|
Aloqa xizmatlari va ilovalarning tuzilishi
|
bet | 72/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeAloqa xizmatlari va ilovalarning tuzilishi
Agar xizmat, xizmatlar bozorining turli ishtirokchilarining javobgarligini ham o‘z zimmasiga olgan yuridik shaxslar o‘rtasida taqdim etilayotgan bo‘lsa, u holda xizmat ko‘rsatish bitim konteksida taklif etiladi va bitimni bajarilishi va tekshirilishi mumkinligi kafolatlanishi uchun yetarli to‘plamdagi parametrlarga ega bo‘lishi kerak.
Foydalanuvchilar bevosita GII xizmatlariga buyurtma berishlari yoki shaxsiy ilovalardan foydalanishlari mumkin, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun GII xizmatlari zarur. Bundan tashqari, foydalanuvchi ilovasining komponentlari GII tomonidan taqdim etilishi va qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.
GII taqdim etadigan xizmatlar va ilovalar, servisli va amaliy komponentlar shaklida yaratiladi.
Global axborot arxitekturasi quyidagi resurslarni birlashtiradi (8.6 rasm):
- inratuzilmaviy;
- tarmoq (network resources);
- axborotga ishlov berish va saqlash (processing and storage resources);
- telekommunikatsiya dasturiy ta’minoti (middle ware resources).
8 .6- rasm. GII tomonidan taqdim etiladigan va qo‘llab-quvvatlanadigan xizmatlar va ilovalar:
TBN- Teristrial Broadcast Network – yerusti radioeshittirish tarmog‘i;
DBSN – Direct Broadcast Satellite Network - yuldoshli radioeshittirish tarmog‘i.
Konvergentli GII da xizmatlar va ilovalar o‘rtasidagi farq shuning uchun ham muhimki, u ikkita turli xil tijorat sxemalari (biznes – sxemalar) ga mos keladi. Bu farq telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlarining an’anaviy ravishda xizmatlar taklif etishlari, ayni vaqtda axborot texnologiyalari (AT) an’anaviy ravishda ilovalarni taklif etishlari holatini ham aks ettiradi. “Konvergentli GII” atamasi axborot infratuzilmasini ifodalab, unda trafikning xilma-xil turlari yagona texnologik platformada integratsiyalanadi (qo‘shiladi) va turli xil xizmatlar va ilovalar taqdim etiladi.
GII tomonidan foydalaniladigan umumiy ilovalar quyidagilar hisoblanadi:
- masofadan o‘qitish / elektron kutubxonalar;
- teletibbiyot;
- axborotga taqsimlangan holda ishlov berish;
- elektron savdo;
- elektron nashr;
- o‘yinlar.
|
| |