalalaridan biridir. Biz hozirgi kunlarda Buxoro davlat universiteti “Axborot 
    texnologiyalari” kafedrasida “Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili” yo`nalishi 
    talabalariga o`qitilayotgan “Axborot texnologiyalari” fanining o`quv modullarini 
    joylashtirish uning imkoniyat va afzalliklari ustida ilmiy-amaliy ishlarni bajarib 
    kelmoqdamiz. Avvalo mavzuning nazariy masalalar va tashkiliy xarakterga ega 
    bo`lgan hujjatlarni o`rganish, shu bilan birga oliy ta`lim muasasalarida “Moodle 
    tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusinining mazmun mohiyatini o`rganish 
    hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etishni ustida ishlamoqdamiz. Bunda biz 
    avvalo shu ish uchun muhim bo`lgan adabiyotlar masalan: N.N. Azizxo‘jaevaning 
    “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmalarini, 
    F.M. Zakirovaning “Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini 
    yaratish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmani, A.M. Anisimovning “MOODLE 



    masofaviy o’qitish tizimida ishlash” nomli o’quv qo’llanmalarini, L.V. Golish va 
    D.M. Fayzullayevalarning “Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va
    rejalashtirish” 
    nomli o’quv uslubiy qo’llanmalarini, F. Zakirova, U. 
    Muxamedxanov, Sh. Sharipov, R. Isyanov, F. Esanboboyev, S. Dottoyevlarning 
    “Elektron o’quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi” 
    nomli metodik qo’llanmalarini internet orqali muhim ma`lumotlar bilan tanishdik 
    va tahlil qilib chiqdik. Shundan so`ng oldimizga quyidagilarni maqsad qilib oldik: 
    - “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusini taraqqiyotining ustivor 
    yo`nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish; 
    - “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi yordamida o`qitishda 
    innovatsion ta`lim texnologiyalari va ilg`or xorijiy tajribalardan foydalanish 
    yo`llarini yoritish; 
    - “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusidan o`quv moduli 
    ishlanmasini tayyorlash; 
    - Oliy ta`lim muassasalarida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” 
    mavzusi orqali o`qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar 
    ishlab chiqish. 
    Moodle  – bu o`qituvchilar tomonidan online-kurslarni yaratish uchun 
    maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content
    Management System - CMS) dir. Uni ko`pincha E-learning tizimlarni
    o`qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki
    virtual o`qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham 
    atashadi.
    Moodle avtori - Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va 
    Education mutaxassisligi kursini tugatgandan keyin, u "The use of Open Source 
    software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning 
    within 
    Internet-based 
    communities 
    of 
    reflective 
    inquiry" 
    mavzusidagi 
    dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo`llash orqali ta`limni 
    qo`llab – quvvatlash platformasini yaratish g`oyasi unda 1999 yilda Curtin 
    University (Avstraliya) Universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash 
    tajribalaridan kelib chiqdi. Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua funksional
    imkoniyatlarini o`rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan electron
    o`qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko`pgina talablarini qanoatlantiradi.
    Moodle masofaviy sohada o`qitish jarayonini to`la qo`llab-quvvatlash uchun keng 
    doiradagi imkoniyatlarni beradi – o`quv materiallarini turli usullarda berish, 
    bilimlarni tekshirish va o`zlashtirish nazorati hozirda Moodle tizimini dunyoning 
    ulkan universitetlari o`qitish uchun ishlatishmoqda.
    Moodle (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) GPL litsenziyasi ostida 
    (http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) ochiq joriy kodi bilan 
    dasturiy ta`minot kabi tarqalmoqda. Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o`zgartirishlar 
    kiritish, yaxshilash, modifikatsiyalash uchun http://www.moodle.org manzil 
    bo`yicha kirish mumkin Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo‘yicha 
    qo‘shimcha axborotlarni http://thinkingdistance.org/ manzil bo‘yicha olish 
    mumkin. 



    Moodle so`zi – bu - Modular Object - Oriented Dynamic Learning 
    Environment‖ so`zining abbreviaturasidir. Rus tilida – Мудл va – Моодус 
    (Модулная объектно-ориентированная динамическая управляюшая среда) 
    nomlari ham qo`llaniladi. Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, 
    Netware peratsion tizimlari va PHP ishlatilishi mumkin bo`lgan ixtiyoriy boshqa 
    tizimlarga ham modifikatsiyalarsiz qo`llanilishi mumkin. Ma`lumotlar MySQL va 
    PostgreSQL ma`lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma`lumotlar bazasini 
    boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin. Moodle oson vositalar 
    yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o`tishda qiyinchiliklar va 
    yangilanishlar kelib chiqmaydi. Moodle MO`T ning yangi versiyasini 
    http://www.moodle.org dan olish mumkin.
     
