R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet78/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Ilovalar sathi. IMS etalon arxitekturasining yuqori sathi ilovalar serverlari to‘plamini o‘z ichiga oladi, ular asosan IMS ning elementlari bo‘lib hisoblanmaydi. Yuqori tekislikning bu elementlari o‘z tarkibiga SIP protokoli negizidan IP-multimedia li ilovalarni ham, virtual uy muhiti negizida mobil tarmoqlarda amalga oshiriluvchi ilovalarni ham oladi.
IMS ilovalari arxitekturasi nihoyatda murakkab, lekin bu yerda asosiysi yangi ilovalarni yaratishda va an’anaviy ilovalar bilan integratsiyada yuqori darajada moslashuvchanlik hisoblanadi. Masalan, ma’lumotlarni uzatish muhiti telefon chaqiriqning an’anaviy xossalari bilan integratsiyalashi mumkin, masalan, teskari chaqiriq va chaqiriqni kutish Internet chaqirig‘i bilan. Buni bajarish uchun IMS arxitekturasi juda ko‘p xizmatlarni ishga tushirishga va ular orasida tranzaksiyalarni boshqarishga imkon beradi.

  • SSIM (Service Capability Interaction Manager) – IMS yadrosi va ilovalar tekisligining o‘zaro ta’sirlashuvini boshqarishni ta’minlaydi;

  • SIP AS (SIP Application Server) – SIP protokoliga asoslangan xizmatlarni bajarish uchun xizmat qiluvchi ilovalar serveri. IMS dagi barcha yangi xizmatlar aynan SIP AS da joylashadi deb kutiladi;

  • OSA-SCS (Open Service Access – Service Capability Server) – bo‘lishi mumkin bo‘lgan xizmatlar serveri, u xizmatlarga ochiq kirishga asoslangan xizmatlarga interfeysni ta’minlaydi (OSA - Open Service Access). Maqsad xizmatlarga standart dasturiy interfeys ilovalari vositasida tarmoq fuknsiyalariga kirish imkonini ta’minlash hisoblanadi;

  • IM-SSF (IP Multimedia – Service Switching Function) – xizmatlarni kommutatsiyalash serveri, u IMS tizim ostini mobil tarmoq tizimining mantiqini yaxshilash uchun ilovalardan foydalanuvchiga moslashgan tizimdagi xizmatlar bilan ulanish uchun xizmat qiladi (CAMFI – Customized Applications for Mobile Network Enhanced Logic). Gap GSM global mobil aloqa tizimi uchun ishlab chiqilgan xizmatlar to‘g‘risida bormoqda, IM-SSF funksiyasi (xizmatlarni kommutatsiyalash funksiyasi) yordamida mazkur xizmatlardan foydalanish IMS da ham mumkin;

  • TAS (Telephony Application Server) – telefon ilovalari serveri SIP protokoli axborotlarini qabul qiladi va qayta ishlaydi, shuningdek, chiquvchi chaqiriq qay tarzda tashkil etilishi mumkinligini aniqlaydi. TAS xizmati mantiqi chaqiriqlarni qayta ishlashning tayanch xizmatlarini ta’minlaydi, shu jumladan, raqamlar tahlili, marshrutlash, chaqiriqlarni belgilash, kutish va yo‘nalishni o‘zgartirish, konferensaloqalarni ta’minlaydi. Agar chaqiriq UfTT da qayd etilgan yoki terminlashgan bo‘lsa, TAS serveri TDM (UfTT) nutq oqimi bitlarini IP RTP oqimga o‘zgartirishga va uni tegishli IP telefonning IP-adresiga yo‘naltirishga mediashlyuzlarga buyruq berish uchun MGCF funksiyasiga SIP signalizatsiyasi uchun javob beradi. IMS ning bitta xabarida abonent qurilmalarining turli xillariga ma’lum xizmatlar taqdim etuvchi bir necha TAS to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta TAS serveri IP Centrex ga xizmatlarni ko‘rsatadi (raqamlashning xususiy rejalari, umumiy ma’lumotnomalar, chaqiriqlarni avtomatik taqsimlash va h.k.), boshqa server ATSni qo‘llab-quvvatlaydi va VPN xizmatlarini taqdim etadi. Bir nechta ilovalar serverlarining o‘zaro ta’sirlashuvi turlicha sinflardagi abonent qurilmalari orasidagi chaqiriqlarni tugatish uchun SIP-I signalizatsiya vositasida amalga oshiriladi;

  • HSS (Home Subscriber Server) – uy abonentlari serveri – GSM tarmoqlari elementiga - HLR (Note Location Register) serveriga o‘xshash - foydalanuvchilar ma’lumotlari bazasi hisoblanadi. HSS serveri xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan yozuvni o‘qish rejimida ochiq kirishni ta’minlaydi. Kirish turli xil chetki oxirgi nuqtalardan, jumladan, telefon, WEB va SMS ilovalar, set-top box turidagi televizion qo‘shimchalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek HSS da, SLF (Subscription Locator Function) funksiyasi amalga oshirilib, u I-CSCI modulidan yoki ilovalar serveridan savolga javob tariqasida aniq bir abonentning ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasining holatini aniqlaydi. Nihoyat, HSS serveri tarkibiga 2G tarmoqlari bilan ishlash uchun HLR va AuC (Autentification Center) modullari kiradi.

IMS muhitida HSS serveri har bir foydalanuvchi va abonent tomonidan ishga tushirilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar bazasi sifatida ishlaydi: foydalanuvchi qanday xizmatlarga obuna bo‘lgan, bu xizmatlar yuklatilganligi, foydalanuvchi tomonidan qanday boshqaruv parametrlari o‘rnatilganligi.



Download 8,17 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.