• Transport sathi.
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet76/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    IMS arxitekturasi

    IMS konsepsiyasi quriladigan tamoyil shundan iboratki, bunda har qanday xizmatni yetkazib berish kommunikatsiya infratuzilma (o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha chegaralash bo‘lmagan) bilan hech bir tarzda munosabatda bo‘lmaydi, o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha cheklanishlar bundan mustasno. Bu tamoyilni timsoli IMS ni qurishda qo‘llaniladigan ko‘p sathli yondashuv hisoblanadi. U kirish texnologiyasiga bog‘liq bo‘lmagan xizmatlarni yetkazib berishning ochiq mexanizmini amalga oshirishga imkon beradi, bu esa tarmoqda chetki xizmatlarni yetkazib beruvchilarning ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi.


    IMS tarkibida uchta sath ajratiladi: transport sathi, boshqarish sathi va xizmatlar sathi (9.1-rasm).



    9.1-rasm. IMS arxitekturasining tuzilishi
    Transport sathi. Transport sathi, abonentlarni IMS infratuzilmasiga foydalanuvchining qurilmasi vositasida ulanishi uchun javob beradi (User Equipment UE). Mazkur qurilma o‘rnida istalgan IMS terminali ishtirok etishi mumkin (masalan, telefon, smartfon, Wi-Fi yoki keng polosali ulanish). Shuningdek, IMS bo‘lmagan terminal shlyuzlari (masalan, UfTT terminallari) orqali ulanish mumkin.
    Transport tekisligining asosiy qurilmalari:
    - MRF (Media Resource Function) – mediaserver. MRFP (Media Resource Function Processor) multimedia li resurslar protsessori va MRFC kontrolleridan tashkil topgan.

    • MRFC konferens aloqa, xabardor qilish yoki uzatilayotgan signalni qayta kodlash kabi xizmatlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi. MRFC, S-CSCT (Serving Call Session Control Function) uzeli orqali olinadigan SIP xabarlarni qayta ishlashi va MRFP protsessorni boshqarish uchun mediashlyuzni (MGCP, 11.248 MEGACO) boshqarish protokoli buyruqlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Biroq hozir MRFC va MRFP orasidagi o‘zaro bog‘lanish uchun SIP/XML asosidagi protokolni ilgari siljitish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bundan tashqari MRFC, tarifikatsiyalash va billing tizimlariga zarur axborotlarni taqdim etishni ta’minlaydi.

    • MRFR – MRFR protsessori tarmoq mediaresurslarini MRFC dan keladigan buyruqlarga muvofiq taqsimlaydi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • xabardor qilish xizmatlari va h.k. lar uchun oqimlarga, multimedia li ma’lumotlarga xizmat ko‘rsatish;

    • kiruvchi multimedia li oqimlarni qayta ishlash, masalan, transkodlash;

    • MGW (Media Gateway) – transport shlyuzi, RTP oqimlarini kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlari (UfTT) oqimlariga to‘g‘ri va teskari o‘zgartirishni ta’minlaydi;

    • I-BGF (Interconnect Border Gateway Function) – tarmoqlararo chegara shlyuzi, IPv4 va IPv6 tarmoqlari orasidagi o‘zaro aloqalarni ta’minlaydi. Xavfsizlik funksiyalarining ta’minlanishi uchun (NAPT adreslari va portlarini translyatsiya qilish, Firewall funksiyalari, QoS vositalari) javob beradi;

    • GGSN (Gateway GPRS Support Node) – GPRSni shlyuz uzeli yoki marshrutlash uzeli; uyali tarmoqlar (uning GPRS qismi) va IMS o‘rtasidagi shlyuzni ifodalaydi. GDSN ning asosiy vazifasi SGSN orqali abonentga keluvchi va undan chiquvchi ma’lumotlar roumingi (marshrutlash) hisoblanadi.

    • SGSN (Serving GPRS Support Node) – GPRS abonentlariga xizmat ko‘rsatish uzeli; GPRS tizimining paketli axborotni qayta ishlashning barcha funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha asosiy komponenti;

    • RAN — Radio Access Network —radioulanish qurilmasi; uyali telekommunikatsiya tizimi va IMS ni o‘zaro aloqasini ta’minlaydi;

    • PDG (Packet Date Gateway) – paketli shlyuz. Mazkur tarmoq elementi WLAN foydalanuvchilar qurilmasining IMSga ulanishini ta’minlaydi. Oxiridagi IP-adresning translyatsiyasiga va IMSda foydalanuvchilar qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazishga javob beradi, xavfsizlik vazifasini bajarishni ta’minlaydi;

    • WAG (Wireless Access Gateway) – simsiz ulanish shlyuzi WLAN va IMS tarmoqlarining birikishini ta’minlaydi;

    • A-BGF/BAS (Access Border Gateway Function/Broadband Access Switch) –keng polosali foydalanuvchilar qurilmasining IMSga kirishini ta’minlaydi. I-BGE ga aynan o‘xshash vazifalarni bajaradi;

    • DSLAM (Digital Subscriber Line Access Multiplexer) – raqamli abonent kirish shlyuzi – keng polosali kirishdan (statsionar, masalan, xDSL, KTB tarmoqlari) foydalanuvchi abonentlarni ulanishini ta’minlaydi.


    Download 8,17 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.