    Hozirgi vaqtda yoshlarga ta`lim-tarbiya berishda zamonaviy axborot 
    texnologiyalaridan unumli foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Yangidan qurib 
    ishga tushirilgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, qayta rekonstruksiya 
    qilinayotgan oliy talim muasasalar ularning jahon andozalari darajasida axborot 
    kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanishi hamda barcha fanlarni 
    zamonaviy kompiyuterlardan foydalanib mashg`ulotlar o`tishda professor- 
    o`qituvchilarning professional tayyorgarligi yuksak darajada bo`lishini taqazo 
    etadi. 
    Bugungi, axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, 
    har bir tashkilotning internet tarmog`ida “virtual yuzi” bo`lish zarurati 
    tug`ilmoqda, ayniqsa ta`lim muassasalarida virtual universitetlarni rivojlanishi 
    tyutorlikka ya`ni masofaviy ta`lim o`qituvchisiga bo`lgan talabning ko`payishi 
    natijasida ta`limiy web saytlarni yaratish bugungi kunnnig dolzarb muammolari 
    hisoblanadi. Web – sayt hozirgi kunda juda ko`p vazifalarni hal qilmoqda, taklif 
    qog`ozchasiga aylanib bormoqda, ta`lim funksiyalarini amalga oshirmoqda va 
    yangi foydalanuvchi yoki mijozlarni jalb qilmoqda. Bugungi kunda juda ko`p 
    ta`lim saytlari mavjud. Lekin ta`limiy web – saytni yaratish va uni internet 
    tarmog`iga joylashtirish bilan ta`limiy web – sayt ustida ishlar yakunlanmagan 
    bo`ladi. Foydalanuvchi talabiga javob bermaydigan ta`limiy saytning ichki tarkibi 
    – bugungi kunda keng tarqalgan muammolardan biri. Bu mavzu juda ko`p 
    izlanishlarda yoritilgan ham. 
    “BuxDU virtual ta`lim muhiti” masofaviy ta`lim tizimi talabalarni masofadan 
    turib o`qitish mo`ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy 
    joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o`qishi, o`qituvchidan 
    vazifa va takliflar olishi mumkin. O`qituvchi, doimiy ravishda resurslarni yangilab 
    turishi va o`quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib 
    turishi mumkin. Vazifalar o`qituvchi tuzgan testlar yordamida yoki laboratoriya 
    ishlari turi bilan berilib boriladi. Plaformada ishlash sodda bo`lib jahon 
    standarlariga javob beradi. 
    Hozirgi kunda bir qancha ta`limiy web sayt yaratuvch dasturlar mavjud. 
    Ulardan LMS tizimlari bo`lib, bizning ishimizda o`quv jarayonini boshqarishda 
    ushbu tizimlar yordamidan foydalanish va bu orqali qanday qilib masofaviy 
    ta`limning ajramas qismi bo`lgan o`quv modullarini tashkil etish yuzasidan 
    tavsiyalar berish bo`lib bu borada biz elektron uslubiy qo`llanmani tayyorlashga 



    erishdik.
    Bundan tashqari ishimizning nazariy qismini amaliy sohasi tahlil qilingan va 
    ulardan eng ommaviysi hisoblanadigan Moodle platformasidan foydalanib o`quv 
    jarayonini boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni yechishga qaratilgan.
    Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida “Moodle tizimi va uning 
    imkoniyatlari” mavzusi taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlari va “Moodle tizimi va 
    uning imkoniyatlari” mavzusini o`qitishda innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalar 
    tahlilining nazariy asoslari yoritib berilgan. Ikkinchi bobida “Moodle tizimi va 
    uning imkoniyatlari” mavzusi o`quv moduli ishlanmasi keys to`plami, amaliy 
    topshiriqlar ishlab chiqilgan. Bunda asosan dars jarayonida qo`llash uchun 
    vaziyatli rolli - o`yin uslubi bo`yicha mustaqil ishlar uchun keys-vazifalar 
    keltirilgan bo`lib, bu esa o`z navbatida mavzuni talabalar tomonidan yanada yaxshi 
    o`zlashtirilishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari mavzu yuzasidan nazorat savollari 
    test savollari tuzildi va pedagogik amaliyot vaqtida dars jarayoniga qo`llandi va 
    aniq natijalarga erishildi. 
    Shu bilan bir qatorda mavzuga oid amaliy topshiriqlar ishlab chiqildi va bu 
    topshiriqlar asosida o`tkazilgan ochiq darsda talabalarga bir qator vazifalar berildi. 
    Talabalar bu ishlab chiqilgan topshiriqlardan foydalanib, mustaqil o`zlari 
    berilgan vazifalarni bajarishlari mumkin. 
    Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda bu magistrlik dissertatsiya 
    ishimizda ta`limiy web – sayt tushunchasining asl mohiyati va ularning 
    klassifikatsiyasi, LMS tizimlari boshqaruv tushunchasi va yaratish bosqichlari 
    tahlili, saytni keyinchalik “aylantirish” va rivojlantirishni o`rganish kabi oldimizga 
    qo`yilgan vazifalar hal qilindi. Mavzuni yoritishda ilg`or pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanildi.

    Download 347,73 Kb.
      1   2




    Download 347,73 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quv jarayonida moodle tizimining imkoniyatlari va afzalliklari

    Download 347,73 Kb.
    Pdf ko'rish