• Boshqarish va signalizatsiya platformasi
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet84/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Transport platformasi quyidagi sathlarni o‘z ichiga oladi:

    • transport tarmog‘i yadrosi sathi (Core Network, CN), multiservisli transport tarmoqlari texnologiyalari negizida amalga oshiriladigan (hozirgi vaqtda eng ko‘p ishlab chiqilgan ATM, IP/MPLS/all, IP/VLAN/Ethernet texnologiyalari);

    • kirish tarmoqlari sathi (Access Network, AN), hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan kirish texnologiyalari quyidagilar hisoblanadi: xDSL, FTTH, Wi-Fi, Wi-Max, PON. ANda qo‘llaniladigan texnologiyalarning xilma-xilligi quyidagi holatlar tufayli yuzaga kelgan:

    • qo‘llaniladigan uzatish muhitlarining xilma-xilligi bilan (ham yangi, masalan optik, avval kirish tarmoqlarida qo‘llanilmagan ham eski, masalan ko‘p juftlikli telefon kabellari va tor oraliqli simsiz kirish tizimlari);

    • terminallar turlarining xilma-xilligi bilan (avvalgi sodda lekin arzon telefon apparatlaridan to barcha xizmatlarni ta’minlovchi ko‘p funksionalli terminallargacha).

    Boshqarish va signalizatsiya platformasi yangi dasturiy-apparat majmualari negizida amalga oshirilib ularga Softwitch nomi (kommutatsiyani boshqarishning moslashuvchan tizimi) biriktirilgan.
    Serverlar platformasi zarur bo‘lgan xizmatlar to‘plamini ta’minlaydi.
    Hozirgi vaqtda bu platformalar orasidagi o‘zaro ta’sirni moslashuvchan holda sozlashga imkon beruvchi universal ochiq interfeyslar ishlab chiqilgan. 10.6-rasmda transport tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishni tashkil etish sxemasi keltirilgan.



    10.6-rasm. Tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishini tashkil etish sxemasi


    Mavjud tarmoqlarning (PSTN va PLMN) o‘zaro ta’sirlashishi uchun resurslarni MGW shlyuzi taqdim etadi. Chaqiriqlarga ishlov berish jarayonida signalizatsiya protokollarining konvertatsiyasi SGW signalizatsiya shlyuzi tomonidan amalga oshiriladi. Shlyuzlarni boshqarish uchun MGS kontrollerlaridan foydalaniladi.


    Dastlab N.323 tasnifi mahalliy tarmoqlarda videokonferensiyalarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqarilgan edi. Foydalanuvchilararo yoki bir rangli (peer-to-peer) protokolni qo‘llab, intellektual terminalli mijozlar intellektual terminaldan foydalanuvchi boshqa mijozlar bilan ulanishni o‘rnatishlari mumkin edi.
    N.323 ning keyingi versiyalari Gatekeeper Routed Model ni na’zarda tutar edi, unga muvofiq (Gatekeeper) barcha ulanishlarni o‘rnatishda va har bir chaqiriq uchun xizmatlar taqdim etishda faol ishtirok etishi kerak edi. Bunday modelda N.323 bir rangli protokol hisoblanmaydi. Shlyuz o‘ziga ko‘pgina an’anaviy xizmatlarni markazlashtirilgan holda taqdim etishni intellektual vazifalarini oladi.
    Multiservisli tarmoq ilmiy tadqiqot markazini “Protey” (10.7-rasm) qurilmasini qo‘llab qurilishi mumkin.
    “Protey-MKK” multiservisli kirish kommutatori (MKK), UfTTda aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat majmuini ifodalaydi. Uning negizida shuningdek korporativ tarmoqlarni yaratish va ofislarda aloqani tashkil etish mumkin. Multiservisli kirish kommutatori multiservisli aloqa tarmoqlarida Softswich vazifasini bajaradi, ya’ni paketli tarmoqda so‘zlashuv va multimedia li axborot almashinuvini ta’minlaydi.
    Multiservisli tarmoqlarda “Protey-MKK” Ethernet 100 Mbit/s interfeysi bo‘yicha transport IP-tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashadi va NGN uzellari bilan o‘zaro ta’sirlashishi uchun SIP, H.248/MEGASO signalizatsiya protokollaridan foydalaniladi. 10.8-rasmda “Protey-MKK”ni qo‘llanishning mumkin bo‘lgan variantlari keltirilgan.



    10.7-rasm. “Protey” ITM qurilmasi yordamida qurilgan multiservisli
    tarmoq sxemasi
    “Protey-MKK”ning bitta tizimi negizida sig‘imi 25 ming raqamli telefon tarmog‘ini tashkil etish mumkin. Tarmoqni kengaytirish, chaqiriqlarga ishlov berishning qo‘shimcha modullarini (Call Processing Subsequent, CPS) o‘rnatish yordamida amalga oshirish mumkin.
    “Protey-MKK” multiservisli kirish kommutatori quyidagi turdagi qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin:

    • E1interfeyslari bo‘yicha UfTT /IN bilan;

    • E-DSSI; OKS 8 R1/5 protokollar bo‘yicha ATS uzellari, raqamli telefon stansiyalar;

    • E-DSSI protokolli bo‘yicha kirish qurilmasi;

    • “Protey-MAK” multiservisli abonent kirish konsentratori;

    • INAP-R protokoli bo‘yicha xizmatlarni boshqarish uzellari (SCP);

    • Ethernet 100/1000 Mbit/s interfeyslar bo‘yicha paketli kommutatsiyali tarmoqlar bilan;


    10.8- rasm. “Protey-MKK”ning qo‘llanilish variantlari





    • SIP/SIP-T, H.248/MEGACO protokollari bo‘yicha Softwitch bilan;

    • multiservisli kirish qurilmasi bilan, shu jumladan SIP/SIP-T, H.248/MEGACO protokollari bo‘yicha “Protey-MAK” multiservisli abonent konsentratori bilan;

    • SIP protokoli bo‘yicha proksi serverlar va boshqa SIP-domenlari uzellari bilan;

    • Parlay API amaliy dasturlash tizimi yordamida ilovalarning serverlari bilan;

    • IP-telefonlar, IP-telefoniya shlyuzlari bilan (shu jumladan “Protey-ITG” IP-telefoniya shlyuzlari bilan);

    10.9-rasmda “Protey” firmasining dasturiy-apparat vositalaridan foydalaniladigan multiservisli tarmoq na’munasi keltirilgan.


    10.9 rasm. Telefoniya foydalanuvchilari, xujjatlarni izlash, rangli faks, fayllarni uzatish, videotelefoniya, videoni izlash uchun kirish tarmog‘ining tuzilish sxemasi





    Download 8,17 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.