|
IMS arxitekturasini standartlashtirish
|
bet | 75/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeIMS arxitekturasini standartlashtirish
IMS arxitekturasini standartlashtirish xalqaro tashkilotlarning vazifasi hisoblanadi, ya’ni keyingi avlod tarmog‘iga tomon yo‘nalishdagi tarmoqlar evolyutsiyasida IMSning asosiy roli tufayli. IMS konsepsiyasi uning hozirgi ko‘rinishida standartlashtirish bo‘yicha uchta xalqaro tashkilotlarning - 3GPP, 3GPP2 va ETST ish natijasi hisoblanadi.
3GPP hamkorligi 1998 yilning oxirida rivojlanuvchi GSM tarmoqlariga asoslangan 3-avlod mobil aloqa tarmoqlari (UMTS tarmoqlari) uchun texnik spetsifikatsiyalar va standartlarni ishlab chiqish maqsadida ETSI instituti tashabbusi bo‘yicha tashkil etilgan edi.
3GPP2 hamkorlik 1998 yilda Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi sha’feligida yaratilgan IMT-2000 loyihasi doirasida 3G tarmoqlar (CDMA-2000 tarmog‘i) standartlarini ishlab chiqish uchun ETSI va ITU tashabbusiga ko‘ra yuzaga keldi. U xuddi 3GPP holatidagidek deyarli o‘sha tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan edi. 3G mobil tarmoqlar uchun standartlar rivojida 3GPP2 tashkilotning asosiy ulushi Multimedia Domain (MMD) umumiy nomdagi spetsifikatsiyada tavsiflangan CDMA-2000 tarmog‘ida (IP-transport, SIP-signalizatsiya) IMS konsepsiyasining tarqatilishi hisoblanadi.
Ikkala hamkorlik IETE qo‘mitasi tomonidan standartlashtirilgan IP-ga yo‘naltirilgan protokollarning keng qo‘llanilishiga mo‘ljallangan holda va KAT tarmoqlar arxitekturasining asosiy g‘oyalaridan foydalanib 3G tarmoqlari standartlarini ishlab chiqadi.
IMS konsepsiyasi birinchi marta 3GPP Release 5 xujjatida (2002 yil mart oyida) taqdim etilgan edi. Unda uning asosiy maqsadi – IP protokoli negizida mobil tarmoqlarda multimediali xizmatlarni ta’minlash ifodalangan edi va 2G simsiz tarmoqli IMS arxitekturasi negizida 3G mobil tarmoqlarining o‘zaro ta’sirlashish mexanizmlari ixtisoslashtirilgan edi.
3G tarmoqlar arxitekturasi IMS konsepsiyasiga muvofiq transport, chaqiriqlarni boshqarish va ilovalar sathlari bo‘yicha bo‘linib, bir necha sathlarga (tekislik) ega. IMS tizim osti kirish texnologiyalaridan to‘la mustaqil bo‘lishi va bir necha mavjud tarmoqlar – mobil va statsionar telefon, kompyuter va h.k. bilan o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak.
3GPP Release 6 xujjatida (2003 yil dekabr) IMS ning bir qator konsepsiyalari aniqlashtirilgan, simsiz mahalliy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqa va axborotni himoya qilish (kalitlarni, abonent sertifikatlarini qo‘llash) masalalari qo‘shilgan edi.
6-7- xujjatlarda SIP vositasida IP kommunikatsiyalarni amalga oshirish g‘oyasi belgilangan. Unga muvofiq SIP bevosita mobil terminaldan boshlanadi.
Release 7 spetsifikatsiyasi, statsionar tarmoqlarda muhim hisoblangan ikkita asosiy vazifalarni qo‘shadi:
Network Attachment, statsionar tarmoqlarda zarur bo‘lgan va abonentlarni autentifikatsiyalash mexanizmini ta’minlaydi, chunki ularda foydalanuvchini identifikatsiyalash SIM-kartalari bo‘lmaydi;
Resource Admission, aloqa seanslarini ta’minlash uchun statsionar tarmoqlarda tarmoq resurslarini zahiralaydi.
Statsionar tarmoqlarda IMS konsepsiyalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlar, TISPAN qo‘mitasi tomonidan olib boriladi. ETSI tomonidan IMS arxitekturasiga qiziqish, taniqli TIPHON (Telecommunications and Internet Protocol Harmonization Open Networks) guruhini va statsionar tarmoqlarni standartlashtirish uchun javob beruvchi SPAN (Services and Protocols for Advanced Networks) texnik qo‘mitani birlashtirgan (2003 yil) yangi ishchi guruhni yaratishga olib keladi.
TISPAN (Telecommunication and Internet Converged Services and Protocols for Advanced Networking) nomini olgan yangi guruh zamonaviy va istiqbolli konvergensiyalanuvchi tarmoqlarni standartlashtirish uchun, shu jumladan, VoIP va KAT, shuningdek, IMS arxitekturasi bilan bog‘liq barcha masalalar uchun javob beradi.
|
| |