|
Multimedia li tarmoqlarni loyihalashtirishda yechimlarni asoslash
|
bet | 80/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeMultimedia li tarmoqlarni loyihalashtirishda yechimlarni asoslash. Multimedia li aloqa tarmog‘ining loyihasi uch bosqichda amalga oshirilishi mumkin.
1 - bosqichda turli xizmatlarga buyurtma berilganda turli terminallar yuzaga keltirgan yuklama baholanadi. Loyihalashtirilayotgan tarmoq uzellariga xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lgan yuklamani baholash uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur:
- terminallar soni;
- terminallar buyurtma qiladigan xizmatlar turlari;
- har bir xizmatni buyurtma qilishda terminal tomonidan yaratiladigan solishtirma yuklama;
- har bir xizmatga mos keluvchi yuklamaning statistik xossalari;
- barcha turdagi xizmatlar va terminallar bo‘yicha yig‘indi yuklama;
- yuklamani yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash.
Har bir terminal yuzaga keltiradigan yuklama mavjud statistik ma’lumotlar yoki normativlar asosida baholanishi mumkin.
Multimedia li tarmoqlarda asosan turli xil xizmatlarni ta’minlashga qodir funksional terminallardan foydalaniladi. Shuning uchun har bir xizmat bo‘yicha yuklamani baholash zarur.
Yo‘nalishlar bo‘yicha yuklamani taqsimlash uchun tortishish koeffitsientlarini hisoblashga asoslangan usullardan foydalaniladi.
Multimedia li tarmoqni loyihalashtirishning 2–bosqichida quyidagilar zarur bo‘ladi:
- transport tarmoqni amalga oshirish uchun texnologiyalarni qo‘llashni asoslash va tanlab olish;
- transport tarmog‘ini qurish topologiyasini tanlash va asoslash, shu jumladan fizik sathdagi topologiyani (shina, yulduz, halqa, aralash va xokozo), fizik sathda ulanishlarni tashkil etishning mantiqiy topologiyasini, shuningdek yuqoridagi sathlarda fizik yo‘llarni, mantiqiy kanallarni zahiralashni hisobga olgan holda va muqobil marshrutlarni tashkil etish;
- barcha tarmoq uzellari (kirish uzellari, kommutatorlar, multipleksorlar, marshrutizatorlar, portlar, shlyuzlar) bo‘yicha, shu jumladan tarmoq sathidagi xizmatchi protokollar (ICMP, IGMP, IGRP, RSVP, marshrutlash protokollari) bo‘yicha uchta quyi sathlarning protokollarini steklari va profillarini detallashtirish (u yoki bu protokol yordamida qo‘llab-quvvatlash zarurligini, protokol turini, uning stekdagi holatini baholash);
- chetki terminallar, shuningdek xizmatlarni ta’minlashning tarmoq uzellari uchun (web, E-mail, DNS, FTP, billing, SN xizmatlar serverlari) xizmatlarni ta’minlash uchun yuqori sathlarning protokollarini hisobga olgan holda protokollarning steklarini va profillarini detallashtirish;
- tanlangan texnologiya va o‘zaro ta’sirlashuvchi tarmoqlar turiga muvofiq tarmoq interfeyslari turlarini aniqlash, ularning o‘tkazish qobiliyatini keyinchalik hisoblab chiqish zarur.
Loyihalashtirishning 3-bosqichida quyidagi amallarni bajarish kerak:
xizmatlarning har biri bo‘yicha axborot trafigini (U tekisligida), shuningdek konsentratsiyalash, multipleksorlash, tarmoqlar va kirish uzellari (AN) trafigini biriktirishning boshqa turlarining barcha xizmatlari bo‘yicha umumiy (yig‘indi) axborot trafigini hisoblash;
trafikni tarmoq uzellari orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha (kommutatsiyalash-marshrutlashtirish uzellarini va xizmatlarni ta’minlash serverlarini ham inobatga olib) taqsimlashni hisobga olgan holda magistral tarmoq yadrosini (Core Network, CN) kommutatsiyalash va marshrutlash uzellarida barcha xizmatlarning axborot trafigini hisoblab chiqish;
axborot protokollari, RTP/UDP/IP/MPLS protokollarining xizmatchi qismi kiritadigan ortiqcha trafik ulushini baholash;
chaqiriqlarni boshqarish uchun (SIP, ISUP, Q 931, PSTN- V 5.2, H. 225 va boshqa signal protokollar);
shlyuzlarni boshqarish (H. 245, H 248, MCCP RAS );
marshrutlash, billing, mualliflash, DNS xizmatlarni boshqarish;
- talab etiladigan yetkazib berish sifat ko‘rsatkichlariga amal qilgan holda turli xizmatlar uchun navbatlarga xizmat ko‘rsatish intizomini tanlash;
- tarmoq uzellarining buferli xotirasi xajmlarini va bu uzellarning talab etilgan unumdorligini baholash;
- tarmoqning tanlab olingan topologiyasi uchun foydalaniladigan interfeyslarning o‘tkazish qobiliyatini baholash va hisoblash;
Multimedia li tarmoqni loyihalashning birinchi bosqichining mazmunini ko‘rib chiqamiz.
|
| |