R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet70/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Gigabit Ethernet texnologiyasi

Ko‘p yillar davomida korporativ va xususiy tarmoqlarda Ethernet texnologiyani qo‘llanilishi, keng polosali kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan boshqa barcha texnologiyalardan iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaliy jixatdan o‘zib ketdi. Umumiy foydalanish tarmoqlarida qo‘llashga mo‘ljallangan 10 Gigabit Ethernet (10GE) standarti tarmoqlarning tejamkorligini oshirishga imkon beradi.


Bugungi kunda IP/Ethernet bog‘lami qo‘llaniladigan qurilmaning qiymati, IP/ATM yoki IP/SDH qurilmalari qiymatining taxminan o‘ndan birini tashkil etadi.
10 GE texnologiyasida GE, Fast Ethernet dagi texnologiya qo‘llaniladi, eltuvchini nazorat qilish va ziddiyatlarni aniqlash (CSMA/CD) bilan ko‘p stansion kirish protokoli va kadr formati saqlangan, ammo uzatish muhiti sifatida TOAL dan foydalaniladi. Axborotni eltib berishning bu texnologiyasi korporativ multiservisli tarmoqlar va NGN transport tarmoqlar magistralini qurishda qo‘llaniladi. 10 GE texnologiyasining ATM texnologiyasiga nisbatan afzalligi shundan iboratki, IP paketlari va Ethernet kadrlarining xajmlari bir xil, shuning uchun axborotlarni transport tarmog‘ida yetkazib berishda paketlarni kadrlarga (ATM yacheykalari) almashtirish va teskari almashtirish talab etilmaydi.
Eng muhim muammo shundan iboratki, kanallar kommutatsiyasi va paketlar kommutatsiyasiga asoslangan barcha taniqli xizmatlar, axborotlarni talab etilgan sifatda yetkazib berishni qanday ta’minlashdan iborat. Foydalanuvchilarga operatorda mavjud bo‘lgan xizmatlarning istalgan turlarini taqdim etish uchun shunday taqsimlangan tizimni yaratish kerakki, unda intellektual xizmatlarni tashkil etish va taqdim etish vazifalari, boshqarish vazifalaridan transport va kommutatsiya bilan ajratilgan bo‘lsin. Bu prinsip intellektual tarmoqlarni qurishda, to‘g‘rirog‘i telekommunikatsiya tarmog‘i ustiga intellektual ust qurilmalarni qurishda foydalanilgan.
Keyingi avlod tarmog‘ida xizmatlar va ilovalarni yaratish hamda taqdim etishni boshqarish vazifalarini, chaqiriqni va kommutatsiya resurslarini boshqarish vazifalaridan to‘liq ajratishga urinish, shuningdek bu vazifalarni bajaruvchi darajalar orasida standartlashtirilgan interfeyslarni yaratishga urinish amalga oshirilmoqda.
O‘z navbatida, xizmatlarni taqdim etish bozorida vujudga kelayotgan raqobat narxlarni pasaytirish, yangi xizmatlarni ishga tushirish muddatlarini kamaytirish va taklif etilayotgan xizmatlarning turini oshirishi kerak.



8.3- rasm. Keyingi avlod tarmog‘ining sathli arxitekturasi


Chaqiruvlarni nazorat qilishni qayta ishlash vositalari bir joyda to‘planadi, kommutatsiyalash va transport vositalari esa tarmoqning butun hududi bo‘yicha taqsimlanishi mumkin. Undan tashqari, bu ikki vazifani amalga oshiradigan obektlarning resurslarini hajmining oshishi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ta’minlanadi.






    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.