Axborot xavfsizligini ta’minlash zarurati




Download 8,17 Mb.
bet86/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Axborot xavfsizligini ta’minlash zarurati

Multiservisli aloqa tarmoqlarini yaratishda, axborot uzatishni turli vositalarini qo‘llab va turli abonent terminallari yordamida yuqori sifatli axborot almashishni ta’minlovchi funksiyalarning zarur to‘plamini kiritadi. Axborot almashishni tashkil etishda xatoliklar yuz berishi ehtimoli mavjud, ularning yuzaga kelishi butun tarmoqni va aloxida tarmoqni dasturiy-qurilmali komplekslarini ishlashining samaradorligi, shuningdek aloqa kanallaridagi (liniyalardagi) halaqitli muhit sabab bo‘ladi. Ushbu bo‘limda bunday xatoliklardan himoyalanish choralari ko‘rib chiqilmaydi. Lekin, bugungi kunda multiservisli aloqa tarmoqlarining funksional xatoliklari ostiga yashiringan, faol xujum usullari mavjud.


Butun dunyo tarixi shuni ko‘rsatadiki, turli axborotlarni izlash bo‘yicha josuslik faoliyati har qanday davlat siyosatining “asosiy asosi” hisoblanadi. Insonni bilib bo‘lmaydi, bir tomondan - atrof muhit uni, aniq shaxslar tomonidan kirish chegaralangan maxfiy axborotni izlashga jalb etishi mumkin. Boshqa tomondan – har qanday maxfiy axborotning egasi uni begonalar xavfidan saqlashni xoxlaydi. Aynan multiservisli aloqa tarmoqlarini ishlashida va foydalanishda inson omilining mavjudligi, ochiq tizimlar uchun standart vazifalar to‘plamini to‘ldirish zaruratini yuzaga keltiradi, ya’ni multiservisli aloqa tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash vazifasi.
Elektron kommunikatsiya insonlarni yaqinlashtiradi: vaqt va masofa yo‘qoladi. Ya’ni, xalqaro Internet Yerning millionlab aholisini birlashtiradi va juda katta axborotlar soniga ishlov beradi. Shuning uchun Internet, kompyuter josusi sohasidagi mutaxassislar uchun “faoliyat yuritishning keng maydoni” hisoblanadi.
Internet axborotni himoyalash bo‘yicha keng xizmatlar spektrini taqdim etadi. Internet foydalanuvchilari uchun shuni bilish zarurki, AQShda davlat Prezidentining “Jamiyatda shifrlashni boshqarish” (Public Encryption Management) direktivasi mavjud bo‘lib, chiqariluvchi (davlatdan tashqariga) axborotlarni himoyalashni kriptografik vositalari AQShni elektron razvedka tashkilotlari uchun axborotlarni izlashga to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ya’ni, Internetda qo‘llaniladigan axborotni himoyalashning har qanday dasturiy va qurilmali vositalari, AQShning maxsus xizmatlari uchun “shaffof” hisoblanadi.




    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot xavfsizligini ta’minlash zarurati

Download 8,17 Mb.