R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet71/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Global axborot infratuzilmasi

Jaxon madaniyati rivojining hozirgi bosqichi industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o‘tish bilan tavsiflanadi. Bunday o‘tish axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy foydalanishga asoslanadigan ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatning yangi shakllari mavjud bo‘lishini nazarda tutadi.


Axborot jamiyatining texnologik asosi Global axborot infratuzilmasi (Global Information Infrastruc­ture) GII hisoblanib, u sayyoradagi har bir kishi uchun kamsitishlarsiz axborot resurslariga kirish imkonini ta’minlashi kerak. Axborot infratuzilmasini, o‘zaro ta’sirlashuvchi aloqa tarmoqlari va foydalanuvchi terminallarini ma’lumotlar bazasi, axborotga ishlov berish vositalari yig‘indisi tashkil etadi.
Konseptual jixatdan GII o‘z ichiga quyidagi asosiy elementlarni qamrab oladi:
- axborot manbalari va qabul qiluvchilar (odamlar, ma’lumotlar bazalari, boshqariluvchi ob’ektlar va x.k);
- xususan axborot (nutq, matn, grafika, video) va bu axborotni o‘zgartiruvchi qurilmalar;
- ma’lumotlarni saqlash, izlash, siqish, ishlov berish, o‘zgartirish va axborot manbalariga kirishni tashkil etish uchun axborot qurilmalari (tarmoq uzellari – serverlar, shlyuzlar, ma’lumotlar bazalari, PC, TV, FAX terminallari, telefon apparatlar va x.k);
- uzoqdagi ob’ektlar (axborot manbalari va ularni qabul qilib oluvchilar) o‘rtasida axborotni ko‘chirishni ta’minlovchi kommunikatsiya infratuzilmasi.
Mazkur konsepsiyani amalga oshirish uchun tarmoqlar arxitekturasi evolyutsiyasi jiddiy o‘zgarishlarni o‘tkazdi (UfTT-IP-NGN konvergensiyasi).
GII axborot resurslariga kirish, axborot jamiyati xizmatlari yoki infokommunikatsiya xizmatlari nomini olgan, yangi turdagi aloqa xizmatlari vositasida amalga oshiriladi. Infokommunikatsiya xizmati deb, ulanishning ham kiruvchi, ham chiquvchi uchida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish bilan axborotni talab bo‘yicha avtomatlashtirilgan ishlov berish, saqlash yoki taqdim etishni nazarda tutuvchi telekommunikatsiya xizmatiga aytiladi.
Hozirgi vaqtda kuzatilayotgan infokommunikatsion xizmatlarni taqdim etish xajmlarining yuqori sur’atlarda o‘sishi, ularni yaqin kelajakda aloqa tarmoqlarida ustuvor bo‘lishini bashorat qilishga imkon beradi. Bugungi kunda infokommunikatsion xizmatlarni rivojlanishi asosan Internet doirasida amalga oshiriladi, ya’ni xizmatlarga kirish an’anaviy aloqa tarmog‘i orqali ta’minlanadi. Shu bilan bir qator hollarda Internet xizmatlari, uning transport infratuzilmasi imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli, axborot jamiyati xizmatlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga javob bermaydi. Shu munosabat bilan infokommunikatsiya xizmatlarining rivojlanishi, aloqa tarmoqlarining funksionalligini bir vaqtda kengaytirish bilan axborot resurslarini samarali boshqarish masalalarini yechishni talab qiladi. O‘z navbatida bu Internet va an’anaviy aloqa tarmoqlarining qo‘shilish jarayonini rag‘batlantiradi.
Infokommunikatsiya xizmatlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- mobillik (harakatchanlik);
- yangi xizmatlarni qulay va tez yaratish imkoniyatlari;
- sifat kafolatlari.
Infokommunikatsiya xizmatlariga qo‘yiladigan talablarga konvergensiya jarayoni katta ta’sir ko‘rsatadi, u bu xizmatlardan foydalanuvchilarga unga kirish usullariga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanish mumkinligiga olib keladi.
Infokommunikatsiya xizmatlarining xususiyatlarini e’tiborga olib, istiqboldagi aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar belgilanishi mumkin:
- multiservislik - xizmatlarni taqdim etish texnologiyalarining transport texnologiyalariga bog‘liq emaslik xususiyati;
- keng polosalilik - foydalanuvchining odatdagi ehtiyojlariga bog‘liq holda keng diapozonda axborotni uzatish tezligini qulay va dinamik o‘zgartirish imkoniyati;
- multimedialik - tarmoqning ko‘p komponentli axborotni (nutq, ma’lumotlar, video, audio) haqiqiy vaqt rejimida zaruriy sinxronizatsiya bilan va ulanishlarning murakkab konfiguratsiyalaridan foydalanib uzatish qobiliyati;
- intelektuallik – xizmatlardan foydalanuvchi yoki uni taqdim etuvchining xizmat, chaqiruv va ulanishni boshqarish imkoniyati;
- ulanishning invariantligi - foydalanilayotgan texnologiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda xizmatlardan foydalanishni tashkil etish imkoniyati;
- ko‘p operatorlik – xizmatlarni taqdim etishda bir nechta operatorlarning ishtirok etish imkoniyati va ularning javobgarligini ularning faoliyati sohasiga muvofiq ajratish.
ITU-T Y.100 tavsiyalarida telekommunikatsiya texnologiyalarning o‘zaro ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Global axborot infratuzilmasi tavsiflanishi mumkin bo‘lgan xossalarni tahlil qilish jarayonida, barcha mavjud telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari hamda xizmat ko‘rsatish turlarining tavsiflari hisobga olingan.
Global axborot infratuzilmasining standartlari dasturiy vositalar asosida, ham apparat vositalar asosida, ham ilovalarning va turli xil platformalarning juda katta xilma-xilligi orasida ulanishiga mo‘ljal olib (Connection – Oriented CO), ham ulanishiga mo‘ljal olmasdan (Connection less Oriented CL) ham o‘zaro ta’sirlashuv va o‘zaro aloqa imkoniyatini ta’minlashi kerak. Turli xil texnologiyalar (SC, PS, ATM, MPLS, SDH, WDM va boshqalar) qo‘llaniladigan telekommunikatsiya tarmoqlari (PSTN, DSN, ISDN, MN, IN, CN, OSN) hozirgi vaqtda ma’lumotlar va nutqni yuqori sifat bilan uzatishni ta’minlaydi va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
TCP/IP protokolli tarmoqlar shunday platformani yaratadiki, u turli tarmoq infratuzilmalari bilan bog‘liq foydalanuvchilarga ilovalarning umumiy to‘plamiga ega bo‘lishga va eltib berish sifati kafolatlanmaydigan ma’lumotlar oqimlari bilan almashishga imkon beradi.
TCP/IP protokollar steki yuqori sifatli nutq, video, multimedia ilovalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida takomillashtiriladi (masalan IPv6). Tarmoq texnologiyalarini konvergensiyasining bu an’analari 8.4-rasmda keltirilgan. Konvergensiyaning yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- ulanishlar o‘rnatilishi avval mo‘ljal qilinmagan (Sonnection less operation) paketlar kommutatsiyali texnologiyalar, masalan IP protokolidan foydalanuvchi kommutatsiyali texnologiyalar, virtual ulanishlarning (Connection-oriented) dastlabki o‘rnatilishi tufayli axborotni eltib berish sifatini oshirish maqsadida (Guaranted bearer services) takomillashtiriladi;
- kanallar kommutatsiyali tarmoq uzellari (PSTN va ISDN) paketlar kommutatsiyali yangi avlod transport tarmoqlari orqali axborot almashadilar (IP/MPLS), bu esa kechikishga, jitterga va paketlarni yo‘qolishiga sezgir bo‘lgan axborotni eltib berish sifatining pasayishiga (Unguaranted bearer service) olib keladi;
- har qanday ilovalarning axborotini yuqori sifat bilan eltib berishni ta’minlovchi (Guaranted bearer service) ATM texnologiyali tarmoqlar, ulanishga mo‘ljallangan va ulanishga mo‘ljallanmagan (masalan, LANE ATM) holda yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadi.
Global axborot infratuzilmasi shunday telekommunikatsiya infratuzilmani yaratishga da’vo qiladiki, u o‘ziga axborotning barcha mumkin bo‘lgan turlarini (nutq, ma’lumotlar, multimedia) birlashtira olsin va ulardan har birining xizmat ko‘rsatish sifatiga bo‘lgan talablarini qanoatlantirsin ( Quality of Service, QoS).



