|
Axborot xavfsizligiga tahdidni amalga oshirish
|
bet | 87/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeAxborot xavfsizligiga tahdidni amalga oshirish
oqibatlariva manbalari
Ko‘pgina rasmiy tashkilotlar tomonidan taklif etiladigan va tavsiya etiladigan multiservisli aloqa tarmoqlarining axborot xavfsizligiga tahdidning zamonaviy modellari, buzg‘unchining xulqini modellashtirish asosida tuzilgan, shuning uchun g‘oyat ulkan va eng asosiysi – o‘xshash emas.
Tahdidlarni va buzg‘unchining xulqini xaddan tashqari batafsil tekshirish yechiladigan masaladan “tashqariga ketish” mumkin. Ya’ni, xech kim oldindan buzg‘unchining xatti-harakatini bashorat eta olmaydi. Bundan tashqari, ko‘pgina xollarda shunday bo‘ladiki, buzg‘unchi qonunga qarshi ish qilmagan inson bo‘lishi mumkin.
Tahdidlar - turlanishi, o‘zgarishi va yangilanishi mumkin, bunday tahdidlar asosida xulqi oldindan aytib bo‘lmaydigan inson yotadi, lekin ularni amalga oshirish va natijaga erishish nuqtai nazaridan, ularning barchasini guruhlarga (turlar) birlashtirish mumkin bo‘lgan oqibatlarga olib keladi.
Internet da axborot xavfsizligi muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tahdidlar oqibatini to‘rtta turini aniqlashgan: ochish, aldash, buzish, qo‘lga olish (tortib olish). Tahdidlarning ta’sir etish oqibati ITS tizimi xafvsizligining buzilishi hisoblanadi (11.1-rasm). Bu tahdidlar oqibatini, shuningdek ITS xavfsizlik tizimini obro‘sizlanishiga sabab hisoblanadigan turli tahdidlar ta’sirining ro‘yxati va mohiyatini ko‘rib chiqamiz. Tahdidiy harakat, tasodifiy xodisa (tabiy xodisa) natijasi hisoblanadi.
“Ochish” (unauthorized disclosure): vaziyat yoki hodisa yordamida sub’ekt kirish mumkin bo‘lmagan qo‘riqlanadigan ma’lumotlarga (maxfiy) kiradi. Keyingi xavfli harakat ruxsatsiz ochishga sabab bo‘lishi mumkin:
1. “Fosh qilish” (exposure): Xavfli harakat tufayli qo‘riqlanadigan ma’lumotlar bevosita su’ektga ma’lum bo‘ladi. U quyidagilardan iborat:
1.1. “G‘arazli fosh qiluvchi” (deliberate exposure): Sub’ektni qo‘riqlanadigan ma’lumotlarga atayin kirishi. Xavfli harakatning bu turi, vijdonsiz qonuniy sub’ektning harakatiga asoslangan, ya’ni g‘arazli yoki jinoiy maqsadlarda boshqa sub’ektga qo‘riqlanadigan ma’lumotlarga ega bo‘lishga ruxsat beradi. Bu inson omilining manfiy ta’siri. Bunday buzg‘unchiliklar bilan kurashish, maxsus tashkillashtirilgan - oldindan aytish va “chetlatishni” aniqlash bo‘yicha texnik tadbirlarni o‘tkazish taxmin qilinadi.
11.1-rasm. Multiservisli aloqa tarmoqlarida xavfsizlikka tahdid manbalari
1.2. “Ma’lumotlar qolganini ko‘rish” (scavenging): Qo‘riqlanadigan ma’lumotlarni ruxsatsiz olish maqsadida, tizimda qolgan kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tadqiq etish. Quyidagi tahdid etish turi kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni (fayllarni) yo‘q qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot xususiyatiga asoslangan, qo‘riqlanadigan ma’lumotlarni yo‘q qilishda, faqatgina ular saqlangan fayl va katalogning nomlanishi o‘zgaradi (modifikatsiyalanadi). Bunday xolatda bu muammoni yechishni ikkita yo‘li mavjud: ma’lumotlarni shifrlangan ko‘rinishda saqlash (shifrlangan ma’lumotlarni yo‘q qilish); faqatgina fayl va kataloglarning sarlavhasini emas, balki barcha yo‘q qilinadigan ma’lumotlarni modifikatsiyalash bo‘yicha maxsus dasturlarni qo‘llash.
1.3. “Insonning xatosi” (human error): Sub’ekt tomonidan qo‘riqlanadigan ma’lumotlarni ruxsatsiz bilishnibeixtiyor o‘z ortidan tortadigan, insonning harakati yoki harakatsizlik faoliyati. Tahdidlarning bu manbai sub’ektning qonuniy xuquqlilik faoliyati bilan bog‘liq (inson omili). U ehtimoliy mohiyatga ega va ataylab qilingan harakat (harakatsiz) hisoblanmaydi. Bunday xolatlarda tizimning o‘zi bunday xatoliklardan himoyalanishning qo‘shimcha (intellektual) me’yorlarini ko‘rib chiqishi kerak.
1.4. “Dasturiy-qurilma xatosi” (hardware/software error): Sub’ekt tomonidan qo‘riqlanadigan ma’lumotlarni ruxsatsiz bilishni beixtiyor o‘z ortidan tortadigan, tizim xatoligi. Xatolikning bu turi, tasodifiylik ko‘rinishi ostida oldindan o‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi yoki tasodifiy tabiatga ega bo‘luvchi, dasturiy-qurilma moslamalardagi noshtatli xolatlar bilan bog‘liq. Bunday turdagi ta’sirlarning halokatli oqibatlarini bartaraf etish uchun tizim avtomatik ravishda o‘zining faoliyatini (barcha tizimli va amaliy jarayonlarni to‘xtatish) to‘xtatishi va “kutish” rejimiga o‘tishi kerak.
|
| |