|
Bajardi: Narzullayeva jahona guruh-22/2 Kurs ishi rahbari: Ishmetova Shaxnoza
|
bet | 1/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 85,5 Kb. | | #231706 |
Bog'liq Pedagogik texnologiya Jahona2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
“BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: Pedagogik texnologiyalardan dars samaradorligining muhim omili sifatida
Bajardi: Narzullayeva jahona guruh-22/2
Kurs ishi rahbari:Ishmetova Shaxnoza
Toshkent-2024
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………….…...3
I.BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH …..….4
1.1 .Pedagogik texnalogiyaning samarasorligi……………………4
1.2 Sifatli ta’lim turlari…………………………..……..…..12
1.3.Ta’lim mazmuni sifat va samaradorligini oshirishning eng muhim omillari………………….…………..22
II.BOB.DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ……….…..26
2.1.Boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalarning samaradorligi……..26
2.2.Pedagogik texnologiyaning dars samaradorligiga tasiri….…….…..……30
2.3 Dars samaradorligini oshirishda ilg’or pedagoglar……………………
XULOSA ………………………………………………………………………34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….35
I.Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Tarbiyaviy ta'sir o'tkazishning aniq va mukammal tizimi, yaxlit tizimli yondashuvgina ma'naviy-axloqiy tarbiyaning samaradorligini ta'minlaydi. Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlayvermaslikka, talabaga nisbatan biri ikkinchisiga to'g'ri kelmaydigan qarama-qarshi ta'sirlarning oldini olishga, bo'lajak mutaxassislarga bir xil talablar qo'yish va yaxlitlik bilan ta'sir o'tkazishga imkon beradi Shuningdek davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev "Agar mendan sizni nima qiynaydi deb so'rasangiz , farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman " degan oltinga teng fikrlarni aytib o'tganlar. Tarbiyaning maqsadi - ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanishi, yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayonidir. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya jarayoni yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirshga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir O'zbekiston Respublikasida barkamol shaxsni, yuksak ma'naviy-axloqli, yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassisni tarbiyalash maqsadi ta'lim-tarbiya ishlarining mazmunini belgilaydi.
Ta'lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni tarbiyaviy vazifa shaklida ifodalanadi, aniqlanadi. Tarbiyaviy jarayon, tarbiyachi yoki tarbiyaning texnik va boshqa Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion vondashuvlar: muammo va yechimlar vositalari, ta'lim-tarbiyaning shakl-usullari tarbiya texnologiyasi deb ataladi.
Pedagogik amaliyotda tarbiya texnologiyasi yordamida aniq ifodalangan tarbiyaviy vazifani tarbiyalanuvchi o'zlashtirib, egallab oladi. Tarbiyachi boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik rolini bajaradi.Oliy ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish talabalar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o'zlashtirilishini kafolatlovchi yondoshuv hisoblanadi. Bizga yaxshi ma'lumki, «ta'lim texnologiyasi» tushunchasi talim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari, o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o'qituvchi va talaba o'rtasida kechadigan ta'limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa o'z mohiyatiga ko'ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya'ni, ta'lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Biroq so'nggi yillar mobaynida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagogik faoliyatni uyushtirish jarayonida ulardan foydalanish mavzusida yaratilgan manbalarning deyarli barchasida ta'lim jarayonining texnologiyalashtirish muammosi uchun asosiy ob'ekt tarzida qabul qilinganligining guvohi bo'ldik. Holbuki, barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e'tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo'lsak, tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondoshuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifadardan bin ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz
|
| |