|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 77/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeBoshqarish tekisligi. Boshqarish darajasi – bu aloqa seanslarini boshqarish bo‘yicha barcha amallarni bajaruvchi IMS funksiyalarining yig‘indisidir. Asosiy elementlari:
CSCF (Call Session Control Function) – chaqiriqlar va seanslarni boshqarish funksiyali element. CSCF funksiyasi IMS-platformasining boshqarish tekisligida asosiy hisoblanadi. CSCF moduli SIP protokolidan foydalanib, IP transport vositasida haqiqiy vaqt xizmatlari to‘plamini yetkazib berishni ta’minlovchi vazifalarni bajaradi. CSCF funksiyasi tarmoq resurslarini (chegaraviy qurilmalar, shlyuzlar va ilovalarning serverlari) foydalanuvchilarning va ilovalarning profiliga bog‘liq holda samarali boshqarish uchun dinamik axborotdan foydalanadi. CSCF moduli uchta asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi:
Serving CSCF (S-CSCF) – CSCF ga xizmat ko‘rsatuvchi. Chetki qurilmalar almashadigan barcha SIP-xabarlarni qayta ishlaydi;
Proxy CSCF (P-CSCF) – u orqali IMS tizimiga barcha foydalanuvchilarning trafigi kelib tushadi;
Interrogating CSCF (I-CSCF) – CSCF ni talab qilib oluvchi. U uy tarmog‘i bilan ulanish nuqtasini ifodalaydi. I-CSCF aniq bir abonent uchun S-CSCF ni topish uchun NSS ga murojaat qiladi;
S-CSCF - ilovalar va foydalanuvchining profiliga bog‘liq holda IP transportning multimedia li xabarlarini yetkazib berish seanslarini boshqarishni, shu jumladan, terminallarni ro‘yxatga olish, NSS serveri bilan ikki tomonlama o‘zaro aloqa (undan foydalanuvchilar ma’lumotlarini olish), xabarlarni tahlil qilish, marshrutlash, tarmoq resurslarini boshqarishni (shlyuzlar, serverlar, chegaraviy qurilmalar) ta’minlaydi;
P-CSCF – mazkur tarmoqning IMS terminallari uchun IMS yadrosi ichida signal sathidagi birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. P-CSCF funksiyasi terminaldan yoki terminalga talabni qabul qiladi va uni IMS yadrosi elementlariga marshrutlaydi. Foydalanuvchining xizmat ko‘rsatiladigan terminali, qayd qilishning butun vaqtida tarmoqda ro‘yxatga olishda P-CSCF ning funksiyasiga mahkamlanadi. P-CSCF moduli foydalanuvchini autentifikatsiya qilish bilan bog‘liq funksiyalarni amalga oshiradi, hisobga olish yozuvlarini shakllantiradi va ularni to‘lovni hisoblash serveriga uzatadi. P-CSCF ning elementlaridan biri Policy Decision Function (FDE) hisoblanadi – axborot trafigi tavsiflari bilan amallar bajaruvchi (masalan, talab qilinadigan o‘tkazish qobiliyati) va seansni tashkil qilish yoki uni man qilish imkoniyatini, seans parametrlarini o‘zgartirish zaruriyatini aniqlovchi siyosatni tanlash funksiyasi;
I-CSCF mazkur tarmoqning abonentlari bilan barcha tashqi ulanishlar uchun IMS yadrosi ichida signal sathida birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. I-CSCF modulining asosiy vazifasi – tashqi abonentning xizmatlardan foydalana olishi bo‘yicha imtiyozlarni identifikatsiya qilish, ilovalar serverini tanlash va unga kirishni ta’minlashdir;
BGCF (Breakout Gateway Control Function) – shlyuzlarni boshqarish funksiyasi, kanallar kommutatsiyasi domeni (UfTT yoki GSM) va IMS tarmog‘i orasidagi chaqiriqlarni qayta uzatishlarni boshqaradi. Mazkur modul telefon raqamlari asosida marshrutlashni amalga oshiradi va IMS tarmog‘i orqali (BGCF serveri joylashgan joyda) UfTT yoki GSM bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan kanallar kommutatsiyasi (KK) domenida shlyuzni tanlaydi. Shuningdek, KK tarmoqlari abonentlari uchun to‘lovni hisoblash uchun tegishli hisob yozuvlarini ta’minlash amalga oshiriladi;
MGCF (Media Gateways Control Function) shlyuzlarni boshqarish funksiyasi (Media Gateways) – H.248/MEGACOdan foydalanib IMS transport shlyuzlarida ulanishlarni boshqaradi;
SGW (Signaling Gateway) – signal shlyuzi UfTT signalizatsiyani MGCF ga tushunarli ko‘rinishga o‘zgartirishni ta’minlaydi. IMS yadrosi bilan SIG-TRAN protokollar guruhi interfeyslari orqali bog‘langan;
RACS (The Resource and Access Control) – resurslar va kirishlarni boshqarish tizimosti – kirishni boshqarish (ixtiyorida bo‘lgan mavjud resurslar, mahalliy siyosat asosida yuklash) va tarmoqqa shlyuzni boshqarish yordamida kirish (Gate Control), shu jumladan, tarmoq adreslari va portlarini almashtirishni boshqarish va ustuvorlikni biriktirish;
PDF (Policy Decision Function) – axborot profili tavsiflari bilan amallarni bajaruvchi (masalan, talab etiladigan o‘tkazish qobiliyati) va seansni tashkil etish mumkinligini yoki uni ta’qiqlash mumkinligini, seans parametrlarini o‘zgartirish zarurligini aniqlovchi siyosatni tanlash funksiyasi;
NASS (Network Attachment Subsystem) – tarmoqning ulanish qism tizimi – uning asosiy vazifalariga IP-adreslarni dinamik tayinlash (DHCP dan foydalanib – Dynamic Host Configuration Protocol), IP sathda autentifikatsiya, tarmoqqa kirishni yuklash, IP sathda turgan joyni boshqarish kiradi.
|
| |