R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet74/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

IMSga o‘tishning muhim omillari
IP Multimedia Subsystem (ISM) konsepsiyasi yangi tarmoq arxitekturasini tavsiflaydi, uning asosiy elementi kirishning barcha texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi va katta miqdordagi infokommunikatsiya xizmatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi paketli transport tarmog‘i hisoblanadi. Uning muallifligi European Telecommunication Standartization Institute (ETSI) va bir nechta milliy standartlashtirish tashkilotlarini birlashtirgan Third Generation Partnership Project xalqaro hamkorlikka tegishli.
IMS dastlab IP protokoli negizida 3-avlod mobil tarmoqlarini qurishga nisbatan ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik konsepsiya ETSI-TISPAN qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan, uning butun kuchi IP protokollar stekidan foydalanib, statsionar (barqaror) tarmoqlarda xizmatlarning keng spektrini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish uchun zarur protokollar va interfeyslarning spetsifikatsiyasiga yo‘naltirilgan edi.
Hozirgi vaqtda IMS arxitekturasi ko‘pchilik operatorlar va xizmat provayderlari tomonidan, shuningdek, qurilmani yetkazib beruvchilar tomonidan keyingi avlod tarmoqlarini qurish uchun mumkin bo‘ladigan yechim sifatida va IP platformasida mobil (harakatdagi) va statsionar (barqaror) tarmoqlar konferensiyasi asosi sifatida qarab chiqiladi.
Mohiyatiga ko‘ra IMS konsepsiyasi UMTS tarmoqlari evolyutsiyasi natijasida, SIP protokoli asosidagi multimediali chaqiruvlar va seanslarni boshqarish sohasini 3G tarmoqlari arxitekturasiga qo‘shilganda vujudga keldi. IMS arxitekturasining asosiy xossalari orasida quyidagilarni alohida ajratish mumkin:

  • ko‘p sathlik – transport, boshqarish va ilovalar sathlariga bo‘linadi;

  • kirish muhitiga bog‘liq bo‘lmaslik – operatorlar va xizmat provayderlariga qayd qilingan va mobil tarmoqlarni konvergensiyalashga imkon beradi;

  • haqiqiy vaqtda multimediali shaxsiy axborot almashinuvini (masalan, tovush, videotelefoniya) va odamlar hamda kompyuterlar o‘rtasida o‘xshashli axborot almashinuvini (masalan, o‘yinlar) qo‘llab-quvvatlash;

  • multimediali ilovalarning haqiqiy va haqiqiy bo‘lmagan vaqtga to‘la integratsiyasi (masalan, oqimli ilovalar va chatlar);

  • turli xil xizmatlarning o‘zaro aloqada bo‘lishi imkoniyati;

  • bitta seansda bir nechta xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash yoki bir vaqtda sinxronlashtirilgan bir nechta seanslarni tashkil etish imkoniyati.





    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.