8.4 – rasm. Tarmoqlarning rivojlanish yo‘nalishi (texnologiyalar konvergensiyasi):
CO (Connectoin - oriented operation) - “ulanishni o‘rnatish” rejimida eltib berish;
CL (Connection less operation) “ulanishni o‘rnatmasdan” rejimida eltib berish;
- texnologiyaning rivojlanish yo‘nalishi.

8.5-rasmda GIIda infratuzilmaviy rollarning konfiguratsiyasini na’munasi keltirilgan. Infratuzilma roli deganda ko‘p marta foydalaniladigan resurslar to‘plami yordamida xizmatlarni ta’minlash tushuniladi.


8.5 – rasm. GII da infratuzilmaviy rollar konfiguratsiyasi namunasi:


DBMS - ma’lumotlar bazasini boshqarish tuzilmasi;
HTML - gipermatnlarni belgilash tili;
JPEG - tasvirlarni siqish standarti;GW - shlyuz;
MPEG - videoni siqish standarti;
FRS - marshrutizatorni avtomatik tanlash.

GII ilovalarning tuzilmaviy roli foydalanuvchilarni ish faoliyatlari bilan belgilangan bo‘lib, u ishlab chiqarish jarayonining bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun ilovalar ham chetki foydalanuvchilar orasidagi “virtual o‘zaro tasir”ni yoki ish faoliyatni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Odatda, ilova harakatlardan va harakatlar o‘rtasidagi munosabatlardan tuzilgan.






    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.